III. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko’ra turlari




Download 41.71 Kb.
bet8/9
Sana29.02.2024
Hajmi41.71 Kb.
#164493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish aham
Курилишни ташкил этиш ва режалаштириш фанидан мисол, 3, Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot dars-fayllar.org, wepik-dasturlashning-asosi-scratchquot-programming-fundamentals-scratch-20240114201917PSqV, badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati article, 1--PUSTOY- -, Mantiq
III. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko’ra turlari
O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko’ra turlari.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Lingvistik bo‘lmagan yoki nolingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ham to‘g‘ridan-to’ g‘ri atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. Garchi so‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nosi lingvistik fakt bo‘lsa ham, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi uchun sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora tildan tashqarida yuzaga keladi. Masalan; dum, gul, yosh, mayin va hokazo so‘zlarning yuqorida keltirilgan ko‘chma ma’nosi nolingvistik asosli metafora natijasidir.
2.Lingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ma’lum grammatik jarayonlardan keyin atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. So‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nosi til fakti bo‘lishi bilan birga, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora ham til hodisasi sifatida yuzaga keladi. Ya’ni avval o‘xshatish konstruksiyasi yoki atributiv birikma tuziladi va biror komponent konstruksiyasi yoki birikmaning ma’nosini o‘zida saqlab qolib, qolgan komponentlar ellipsisga uchraydi. Masalan; do‘mboq so‘zi “to‘ladan kelgan bola” ko‘chma ma’nosiga lingvistik asosli metafora natijasida ega bo‘lgan, ya’ni bu so‘zdan avval do‘mboq bola birikmasi tuzilgan: Juvon:” Voy, mana bu do‘mboq bolani!”-deb uning ikki lunjidan qisib ushladi (Y. Shashmarov). Keyinchalik birikmaning bir komponenti qisqarib, butun ma’no do‘mboq komponentida saqlanib qolgan: Qo‘zichog‘im, sho‘x do‘mbog‘im, sevikli o‘g‘lim (Qoshiq).
Do‘mboq so‘zining asl va ko‘chma ma’nolari ifoda etgan obyektlar – o‘zaro o‘xshash. Shuningdek, bolalamoq, ilmoq, yomon so‘zlari ham quyidagi misollarda kelgan ko‘chma ma’nolariga lingvistik asosli metafora natijasida ega bo‘lgan: Bilishmaydiki, pul bolalab turadi (Oybek). Binoiy so‘zni ilib ketdi (Oybek). Yomon yo‘ldoshdan tayoq yaxshi (maqol). Demak, lingvistik asosli metafora nolingvistik asosli metaforadan obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlikning til fakti bo‘lgan so‘zda grammatik jarayonlar natijasida aks etishi ekanligi bilan farqlanadi.
Xullas, lingvistik metaforalar, ularning sodir bo‘lish jarayoniga ko‘ra, asos bo‘lgan obyektlarning o‘zaro o‘xshatilish holatiga ko‘ra va ekspressiv-stilistik bo‘yoq bera olishiga ko‘ra tasnif qilinadi.G. K. Qobuljonova metaforani bir necha xil belgisiga ko‘ra, bir necha xil bosqichda tasniflaydi XX asrga kelib, ayniqsa, keyingi paytlarda kognitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay o‘zgardi, uning ko ‘lami kengaydi. Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so‘zning boshqasi bilan almashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bugun aksariyat tadqiqotchilar metafora tom ma’noda fundamental bilish faolyatining namoyon bo‘lishi ekanligini e’tirof etadilar. Metafora mohiyatidagi ikkiyoqlamalikka ko‘ra bu hodisaning ikki asosiy turi farqlanadi: lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora N.Mahmudov fikriga ko‘ra, metafora go‘yo nominativ maqsad bilan denotatni ifodalash uchun yaratiladi, keyin muayyan konnotativ ma’noni ifodalash uchun jalb qilinadi, ya’ni oldin lisoniy metafora yuzaga keladi, badiiy metafora esa undan keyin yuzaga kelishini ta’kidlaydi. Shuningek, badiiy metaforalar lisoniy metaforalarsiz ham maydonga kelishi, keyinchalik lisoniy metafora maqomini olishi ham mumkin deb hisoblaydi va ko‘pchilik tadqiqotchilar keyingi holatni asosiy deb sanashini aytib o‘tadi.Demak, ko‘chma ma’no turlarini o‘rganishda prof. M.Mirtojiyev va I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, professor. Sh.Rahmatullayev va R.Yunusovlarning xizmatlari alohida o‘rin egallaydi. Metaforani tasniflashda o‘zbek tilshunoslari o‘z qarashlaridan kelib chiqib yondos hganlar. Ko‘rinib turganiday, metafora ko‘p qirrali va benihoya murakkab hodisa bo‘lganligi uchun ham uning talqinlarida farqli jihatlar ancha – muncha.

XULOSA
Tilshunoslikda so’z paydo bo’lishi bilanoq, o’z ma’no va bir qancha tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. So‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari umumiy borliqdagi narsa, harakat va belgi kabi tushunchalarning o’z ma’noda emas, ya’ni konatat ma’noda qo’llanilshi bilan harakterlanadi. Ya’ni u haqidagi tushunchalarni inson ongiga shakllantirishi asosida yuzga kelishi mumkin. So‘zlarning o’ziga xos bo’lgan leksik-grammatik va morfologik qurilmalar orqali so’zlarning semantik qurilishi mavjud.
So‘zning semantik strukturasida so’zlarning asosan o’z ma’no, o’zak ma’no va konatat ma’nolariga bog’liq. Tilshunoslikda so’zlarning ko’chma ma’nosini shakllantirishda asosan o’zak ma’no asosiy rol o’ynaydi. Ya’ni so’zlarning bu tushunchalarni ifodalashda turli o’zgarishlar yuz berishi mumkin va bular orqali so’zlarning ko’chma ma’noda qo’llanilishi ham shular bilan hamohangdir. O‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nolarining ko‘chish usullari sifatida metafora, metonimiya, sinekdoha, vazifadoshlik turlari haqida ma’lumot keltirib o’tilgan.
Metafora hodisasi ham ko’chimning bir turi bo’lib, unda borliqdagi barcha narsa, belgi, harakat va hodisaning o’xshashlik asosida nom ko‘chisiga asos bo’ladi. Ya’ni bu metaforada biror narsaning nomi boshqa bir narsaning nomiga o’xshashlik asosida o’rnida qo’llanishi mumkin. Metaforik asosda ma’no ko’chishida u nutqning go’zalligini, ta’sirchanligi va ekspressiveligini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababdan uning qo’llanish doirasi keng bo’lib, u ilmiy va badiiy uslublarda keng doirada ishlatiladi. Metonimiya hodisasi ham mantiqan nolib qaralsa, metaforaga o’xshab nom ko’chish asosida ham yuzaga kelishi mumkin. Ammo metafora bilan metanimiyaning bir biridan farqli tomoni shundaki, biri shakily o’xshashlikda bo’lsa, metonimiya esa uning bog’liqligida paudo bo’ladi. Ya’ni metafora bilan metanomiya o’rtasidagi farq ikkalasining ko’chirish asoslaridadir. Masalan, metafora o’xshashlik asosida bo’lsa, metonimiyaga ham bog’liqligi asos bo’ladi. Ya’ni leksik birliklarning o’xshashlik va bog’liqlik aloqadorligini shakllantiradi va ma’no kuchaytirishi ham mumkin. Xulosa qilib aytganda, so’zlarda ma’no ko’chishining usullari ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin. Ammo ulaning barcha turini bir deyish mantiqan noto’g’ri. Ya’ni metafora borliqdagi umumiy narsalarning shakily o’xshashligiga asoslansa, metonimiya esa uning bog’liqligini , sinekdoxa esa butun orqali qismning , qism orqali bnutuning ko’shi, vazifadoshlik esa vazifaviy jihatdan bir xillikni ifodalaydi. Va bularni tilshunoslikda foydalanguncha nutqning ifodaliligini va ta’sirchanligini oshirish, hamda fikrning qisqa va lo’nda tushuntirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




  1. Karimov.I.A “Yuksak manaviyat- yengilmas kuch” 2008.

  2. 0 ‘tkir. Hoshimov, Ikki eshik orasi: Roman. - T.: «Sharq», 2012.


  3. Download 41.71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko’ra turlari

Download 41.71 Kb.