|
1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
|
bet | 10/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #232657 |
Bog'liq PF-5 04.01.2024Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihalari.
|
2024-yil may
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
22.
|
Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish.
Bunda:
1. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish.
2. Loyiha konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tender hujjatlarini tayyorlab, tender e’lon qilish.
3. Tender jarayonini o‘tkazish va tender g‘olibini aniqlash hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.
|
2024-yil iyul
2024-yil sentyabr
2025-yil may
|
-
|
Toshkent shahar hokimligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
23.
|
Davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xususiy sherikka 10 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan berilgan maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining hamda xususiy sherikning qarzdorliklari bo‘yicha xatlovga olish, uchinchi shaxslarning oldidagi qarzdorliklar uchun taqiqqa olish hamda sotib yuborilishining oldini olish.
Bunda, “Toza hudud” davlat unitar korxonalari tomonidan tijorat banklaridan olingan kreditlarning ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan maxsus avtotransport vositalari va texnikalar o‘rniga garovga qo‘yilgan mulklar qiymatidan kam bo‘lmagan boshqa mulklarga almashtirish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
|
2024-yil mart
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Markaziy bank,
Bosh prokuratura,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
24.
|
Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirib borish:
“Toza hudud” davlat unitar korxonalariga tegishli bo‘lgan bino-inshootlar egalik huquqini, shu jumladan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni bepul amalga oshirish orqali Ekologiya vazirligi balansiga o‘tkazish;
Ekologiya vazirligi tizimidagi barcha bino-inshootlarni xatlovdan o‘tkazish;
Ekologiya vazirligiga tegishli bo‘lgan bino-inshootlarni so�ishdan tushgan mablag‘larning 100 foizini (baholash va savdoga chiqarish xarajatlaridan tashqari) keyinchalik Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalarining zamonaviy ekologik talablarga javob beradigan “yashil” binolarini qurish uchun Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi hududiy boshqarmalariga binolarni qurish uchun bepul tegishli yer maydonlari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlash.
Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.
|
2024-2025-yillar davomida
|
-
|
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Kadastr agentligi
|
25.
|
Markazga sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy to‘lovlarni akseptsiz tarzda lizing to‘lovlari, davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida qabul qilib olingan texnika va debitor qarzdorliklarni so‘ndirishga yo‘naltirish huquqini berish hamda qolgan mablag‘larni xususiy sanitar tozalash korxonalarining hisob raqamlariga yo‘naltirish masalasini o‘rganish va taklif kiritish.
|
|
| |