II. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga oid birliklarning ishlatilishi




Download 41.71 Kb.
bet6/9
Sana29.02.2024
Hajmi41.71 Kb.
#164493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish aham
Курилишни ташкил этиш ва режалаштириш фанидан мисол, 3, Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot dars-fayllar.org, wepik-dasturlashning-asosi-scratchquot-programming-fundamentals-scratch-20240114201917PSqV, badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati article, 1--PUSTOY- -, Mantiq
II. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga oid birliklarning ishlatilishi
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga ko’chimiga oid birliklar tahlili nazariyasi: Bartcha asarlarda bo’lgani kabi O’tkir Hoshuimovning ushbu asarida ham voqealarni tasvirlashda tasviriy vositalar orqali aytishi muhim hodisalardan biridir. Shuningdek, bu asarda ham ko’chimning bir qancha turlari ham qatnashgan va ular badiiy asarning qanchalik jozibadaor va go’zalligini ko’rsatib beradi.
Xullas, uch kun avval «Moskvich»ida kelib qoldi. Yigitlar uchinchi qavatda domino o‘ynab o‘tirishar, shaqur-shuqur tovushlar pastdan bemalol eshitilib turardi. Shavkat Qudratovichning rangi o‘chib ketdi.
- Bu qanaqa chempionat? - dedi yuqoriga imo qilib.Indamay turaverdim. Ko‘rib qo‘ysin! Odamlar bekor o‘tiribdi. Kerakli panel yo‘q. Prorabga tushuntirdim, uchastka boshlig‘iga iltimos qildim, o‘zining qabuliga kirdim. Elkamga qoqib chiqarib yubordi.
- Kim u? - Shavkat Qudratovich ko‘zoynagini yaltiratib chaqchaydi. - Familiyasi nima?
Aytdim nima-yu, aytmadim nima? Material bo‘lmaganidan keyin...
Indamay turishimdan hammasini tushundi.
- Dezorganizatorlikka o‘zlari bosh-qosh bo‘ptilar shekilli, o‘rtoq Shomurodov? - dedi labi burilib. - Brigadirlik yuki og‘irlik qilib qoldimi?(1)6 Yana indamadim. Oxiri uning toqati toq bo‘ldi.
- Til-zabon bormi o‘zi! - dedi tutoqib. – Kvartal tugayapti. Birinchi iyuldan pardozchilar ishga tushishi kerak. To‘rtinchi qavatni kim montaj qiladi? Tomni kim yopadi?
Ushbu parchada keltirilgan metafraga oid birliklar keltirilgan: Parchada keltirilgan “Shavkat Qudratovichning rangi o‘chib ketdi” birligida “rangi o’chib ketdi” iborasi orqali yuzaga kelgan. Buning sababi aslida rangi o’chib ketmoq bu shaxsga nisbatan emas, balki narsaga nisbatan ishlatiladi. Masalan; Bu kitobning rangi o’chib ketdi. Birligida o’z ma’nosida qo’llangan. Ammo tepadagi birlikda ko’chma ma’no ya’ni o’z ma’noni yo’qotib, Metaforaning “Harakat”ning o’xshashligi asosida ma’no ko’chgan.
Ikkinchi parchada esa Brigadirlik yuki og‘irlik qilib qoldimi?”
Ushbu parchani oladigan bo’lsak, bunda “o’g’irlik qilmoq” fe’li asosida ma’no ko’chgan. Ya’ni brigadirlikning ko’tariladigan yoki inson ko’tarsa bo’ladigan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Ammo bu yerda Brigadirlik lovozimida ishlashda bajariladigan ishlarning qanday qiyinligi, o’g’irligi va vazifalaring murakkabligi ekanligini nazarda tutmoqda… Va bu birliklar asosida fikr ta’sirchanligini oshirish maqsadida yozuvchi tomonidan keltirib o’tilgan.Qahraton qish... Tor ko‘cha. 0 ‘rtasiga qor uyib qo‘yilgan katalakdek hovli. Chaqmoq telpakli odam. Sovuq vokzal. Yo‘ldoshxon aka. Tog‘oradagi osh. Qon yig‘lab qolgan onam. ..Bir mahal oyimning piqillab yig‘layotganini idrok etib boshimni ko‘tardim. Uy ichi qorong‘i boiib ketgan, dadam bosib-bosib papiros chekar, har tortganida7 papirosning uchi lovillab, mo‘ylovi, o‘ychan yuzi, bir nuqtaga qadalgan ko‘zlari yorishib ketar, oyim ro‘molining uchini yuziga bosgancha hiq-hiq yigiar edi.
- Bu dunyoga kelib nima ko‘rdi bechora, - dedi titroq lablarini tishlab. - Odamzodning holi shu-yu, qadri y o ‘q.- Otlanaqol, Muzaffar... - Dadam dag‘al barmoqlari bilan papirosini piyolaga botirib o‘chirdi. Sekin o‘midan turib, cho‘loqlanib borgancha chiroq yoqdi. - Samolyotga ishonib bo‘lmaydi, - dedi o‘ziga-o‘zi gapirayotgandek. - Poyezdga chiqasan. Hali-zamon Omon keladi. 0 ‘zi obchiqib qo‘yadi. Indamadim. Ko‘z o‘ngimda yana o‘sha qor bosgan hovli, chaqmoq telpakli kishi, muzlagan perronda sirg‘anib-sirg‘anib vagon ketidan yugurgan onam jonlandi.
Quyidagi parchada ham metofaraga oid birliklar keltirilgan:
Bularga “Sovuq vokzal” so’zida ko’radigan bo’lsak, buda “ sovuq” so’zi aslida belgi bildiruvchi so’z bo’lib, Sovuq so’zi, vokzal so’ziga bog’lanib kelgan va metafora asosida ma’no ko’chgan. Bunda sovuq faqat , shamol, kun, ob-havo kabi so’zlarga nisbatan ishlatiladi. Ammo hozir bu yerda Metaforaning “belgi asosida ‘ ma’no ko’shini yuzaga chiqargan. Ikkinchi gapda esa “qon yig’lamoq” qo’shma fe’li orali metaforani shakll;antirgan. Bunda yig’lamoq fe’lining oldidan qon so’zining kelishi natijasida birikib “Qon yig’lamoq” iborasi ni yuzga keltirgan va bun ko’chma ma’noda (ya’ni inson chindan ham qon yig’lashlik xususiyatiga ega emasligi uchun) u metaforaik ko’chim ta’sirida ma’no ifodalagan. Bunda “qon yig’lamoq” fe’lini aslida yozuvchi ko’p ko’z yosh to’kmoq yoki haddan tashqari ko’p yig’lash ma’nosini anglatmoqchi bo’lgan va uni metafraik usulfa ko’rsatib o’tgan. Keyingi iborani oladigan bo’lsak: “onam jonlandi” birikmasida metafora-ni keltirib o’tilgan.8
Eng avval devor tagidagi temir karavotga qaradim. Yo‘q, karavot bo‘sh edi. Shundagina deraza yonida, xontaxta oldidagi ko‘rpachada o‘tirgan oyimga ko‘zim tushdi. Eshikka suyangancha bo‘shashib turib qoldim.
Oyim xontaxtaga engashgancha guruch tozalar, derazadan tushib turgan nurda yuzi rangsiz, dardchil ko‘rinar, ingichka, uzun barmoqlari bilan shoshilmay guruch terib, yonidagi sirli tog‘orachaga solar edi. Meni ko‘rdiyu, yarq etib qaradi.
- Keldingmi, o‘g‘lim? - dedi jilmayishga urinib.
Odamzodning qonida g‘alati adolatsizliklar bo‘ladi. Begonalardagi o‘zgarishni darrov sezasiz-u, yaqinodamingizga e’tibor bermaysiz. Xuddi ota-onangizni birov sizga bog‘lab berib qo‘ygandek. Go‘yo ular siz uchun abadiy yashashi shartdek. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to‘shakka yopishib yotgan odamdek sarg‘imtil zahil tusga kirganini endi payqadim.
Ushbu parchadagi ko’chimga oid birliklarni ko’radigan bo’lsak, bunda metaforaga oid parchalar qatnashgan. “Odamzodning qonida g‘alati adolatsizliklar bo‘ladi” Bu yerda keltirilgan g’alati adolatsizliklar so’zida o’ylab qaralsa adolatsizlik g’alati bo’lishi mumkin emas, Bunda “g’alati” sifati o’zi aslida, adolatsizlik so’ziga mantiqan bog’lanmagan. Unda bu sifat shaxs, narsa- buyumga nisbatan ishhlatish mumkin. Ammo bu uning birikishidan “metaforaning belgi asosida nisbiy o’xshashlikn”i yuzaga chiqargan.9 Lekin bu so’zlarning ma’nolari doimiy metaforaga aylangan holda ya’ni turg’unlashib qolmaydi. Mazkur tushunchani o’z ma’nosida qo’llasa metofara tushunchasi yo’qoladi va oddiy belgi bildiruvchi sifat ma’nosini ifodalaydi. Umumiy ma’noda Odamzodning qoniga singgan qabihliklarning va razilllikning ko’p ekanligini aytib o’tmoqda. Indamadim. Ko‘z o‘ngimda yana o‘sha qor bosgan hovli, chaqmoq telpakli kishi, muzlagan perronda sirg‘anib-sirg‘anib vagon ketidan yugurgan onam jonlandi.
- Sho‘rlikning sendan bo‘lak kimi bor! – Oyim yengining uchini ko‘ziga bosdi. - Jilla qursa sovuq diydorini ko‘rib qol, bolam...
- Avtobusda ketaman. - Bu gap xayolimga to‘satdan keldi. Avtostantsiya yaqin. Avtobuslar kechasi qatnaydi...
- Ma’qul! - Dadam oyimga imo qildi. - Qani, bo‘laqol, Robiya! Oyim sandiq ochdi. Tugun tugdi. Dadam qo‘limga bir dasta pul tutqazdi. «Nima qilaman», desam bir og‘iz, «kerak bo‘p qoladi», deb qo‘ya qoldi. Tugundagi narsato‘n bilan do‘ppi ekanini bilib, yuragim ezildi.Avtobus ichi dim. Benzin isi ter hidiga aralashib ketgan. Derazadan tashqariga tikilgancha o‘y surib ketyapman. Osmonda to‘lin oy xomush nur sochadi.
Avtobus bilan yonma-yon uchib boradi. Paxtazorlar, yo’l chetidagi daraxtlar lip-lip o‘tadi. Hammasi oymomaning yumshoq belanchagida orom olib tebranadi.Ushbu matnni ko’radigan bo’lsak, bunda metaforaga oid birliklar ham keltirilgan. Jilla qursa sovuq diydorini ko‘rib qol, bolam. Bu parchada “sovuq diydorni” sozini koradigan bolsak, bunda ham Metafora ko’chimiga uchragan birliklar bor. 10(Bunda Jilla qursa ham sovuq diydorni ko’rib qol) deganda “ sovuq diydor”.

Download 41.71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga oid birliklarning ishlatilishi

Download 41.71 Kb.