T/r “Qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari




Download 1,23 Mb.
bet4/13
Sana14.05.2024
Hajmi1,23 Mb.
#232657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PF-5 04.01.2024

T/r

Qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari

1.

Plastik chiqindilarning barcha turlari.
Jumladan:
PET — polietilentereftalat;
REND (HDPE) — past bosimdagi polietilen;
PVC — polivinilxlorid;
LDPE (PELD) — yuqori bosimdagi polietilen;
PP — polipropilen;
PS — polistirol;
boshqa turdagi plastik chiqindilar.

2.

Qog‘oz chiqindilar, makulatura.
Jumladan:
gazeta, jurnallar;
qog‘oz o‘ramlar, karton;
ofis qog‘ozlari;
va boshqa qog‘oz chiqindilar.

3.

Qora va rangli metall chiqindilari va lommlari

4.

Ishlatilgan shisha mahsulotlari va chiqindilari

5.

To‘qimachilik materiallari chiqindilari

6.

Rezina va rezinatexnika mahsulotlari chiqindilari.
Jumladan:
avtoshina, avtokamera;
transporter lentalari;
va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
3-ILOVA
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi huzurida chiqindi tashuvchi texnikalaridan iborat Zaxira guruhini shakllantirish va ushbu guruh ishini tashkil etish
TARTIBI
1. Hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketishda keng qamrovli uzilishlar sodir bo‘lgan holatda ushbu hududlarga safarbar etish uchun Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi huzurida kamida 50 ta chiqindi tashish texnikalaridan iborat Zaxira guruhi tuziladi.
2. Zaxira guruhi uchun maxsus texnikalar parki ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘i asosida hududiy “Toza hudud” DUKlari balansidagi hamda xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari, maxsus texnikalarni davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklarga sotishdan kelib tushadigan mablag‘lar, Ekologiya jamg‘armasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar evaziga xarid qilingan maxsus texnikalar hisobidan shakllantiriladi.
3. Zaxira guruhi uchun maxsus texnikalar parkini o‘rnatilgan tartibda saqlash Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagi holatlarda chiqindi tashuvchi texnikalaridan iborat Zaxira guruhi hududlarga safarbar etiladi:
sanitar tozalash korxonasi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududda surunkali 2 hafta davomida sanitar tozalash ishlarini amalga oshirishni to‘xtatganida;
davlat sherigi (hududiy hokimliklar, hududiy ekologiya boshqarmalari) tomonidan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan sanitar tozalash xizmati ko‘rsatish uchun hududlarni biriktirib berish yuzasidan tuzilgan bitim yoki shartnomalarni bekor qilish tashabbusi bilan chiqilishi natijasida sanitar tozalash korxonasi hududda faoliyatini to‘xtatganida;
xususiy sherik sanitar tozalash xizmati ko‘rsatish uchun hududlarni biriktirib berish yuzasidan tuzilgan bitim yoki shartnomalar bekor qilish tashabbusi bilan chiqilishi natijasida sanitar tozalash korxonasi hududda faoliyatini to‘xtatganida;
boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar natijasida sanitar tozalash korxonasi tomonidan hududga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganida.
5. Ushbu tartibning 4-bandining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bilan sanitar tozalash korxonasi hududida faoliyati to‘xtatilganida, unga davlat-xususiy sheriklik va boshqa shartnomalar asosida davlat tomonidan berilgan texnikalar xatlov qilinadi hamda sudning tegishli qarori chiqqunga qadar Zaxira guruhi tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi.
6. Zaxira guruhini hududga safarbar qilish ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri hamda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qo‘shma qarorlari asosida amalga oshiriladi.
7. Qo‘shma qaror qabul qilinganidan so‘ng 2 kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hududiy “Toza hudud” DUKlarida Zaxira guruhi texnikalarini boshqarish uchun talab etiladigan ekipaj a’zolarini (haydovchi va yuklovchilarni) shakllantiradi.
8. Zaxira guruhining safarbarligi hudud o‘rnatilgan tartibda sanitar tozalash korxonasiga biriktirib berilgunga qadar hamda hududda sanitar tozalash ishlari tiklangunga qadar davom etadi.
9. Zaxira guruhi quyidagi tarkibda shakllanadi:


Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



T/r “Qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari

Download 1,23 Mb.