Bosqichlar Subyektlar




Download 1,23 Mb.
bet2/13
Sana14.05.2024
Hajmi1,23 Mb.
#232657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PF-5 04.01.2024

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari

1. Har bir hududning (tuman/shahar) maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov summalarini asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.
2. Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markaziga har bir hudud kesimidagi to‘lov summalarini taqdim qiladi.

Har yili 1-oktabrga qadar

2-bosqich

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi (Markaz)

1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan to‘lov summalari asoslantirilganligini o‘rganib chiqadi.
2. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan to‘lov summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy bo‘linmalarining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Markaz tomonidan taqdim qilingan to‘lov summalari miqdori to‘g‘risidagi murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
2. Markaz murojaatida belgilangan tariflarni qab�l qilish yoki rad qilish masalasi asosliligini ko‘rib chiqadi, tegishli Iqtisodiyot va moliya hududiy bo‘linmalari xulosasi asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

Maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta ko‘rib chiqadi hamda ma’qullagan taqdirda tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan maishiy chiqindi xizmatlari tariflari ko‘rib chiqilganligi va natijasi yuzasidan Markazga axborot taqdim qiladi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2. Markaz tomonidan taqdim qilingan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, mahalliy budjet mablag‘laridan sanitar tozalash korxonalari zararlarini har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
2a-ILOVA
Qayta ishlanishi rag‘batlantiriladigan qattiq maishiy chiqindilar
RO‘YXATI


Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosqichlar Subyektlar

Download 1,23 Mb.