• 45. Ona plataning chipsetlari bilan tanishish
  •  Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash




    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet22/23
    Sana06.01.2024
    Hajmi489,83 Kb.
    #131180
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    2-maruza

    44. Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash 
    Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system 
    board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – 
    kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir (2.1-rasm). 
    Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday 
    protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina 
    olishini belgilab beradi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi 
    mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash 
    chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli 
    bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va 
    tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi 
    shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga 
    bog‘liqdir. 
    45. Ona plataning chipsetlari bilan tanishish 
    Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. 
    Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata 
    ishlatiladi. Har bir qatlam orasida 
    mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab 
    turuvchi, yupqa 


    metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi 
    ishlab 
    chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy 
    qurish 
    tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi 
    qurilmalar orasida 
    chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni 
    taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi 
    axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali 
    o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish 
    ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini 
    protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan 
    bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini 
    oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham 
    mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun 
    videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti 
    keng tarqaldi. 

    Download 489,83 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

    Download 489,83 Kb.
    Pdf ko'rish