Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi.
2) o‘zlariga tegishli hududlarda daraxt va buta ko‘chatlarini ekib, parvarish qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig‘ining tegishli qismiga imtiyoz berish masalasini o‘rganish.
Amalga oshirish shakli: tahliliy ma’lumotnoma.
|
2024-yil may
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
35.
|
“Toza hudud” davlat unitar korxonalari balansidagi texnika vositalari hamda tirkamalar (yarim tirkamalar) “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tasarrufiga o‘tishi munosabati bilan ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni bepul amalga oshirish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar
|
2024-yil davomida
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi
|
Izoh: Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgarishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, qo‘shilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
11-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmonida:
a) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) 2026-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun ushbu faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qo‘llanilsin”;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “30” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi rahbarlarining bir nafardan o‘rinbosarlari ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladi;
Bosh
prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda va o‘zaro muvofiqlashtirgan holda amalga oshiradi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4291-son qaroriga 2-ilovaning 14 — 16-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4845-son qarorida:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 15-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi
chiqarib tashlansin;
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-5202-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi, 1-ilovaning 11 va 12-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-349-son qarorida:
a) 6, 7, 9-bandlar hamda 3 — 5, 7 — 9-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan
deb hisoblansin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasiga mazkur sohani rivojlantirishga oid dasturlarga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 10-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PQ-349-son qaroriga
10-ILOVA
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi
TARKIBI
A.J. Ramatov
|
—
|
Bosh vazir o‘rinbosari, Komissiya raisi
|
A.A. Abduxakimov
|
—
|
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Komissiya raisi o‘rinbosari
|
I.A. Qutbiddinov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
|
Sh. T. To‘xtaboyev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari
|
A.R. Sormonkulov
|
—
|
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari
|
I.I. Norqulov
|
—
|
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
|
N.Q. Xolmurodov
|
—
|
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
|
B.T. Abdullayev
|
—
|
ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i
|
D.K. Adilov
|
—
|
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
|
A.I. Axmedxadjayev
|
—
|
energetika vazirining birinchi o‘rinbosari
|
O.A. Pekos
|
—
|
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
|
B.Q. Yusupaliyev
|
—
|
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari, Bosh davlat sanitariya vrachi
|
Lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari
|
S.S. Yuldashev
|
—
|
Bosh vazir kotibiyati mas’ul xodimi, Komissiya kotibi
|
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-son qarorida:
a) 25-bandning “b” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 25
1-band bilan to‘ldirilsin:
“25
1. Belgilansinki, Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar binolarini auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi (baholash va savdoga chiqarish xarajatlaridan tashqari) Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.”;
v) 4-ilovaning 104-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
g) 5-ilovada:
36-pozitsiyada:
“Chora-tadbir nomi” ustunidagi “2024-yil 1-yanvardan” so‘zlari “2024-yil 1-maydan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” so‘zlari “2024-yil aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin;
39-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” so‘zlari “2024-yil may” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)