|
1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
|
bet | 12/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #232657 |
Bog'liq PF-5 04.01.2024Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
|
2024-yil mart
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
|
31.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash. Bunda:
loyiha doirasida 114,5 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish;
tibbiyot muassasalarida yiliga hosil bo‘ladigan 96 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish;
tibbiyot muassasalari hududida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilganlik uchun tariflarni belgilash;
tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlash hisobiga ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini tibbiyot muassasalari tomonidan “yashil” tariflar asosida sotib olish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
|
2024-yil aprel
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Sog‘l�qni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
|
32.
|
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida olib kiriladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni bojxona bojlari to‘lanishidan ozod qilish choralarini ko‘rish.
Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
|
2024-yil noyabr
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi
|
33.
|
Hududlarni tozalashga mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarni belgilash mexanizmini tatbiq etishni inobatga olgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:
hududlarni tozalashga mas’ul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga hududlarda tozalikni ta’minlash va obodlashtirish choralarini ko‘rish mas’uliyatini yuklagan holda biriktirib berish;
o‘z vazifalarini bajarmaganlik natijasida biriktirilgan hududlarda tozalikni ta’minlamaganlik, chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlikni kiritish;
hududlarni tozalash va chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish mexanizmini joriy etish;
har bir mahallada tozalik va yashillik posbonlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish.
Amalga oshirish shakli: qonun loyihasi.
|
2024-yil iyul
|
-
|
Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
34.
|
Daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish tizimini quyidagicha yanada takomillashtirish:
1) qurilish va boshqa tashkilotlar tomonidan ular faoliyatidan kelib chiqib, har yili majburiy ravishda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish mexanizmini belgilash;
|
|
| |