1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]




Download 1,23 Mb.
bet9/13
Sana14.05.2024
Hajmi1,23 Mb.
#232657
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
PF-5 04.01.2024

2026-yil

Jami

141 696,0

12

68 688,0

12

73 008,0

24

23 280,0

48

9 600,0

12

40 128,0

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

11 808,0

1

5 724,0

1

6 084,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 344,0

2.

Andijon viloyati

11 808,0

1

5 724,0

1

6 084,0

2

1 940,0

4

800,0

1

3 344,0

3.

Buxoro viloyati

-

-

0

-

-

-

-

4.

Jizzax viloyati

-

-

0

-

-

-

-

5.

Qashqadaryo viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

6.

Navoiy viloyati

-

-

0

-

-

-

-

7.

Namangan viloyati

-

-

0

-

-

-

-

8.

Samarqand viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

9.

Surxondaryo viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

10.

Sirdaryo viloyati

-

-

0

-

-

-

-

11.

Toshkent viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

12.

Farg‘ona viloyati

23 616,0

2

11 448,0

2

12 168,0

4

3 880,0

8

1 600,0

2

6 688,0

*Istiqbolli loyihalarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar, hududlar va loyihani amalga oshirish muddatlariga loyiha hujjatlaridan kelib chiqib o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PF-5-son Farmoniga
8-ILOVA
Tozalashga mas’ul bo‘lgan shaxslarning aniq hududlari
RO‘YXATI

T/r

Hududlar

Mas’ullar

1.

Obodonlashtirish obyektlari — ko‘chalar, aylanma ko‘chalar, yo‘llar, markaziy maydonlar, yo‘laklar, ko‘priklar, tunnellar, yo‘lovchilar o‘tadigan yer osti yo‘llari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, ko‘llar va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlari va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yo‘l ko‘rsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari

Hokimliklar huzuridagi tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari*

2.

Ko‘p kvartirali uylarga tutash (chegaradosh) hududlarda

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan

3.

Yakka tartibdagi turarjoy uylari va tashkilotlarning yer uchastkalarida

Jismoniy va yuridik shaxslar (yer uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar)

4.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tegishli bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalarida

Ushbu tashkilotlarning o‘zlari

5.

Avtomobil yo‘llari va sun’iy yo‘l inshootlarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida

Ushbu obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar)

6.

Temir yo‘llarda ajratilgan yer uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va ko‘tarmalar, temir yo‘lni kesib o‘tish va aylanib o‘tish joylari va h.k.)

Ushbu obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi temir yo‘l tashkilotlari tomonidan

7.

Bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda

Bozorlar ma’muriyati

8.

Jamoat yo‘lovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida

Ushbu obyekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa

9.

Savdo do‘konlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, ko‘chma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda

Kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish palatkalari, do‘konchalari), shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish (poyabzal ta’mirlash va shu kabilar) sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar

10.

Chiqindi yig‘ish shoxobchalari va qayta yuklash stansiyalarining yer uchastkalari hamda ularning tutash (chegaradosh) hududlari

Sanitar tozalash korxonalari

11.

Boshqa joylarda

Tuman va shahar hokimliklari (tozalash ishlarini tashkillashtirish)

* Belgilangan hududlarda tozalash ishlari amalga oshirilmagan taqdirda hokimliklarning tegishli mas’ullariga belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PF-5-son Farmoniga
9-ILOVA
Ekosanitariya jamg‘armasini moliyalashtirish manbalari va Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish maqsadlari

1.

Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan manbalar

Sanitar tozalash korxonalarining ixtiyoriy ajratmalari miqdoriga mutanosib ravishda davlat budjetidan chiqindilarni boshqarish sohasini rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘lar;
“Toza hudud” DUKlarning debitor, shu jumladan, aholining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligidan tushgan mablag‘lar;
“Toza hudud” DUKlar tomonidan sanitar tozalash korxonalariga bo‘lib-bo‘lib berish sharti bilan berilgan maxsus texnikalar bo‘yicha to‘lovlar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2.

Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan maqsadlar

Xalqaro va mahalliy moliya-bank tashkilotlarining kreditlari bo‘yicha kafolatlarni berish;
“Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi” davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan avtoparkda 50 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnikalarni favqulodda safarbar etish uchun xarid qilish, saqlash hamda tegishli hududdagi sanitar tozalash korxonasi uchun vaqtinchalik beg‘araz berish;
tegishli hududlarda sanitar tozalash xizmatlari bo‘yicha shartnoma (bitim)lar tomonlar kelishuvi asosida bekor qilinganligi yoki uning amal qilish muddati tugaganligi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning tashabbusi, sud qarori, bankrotlik holati yoki o‘zgacha tarzda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyati to‘xtatilgan hollarda biriktirilgan sanitar tozalash korxonalariga daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi salbiy farqni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining kafilligi asosida qoplab berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
10-ILOVA
Chiqindilar bilan ishlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni belgilash:
avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlariga ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqini berish. Bunda, tadbirkorlik subyektlari javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkinligini nazarda tutish;
aholiga o‘z tashabbusi bilan chiqindixonalarga aylangan yoki tizimli ravishda chiqindilar noqonuniy ravishda tashlab ketilishi kuzatiladigan hududlarda o‘z mablag‘lari hisobidan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish yuzasidan Ekologiya vazirligiga buyurtma berish imkonini yaratish. Bunda, javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan buyurtma bergan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkinligini nazarda tutish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

“Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi va Ichki ishlar vazirligining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimini joriy qilish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil iyun

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni belgilash:
Obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, ekofaollar va jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oy 100 tadan velosiped berish;
har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovini o‘tkazish hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan bir nafardan farzandi yoki nevarasiga to‘lov-kontrakt summasini (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan qismini) Ekologiya jamg‘armasi hisobidan to‘lab berish. Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatilishini nazarda tutish.
“Eng toza mahalla” tanlovini o‘tkazish va tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi

4.

Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni ommaviy oferta asosida tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Bunda, oferta shartnomasi faqatgina faoliyati davomida alohida ko‘chmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi o‘rtasida tuzilishini nazarda tutish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni ommaviy oferta asosida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining platformasi bilan sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatganlik uchun abonentlarning hisobini yuritish billing tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlash.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil iyul

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

1) Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi mexanizmni joriy qilish tartibini belgilash.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
2) Ushbu tartibni joriy qilish yuzasidan:
manfaatdor vazirlik va idoralarning hamkorlik memorandumini imzolash;
tegishli ommaviy shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil mart

-

Ekologiya vazirligi,
Energetika vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarni qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining yagona elektron tizimiga ulagan holda fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil martdan boshlab, doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ekologiya vazirligi,
sanitar tozalash korxonalari

8.

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun fuqarolarning xarajatlari va ma’naviy zararini qoplab berish tartibini belgilash.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil noyabr

-

Ekologiya vazirligi,
Adliya vazirligi

9.

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona me’yorlar va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tatbiq etishni tartibga solish maqsadida Ekologiya vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida va amaldagi shtatlarini to‘liq saqlab qolgan holda Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tashkil etish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi

10.

Sanitar tozalash korxonalari bilan tuzilgan shartnoma shartlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholashning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatuvchilarga jarimalar belgilash hamda ularni undirish;
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga jarima solinganidan so‘ng keyingi yarim yillik yakuni bilan ko‘rsatilgan xizmatlar takroran qoniqarsiz deb baholanishi yoki maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnoma (bitim)ga muvofiq ushbu shartnoma (bitim)ni bir tomonlama bekor qilish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ekologiya vazirligi,
sanitar tozalash korxonalari

11.

2025-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringi doirasida ifloslantiruvchi manbalarda o‘rnatiladigan uskunalar ma’lumotlarini Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga onlayn tarzda uzatishi majburiyligini belgilash. Bunda:
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga avtomatik integratsiya qilmaganlik va (yoki) bazaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritganlik uchun javobgarlikni belgilash;
qo‘shimcha ravishda, ushbu talab bajarilmagan holatlarda (ma’lumotlarni qisman taqdim etish, umuman taqdim etmaslik hamda ularni noto‘g‘ri yoki qalbakilashtirilgan holda taqdim etish) yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy jarimalar qo‘llashni joriy etishni nazarda tutish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya vazirligi,
Adliya vazirligi

12.

Chiqindi to‘plash shoxobchalarida hamda sanitar tozalash korxonalarining maxsus texnikalariga tegishli sanitar tozalash korxonalari tomonidan kuzatuv kameralarini o‘rnatish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillarda,
doimiy ravishda

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ekologiya vazirligi,
sanitar tozalash korxonalari

13.

“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand Obod” davlat unitar korxonalarining buyurtmasiga asosan, ularga tegishli 1 876 ta uychali maishiy chiqindi yig‘ish shoxobchalarini (qurilgan hududdagi yer maydonlari va bino inshootlari) bepul davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazib, kadastr yig‘ma jildlarini shakllantirish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil yanvar — may

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Kadastr agentligi

14.

Yagona elektron tizimni quyidagi imkoniyatlarni yaratish orqali takomillashtirish choralarini ko‘rish:
sanitar tozalash korxonalarining ma’lumotlar bazasi;
abonentlarning ma’lumotlar bazasi;
sanitar tozalash korxonalari xizmat ko‘rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi va tariflari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;
aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi;
abonentlarning hosil bo‘lgan chiqindilarini to‘plash va olib chiqish reja-jadvallari;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami bo‘yicha shikoyatlar berish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil may

-

Ekologiya vazirligi,
Kadastr agentligi,
Adliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya vazirligi hamda “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish bo‘yicha Respublika komissiyasi zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus obyektlar, obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa davlat unitar korxonalari hamda xususiy korxonalar hisobidagi, shuningdek, maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklarga vaqtinchalik beg‘araz foydalanishga berilgan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini hamda qurilish chiqindi poligonlarini Ekologiya vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga o‘tkazish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Ekologiya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

16.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon dahasi, Chimkent yo‘li ko‘chasi 18-uyda joylashgan Toshkent tumani, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligiga tegishli o‘rmon fondi yerlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga berish hamda ushbu hududda yashil jamoat parkini tashkil qilish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil aprel

Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari

Ekologiya vazirligi,
Toshkent viloyati hokimligi

17.

Budjet muassasalarining sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tajriba tariqasida tegishli xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonalariga tozalash va saqlash vazifalarini yuklagan holda boshqaruvga berish, ushbu maqsadlarga alohida muassasalarning budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘larni yo‘naltirish hamda chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha tarifga qo‘shish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-2025-yillar davomida

Tashkilotlarning budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

18.

Budjet muassasalarida shakllanadigan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha me’yorlar va ular bo‘yicha belgilanadigan tariflarni tasdiqlash.
Me’yorlar bo‘yicha ushbu xizmatga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni muassasalarning har yili shakllanadigan budjet parametrlarida nazarda tutish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil fevral

-

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitar tozalash korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 13 ta servis markazlarini qurish, 13 ta texnik yordam mashinasi xarid qilish parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish va iqtisod qilingan mablag‘larni chiqindilarni boshqarish sohasida moddiy-texnik bazani mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Am�lga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil dekabr

-

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat
va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinayotgan va Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi orqali talabgorlarga yetkazib berilayotgan maxsus texnika va boshqa mol-mulklar bo‘yicha lizing to‘lovlari tijorat banklari tomonidan talabgorlarning so‘mdagi mablag‘lari AQSh dollariga konvertatsiya qilingan holda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining maxsus hisob raqamiga o‘tkazish hamda ushbu mablag‘larni sanitar tozalash korxonalarining asosiy fondlarini yangilash, qarz mablag‘larini qaytarish va loyiha doirasidagi boshqa maqsadlarda ishlatish choralarini ko‘rish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil noyabr

-

Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi,
Markaziy bank

21.

Tibbiyot, veterinariya va farmatsevtika chiqindilarini utilizatsiya qilishni tartibga solish, moliyalashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratish.
Utilizatsiya qilish va utilizatsiya yig‘imlarini undirish tizimini to‘liq qayta ko‘rib chiqish.

Download 1,23 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]

Download 1,23 Mb.