1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish ahamiyati…




Download 41.71 Kb.
bet7/9
Sana29.02.2024
Hajmi41.71 Kb.
#164493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish aham
Курилишни ташкил этиш ва режалаштириш фанидан мисол, 3, Ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori mavzusi bo’yicha amaliyot dars-fayllar.org, wepik-dasturlashning-asosi-scratchquot-programming-fundamentals-scratch-20240114201917PSqV, badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati article, 1--PUSTOY- -, Mantiq
So’zida sovuq sifati diydor otiga metaforaik ko’chim asosida shakllangan ammo sovuq diydorga mantiqan bog’lanmagan, chunki diydorning sovuq bo’lishi mumkin emas va unday shakl ham mavjud emas. Shuningdek, ozbek tilshunosligida sozlarni kochma manoda qollanilib, nutqning ifodaliligini tasminlash maqsadida sozlarning boshqa tushunchalarni ifodalay olish xususiyatini ham, qollash muhim manba hisoblanadi. Metaforaning keying korinishi esa “yumshoq belanchagida”birligida yuzaga kelgan va bunda ham “ yumshoq “ sifati ham “ belanmchak”otiga grammatik jihatdan bog’lanib kelgan lekin mantiqan yumshoq sifati belanchak otiga bog’lanmasligi anniq. Shuningdek, nutqning emotsional-ekspressivlik bo’yoqdorligini oshirish maqsadida birikib kelgan va Metaforaning belgi asosida nisbiy o’xshashlikga ko’chgan.
- Mosh! - Ovozim boricha baqirdim. - Mosh, chiq.Endi unaqa qilmayman. Hovli tomondan «Qora ammam»ning tovushi keldi.
- Kulchang pishdi, Muzaffar!Xum ichida yana o‘sha shitirlash eshitildi. Oyog‘im uchida cho‘zilib uvvalo urinsam ham, nima borligini ko‘rolmadim. Xumning og‘zi peshonam bilan bab-baravar! «Qora amma» tag‘in chaqirdi.
- Kelaqol, bolam, sovib qoladi!Oxurda yotgan pachoq chelakni ko‘tarib keldim-da,to‘nkarib ustiga chiqdim. Xumning bo‘ynidan changallab ichiga mo‘raladim. Hech narsa ko‘rinmaydi-yu, baribirtagida bir nima tipirchilayapti. Nihoyat xumning silliq devoriga sapchiyotgan kattakon ola kalamushni ilg‘adim. Hatto bir marta «g‘iyq» deb chiyillaganini ham eshitdim. Bo‘ldi! Hammasi aniq! Bu kalamush amallab xumga o‘rmalab chiqqan. Ichidagi donni yegan! Yeb boiib qanaqa qilib chiqib ketishini bilmayapti. Hozir ko‘rasan! Moshni obkelaman, ta’ziringni beradi. To‘nkarilgan chelak ustidan sakrab tushib, hovliga otildim.11
- Mosh! Pish-pish! - dedim yalinib.
- Voy, Moshing o‘lsin! - «Qora ammam» tandirga sho‘ng‘irkan, savat burchagida turgan jajji kulchaga imo qildi. - Avval o‘zing yeb ol. Ushbu parchalarda ham metaforaga oid birliklar keltirilgan. Parchada berilgan xumning og’zi leksemasi metaforaning shakily o’xshashligi asosida ma’no ko’chgan. Ya’ni u ko’chirilayotgan denotatning ma’nosi yuzaga keltirib, ma’no ifodalagan.Bu leksema bir o’rinda o’ ma’noda va ko’chma ma’noda qo’llangan, ya’ni xumning inson o’g’zi o’z ma’nosini, xumning o’g’zi esa shakily o’xshashlik orqali shakllangan. “Xumning bo‘ynidan changallab ichiga mo‘raladim” ushbu leksemada esa hosila semasining shaklining shakllanishiga asos bo’lgan, u birlik esa “xumning bo’yni’ semasi, aslida bu sema o’z ma’nosda tashqari hol;da kelgan. Aslida bo’yin so’zi inson yoki hayvon tan a’zosi vazifasini bajaridigan so’z hisoblanadi. Bu o’rinda bo’yin shakl jihatdan bo’yinga o’xshaganligi uchun metaforaik hodisa yuzaga kelgan. Mazmuniy qaralsa, xumning bo’yni emas, shunga o’xshash qism mavjudligini anglatadi. Va ushbu ko’chim orqali nutqning ta’sirchanligini va qulayligini oshirish maqsadida qo’llanilgan. Nima qilay, - dedim jiqqa yosh toia ko‘zlarimni ko‘ziga qadab. - Ont ichaymi! Non ursin! Kutmasam, non ko‘r qilsin, Kimsan aka!
U titrab ketdi. Boshimni ohista siladi. «Nega o‘pmaysan, tentak! 0 ‘psang-chi, bag‘ringga bossang-chi!»Bilmadim, qo‘rqdimi, uyaldimi, qadoq bosgan yo‘g‘on boshmaldog‘i bilan yuzimga oqib tushgan yoshni artdi.
- Ont ichma, Robiya! - dedi ovozi qaltirab. - Bilaman-ku, seni! Bir og‘iz gaping kifoya.12 U yana jimib qoldi. Men boisam, Kimsan akamning baquvvat, qadoq bosgan qaynoq kaftiga yuzimni umrbod bosib o‘tirishni, uning to‘xtovsiz gapirishini, allaqanday sirli narsalarni aytishini xohlardim. Ko‘zimni yumib oldim. Ushbu keltirilgan parchada bham metaforaik birliklar ham bo’lib, unga mos parchaga misol; Non ursin! Kutmasam, non ko‘r qilsin. Bu birikmada “non urishi” so’zi donatat ma’noda qo’llanilib, metaforaik ko’chim turini shakllantirgan.
Mantiqan o’ylab qaralsa, non urishi” va “ “noning ko’r qilishi” ham aslini olganda non insonni ko’r qilishi mumkin emas, ya’ni uvoli urishi mumkin degan go’ya yuzaga keladi. Bunda non urishini ham ‘oz ma’nodan tashqari ko’chma ma’noda kelgan, chunki insonni non urishi ham mumkin emas. Shu orqali tilshunoslikning qanchalik ma’noda boy ekanligini ko’rish mumkin. Zambilning orqa bandini shoshilib ko‘targan ekanman, besh-oltita kartoshka yerga to‘kildi. Jahl bilan qaddimni rostlab qarasam, Olimjonning yonida Ochil aka turibdi. Boshida ayvoni keng shapka, egnida plash. Oyog‘ida brezent tufii. Loy kechib kelgani uchun tuflisining rangini ajratib bo'lmaydi. Lekin qachondir oq bo'lgani ko'rinib turibdi. Trinka shimi tizzasigacha loyga botib ketgan.- Hormanglar! - U bu gapni xushchaqchaqlik bilan aytgisi keldi-yu ovozi qandaydir yasama, ishonchsiz chiqdi. Yomg‘irdan namlangan ko‘zoynagini yechib, plashining yoqasiga artdi. Qulog‘iga ilgan edi, ko‘zoynagi bo‘lib battar taxiralashdi shekilli, shoshapisha yana yechdida, plashining astariga arta boshladi. Mitti ko‘zlarini pirpiratib iljaydi.
- Charchamayapsizmi?
- Rahmat, siz so'ragandan beri! - dedim ensam qotib. Loyga to‘kilgan kartosnkalami qo‘shqo‘ilab zambilga tashladim. - Ko‘tar, Olimjon! Ochil hovliqqancha ko'zoynagini taqdi. - Yo‘q, - dedi bosh chayqab. - Menam qarashgani keldim, Robiyaxon, xo‘p deng, ko‘tarishay! Ushbu parchada ham metaforaga oid bir qancha birliklar keltirib o’tilgan,. Masalan, oladigan bo’lsak, “ovozi yasama” kabi leksemalarda metaforaik shakllar qatnashgan. Mantiqan o’ylab qaralsa,insonnning ovozi yasama bo’lmasligi orqali ma’no ko’chgan. Chunki ovoz so’zi konatat ma’no ifodalab, matnnning ta’sirchanligi va ekspressiveligini yuzaga chiqargan. Bunda so’z o’z ma’nosidan boshqa ma’noda ifodalanib kelgan va ko’chma ma’13noda qo’llanib, ko’chimning metafora usulini ketltirgan. Keyingi leksemalar esa “ ishonchsiz gapirish” birikmasida ko’rishimiz mumkin. Buning sababi gapirmoq fe’li nutqiy faoliyat fe’li bo’lganligi uchun biz uni o’z ma’nodan tashqari ma’no ifodalab, ko’chkma ma’noda kelgan, chunki gapirmoq leksemasi oldidan ishonchsiz sifatini keltirish , Grammatik jihatdan to’g’ri ammo ma’no jihatdan noto’g’ri qo’llangan. U ishonchsiz so’zini gap so’ziga bog’lasa, gramatik va ma’no jhatdan to’la mos keladi. Bu parchani keltirish orqali ular asarnin murakkkabligini oshirish maqsadida keltirgan va u ko’chimning metafora turini shakllantirgan. O’. Hoshimov o’z asarlarida bunday usullarni keltirib, o’zining qanchalik so’zga ustaligini ko’rsatish uchun keltirib o’tilgan . Qani, oldik! Zambilni ko‘tarishim bilan ko‘z oldim jimirlashib ketdi. Belim qirs etdi.Butun kuchimni to‘plab, ovozim boricha hayqirdim: - Ketdik! Aravagacha bir yuz o‘ttiz qadam! Aniq bilaman. Narigi pushtadan bir yuz o‘n qadam edi. U pushta bilan bunisining orasi yigirma qadam bo‘lsa, bundan chiqdi, bir yuz o‘ttiz qadam! Bu - Olimjonning qadami bilan. Hozir tezroq yursak yuz qadamda yetamiz! E xudo, sharmanda qilma! 0 ‘zing quvvat ber! Kimsan akamning etigi katta,to‘piqlarimni urib, yara qilib yuborgan. Mayli, chidayman! Faqat yiqilib tushmasam bo‘ldi! Qo‘llarim uzilib ketay deyapti. Nima qildim, zambilga olti pud yuk ortdim shekilli? Zarilmid Mayli! Ajab qildim. Men chidayman, oisam ham chidayman. Uyam chidasin! Jonidan suygan odami qon kechib yurgan qizga sovchi yuborish qanaqa bo‘lishini bilib qo‘ysin. 0 ‘zimga qoyilman! Ochil aka gandiraklagan sayin kuchimga kuch qo‘shilyapti. Ko‘rib turibman, Ayvoni keng shapkasining orqasidan suv sizib gardanidan oqib tushyapti. boshladi Ana, chillakdek qo‘llari qaltiray boshladi.14 “Ikki eshik orasi “asaridagi bu parchani ko’radgan bo’lasak, bu birikmada ham ko’chimning bir qancha turlari uchraydi. Masalan, bunda keltirilgan bo’lib, unda “ jonimdan suygan” iborasini olsak ham bo’ladi 15 Chunki bu birlikda inson jonidan suymoq iborasi konatat ma’noni ifodalagan va biron bir kishini inson jaonidan suyishi mmkin ammo u grammatik jihatdan to’g’ri lekin esa ma’no tomonidan noto’g’ri ekanligi ma’lum. Shuning uchun, bu iborani ko’chimning metafora usulini yuzaga keltirgan. Va shu usulning belgi asosida ko’chishi yuzasida shakllangan. Demak, bu yerda ko’chayotgan birliklar denotatning boshqa , ya’ni konatat ma’noni ifodalashi orqali ko’chgan. Aslida, bu ko’chim ko’pincha ot turkumida ifodalansa, bu yerda esa ibora asosida ko’chgan. Demak, bu ko’chim bir qancha turkumlar doirasida kchishi mumkin. Masalan, ot, sifat, fe’l va iboralar orqali shakllanishi mumkin. Robiya, - dedi sekin, - meni kechiring. Menam ma’limga o‘xshab adabiyotchi bo‘lmoqchi edim. Men... ma’limni yaxshi ko‘rardim... Bizniyam o‘qitganlar... «Qanaqa ma’lim? Kimni aytyapti? Ha-a! Dadam!» Yuragim bir qalqib tushdi. Dadam! Qayoqda ekan hozir?! Balki jangga kirgandir? Qaniydi, shunaqa bo‘lsa!.. Qaniydi dadam ham Kimsan akamdek «dobrovol» bo‘lsa-yu, odamlar oldida boshimni baland koib ‘tar yursam! 0 ‘sha prokuror Xo‘jaqulovga, anavi so‘galli, so‘xtasi sovuqlarga, maktabda menga ta’na qiigan o‘qituvchi xotinga aytsam: «Senlar tufayli begunoh dadam qamaldi. Senlar tufayli maktabdan ketib qolgan edim, ana, ko‘rib qo‘y, otam dushman emas ekan-ku, qahramon bo‘pti-ku», desam... Ochil aka, ko‘zi yaxshi ko‘rmasa ham, mung‘ayib qolganimni sezdi.Robiya, - dedi iltijo bilan… Men... men... – dedi yupqa labi titrab. Sizni sevaman... Anchadan beri... Men nima dardda-yu bu nima deydi! Indamay yuzimni o‘girdim. Yo‘q, men rost aytyapman, Robiyaxon! - U ketib qolishimdan qo‘rqqandek, shosha-pisha davom etdi. - Yaxshi ko‘rish ayb emas-ku, to‘g‘rimi? To‘nchasiga o‘ralib, diydirab turgan Olimjon hech nimaga tushunmay goh akasiga, goh menga qarab, iljayib qo‘ydi. Burnini tortdi. Mendan rozi bo‘ling! - dedi Ochil aka to‘satdan. Ovozida vazmin xotirjamlik bor edi. Ertaga jo ‘nayapman, - shunday dedi-da, ko‘zoynagini taqib, yuzimga bir qarab qo‘ydi. Ohista burilib, ukasining yelkasiga qo‘l tashlagancha, bir oyog‘ida tufli, bir oyog‘ida paypoq bilan sirg‘anib-sirg‘anib, oqshom qorong‘iligiga singib ketdi.16 Angrayib qoldim. Hamon simillab yomg‘ir yog‘ar, belim sirqillab, ikki kaftim achishar, allaqachon kun botganiga qaramay tahdidli qizarib turgan osmondan qor isi kelar edi. Bu parchalarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, bi birliklarda ham ko’chimga oid so’z va iboralar ham keltirilgan . Bu yerda qatnashgan birliklarda ham bu ko’chimga xos bo’lgan ibora va birikmalar uchraydi. Masalan, “Ovozida vazmin xotirjamlik bor edi.” birikmasida (ovoz) leksemasida (vazmin) va ( xotirjamlik) so’zlari b ko’chim turini shakllantirib kelmoqda, chunki bu so’zlar grammatik jihatdan olib qaralsa ,ovoz vazmin xotirjamlik ma’nosini ifodalayolmaydi va bu vazmin so’zi aslida , insonga nisbatan qo’llasa to’g’riroq va mazmunliroq chiqadi. Bu tushunchalar orqali metaforaning belgi usulida ko’chish turini ifodalab kelgan. Ya’ni belginng ko’chma ma’noda kelish holati kuzatiladi va bu so’z og’irlik bildiruvchi” vazmin” sifatining qo’lllanishi orqali ma’no ifodalagan. Ammo bularni keltirish usuli bian matnda so’zlarning va ma’noning ta’sirchanligini oshirgan. Bu kabi fikrlarni aniqlab keluvchi birikma va so’zlar ham buning yaqqol dalili sifatida isbotlab berdi. Va tilimizda eng keng tarqal ko’chimlardan biri ham metafora chunki unda so’zlaning ko’p ma’noli va bir ma’noli bo’lib kelaoldi. Jussasi kichkina bo‘lsa ham baquvvat, chayir. Xuddi yerga chuqur qoqilgan qoziqqa o‘xshaydi. Odatda uzun qoziqni u yoqbu yoqqa likillatib bir tortsangiz sug‘urilib chiqadi. Lekin kalta qoziq yerga bir yopishdimi, siljimaydi. Bobom ham shunaqa. Qorong‘ida pishillab tez yurib boryapti, sirpanmaydiyam. Alvasti ko‘prikdan o‘tibolsak bo‘ldi. Uyog‘i uzoqmas. Faqat ko‘prikdan o'tishga toqatim yo‘q. Yaqin kelishimiz bilan tubsiz chuqurlikda, zulmat qo‘ynida quloqni qomatga keltirib voshillab yotgan jarga qaramaslik uchun qadamimni tezlatdim. Bobomning tovonini bosib olishimga oz qoldi. Bobom yomg‘irdan tayg‘anoq bo‘lib ketgan shag‘allardan sirg‘anib temir yo‘l ustiga chiqarkan, norozilik bilan to‘ng‘illadi:
- Obbo! Shu yetmay turuvdi! Qor yog‘yapti. Yerda qancha narsa yotibdi hali.
Alvasti ko‘prik vahimasi bilan sezmagan ekanman. Yuzimga sovuq uchqunlar urilayotganini endi payqadim. Temir yo‘l izlari xira yiltirab yotar, olisda razyezd
chiroqlari qizg‘ish lipillab turardi. Chiroqqa qaragan edim, qor uchqunlari quyuqlashib borayotganini ko‘rdim. Pastda esa Bo‘rijar hamon sharillaydi.17 Ushbu parchada ham ko’chimning bu turiga oid birliklar ham uchraydi. Masalan, “yuziga sovuq uchqunlar urdi” birikmasida sovuq so’zi uchqun so’ziga ko’chma ma’noda bog’lanib kelgan va metafora ning belgi o’xshashli usulida ma’no ko’chgan. Ya’ni sovuq sifati uchqun otiga ma’no tomonidan noto’g’ri bog’langan. Bu usuldagi so’zlarning ma’no ifodalab kelishi asosan metaforani yuzaga chiqaradi.


Download 41.71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 41.71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish ahamiyati…

Download 41.71 Kb.