Bir rangli va ajratilgan serverli tarmoq operatsion tizimlari




Download 160.52 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi160.52 Kb.
#75222
1   2   3   4
Bog'liq
1. Tarmoq operatsion tizimlari bo‘yicha umumiy tushunchalar Tarm
chizma, UzRailways-Ticket-76825222432320, Nitrolash 4, Qovuljonov Javlon Ijodiy talim-4, Azamov Akmal, Документ Microsoft Word, Ishchi dastur, ATEB Mustaqil ta\'lim-2 XAMRAYEV F, Антиқа топишмоқ, 212-карор ЯШИЛ ЧИРОҚ, 41-son Zulfiyaxonim bayonnomasi, xisobot, bulling Soʻrovnoma — копия, --converted-compressed.ru.uz, KentselveKrsalRekreasyonAlanlarnaYnelikKullancTercihlerininBelirlenmesi.tr.uz

28.3. Bir rangli va ajratilgan serverli tarmoq operatsion tizimlari

Tarmoq kompyuterlari o‘rtasida funksiyalarni qanday bo‘linganligiga qarab, tarmoq OT va shu bilan tarmoqlarning o‘zi ham ikkita sinfga bo‘linadi: bir rangli va ikki rangli (28.3-rasm). Oxirgisini ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb atashadi.



28.3-rasm. (a) – Bir rangli tarmoq , (b) – Ikki rangli tarmoq.

Agar kompyuter o‘zining resurslarini tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga taqdim qilsa, unda u server rolini o‘ynaydi. Bunda boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter klient hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek tarmoqda ishlaydigan kompyuter yo klient funksiyasini, yo server funksiyasini, yoki ikkalasining ham funksiyasini bajarishi mumkin.


Agar biror bir server funksiyalarining bajarilishi kompyuterning asosiy vazifasi bo‘lsa (masalan, fayllarni tarmoqdagi foydalanuvchilarga umumiy foydalanishga taqdim etish, faksdan umumiy foydalanshni tashkil qilish yoki tarmoqdagi foydalanuvchilarni o‘zining dasturlaridan foydalanishga ruxsat berish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb ataladi. Serverning qaysi resursi ajratuvchi ekanligiga qarab, u fayl – server, faks – server, print – server, ilova server va h.k deb ataladi.
Shubxasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa OT ni o‘rnatish maqsadga muvofiqki, ular u yoki bu server funksiyalarini optimal bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ajratilgan serverli tarmoqlarda tarkibiga server qismlari imkoniyatlari bilan farq qiluvchi bir nechta variantli OTlari kiruvchi tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell NetWare tarmoq OTi fayl – server sifatida ishlaydigan serverli variantiga ega, yana har xil lokal OT lar bilan ishlaydigan ishchi stansiyalar uchun qobig‘inga ega.OT larning boshqa misoli sifatida, tarmoqni ajratilgan serverli qurishga mo‘ljallangan OT Windows NT hisoblanadi. NetWare dan farqli o‘laroq Windows NT ning ikkala varianti, Windows NT Server (ajratilgan server uchun) va WindowsNT Workstation(ishchi stansiyalar uchun) ham kliet ham server funksiyalarini qo‘llab quvvatlaydi. Lekin Windows NT ning serverli varianti tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga kompyuteridagi resurslarini ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega, chunki u ancha keng funksiyalarni bajarishi mumkin, katta miqdordagi klientlarning bir vaqtda ulanishini qo‘llaydi, ancha keng himoya vositalariga ham egadir.
Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan oddiy masalarni yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin emas, bu uning server sifatida ishlash unumdorligini kamaytiradi. Shularni hisobga olgan holda Novell NetWare OT ining server qismida oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari umuman ko‘zda tutilmagan, ya’ni klient qismi yo‘q, ishchi stansiyalarda esa server komponentlari mavjud emas. Biroq boshqa tarmoq OTlarda ajratilgan server klient qismining ishlashi bemalol mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvi ostida lokal foydalanuvchining tarmoqdagi boshqa kompyuterning resurslariga so‘rov tushishi bilan OT klient qismining funksiyalarini bajaradigan oddiy dasturlari yuklanishi mumkin. Bunda Windows NT Workstation OTi o‘rnatilgan ishchi stansiyalar ajratilmagan server funksiyalarini bajarishi mumkin.
Eng muhimi shuni tushunish kerakki, ajratilgan serverli tarmoqlarda hamma kompyuterlar umumiy holda ham server ham klient rolini bajara olsa ham, bu tarmoq funksional simmetrik emas, apparat va dasturiy jihatdan unda ikki turli kompyuterlardir – biri, yuqori darajada server funksiyalarini bajarishga qaratilgan va server OTlari ostida ishlaydigan, ikkinchisi esa asosan klient funksiyalarini bajarishga qaratilgan va shunga mos OTlar ostida ishlaydiganlar. Funksional simmetrik emaslik, qoida bo‘yicha, apparat simmetrik emaslikni keltirib chiqaradi, bunda ajratilgan serverlar uchun katta operativ va tashqi xotirali ancha kuchli kompyuterlar ishlatiladi.
Bir rangli tarmoqlarda hamma kompyuterlar bir – birlarining resurlariga bo‘lgan ruxsat huquqlari tengdir. Har bir foydalanuvchi o‘z hoxishiga ko‘ra kompyuteridagi biron bir resursni umumiy foydalanishga qo‘yishi mumkin, keyin boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hamma kompyuterlarda teng potensialli imkonyatlar yaratadigan bir xil OTlar o‘rnatiladi. Bir rangli tarmoqlar LANtastic, Personal Ware, Windows for Workgroup, Windows NT Workstation kabi OTlar bazasida qurilgan bo‘lishi mumkin.
Bir rangli tarmoqlarda shuningdek funksional simmetrik emaslik kelib chiqishi mumkin: birinchi holda bir foydalanuvchilar boshqalar bilan o‘z resurslarini bo‘lishishni hoxlamaydi, bunda u klient rolinni bajaradi, ikkinchi holda administrator faqatgina umumiy foydalanishda bo‘lgan resurslarni tashkil qiladigan funksiyalarni bog‘lab qo‘yadi va bu bilan serverlik vazifasini bajaradi, uchinchi holda lokal foydalanuvchi o‘zining resurslaridan boshqalar foydalanishiga qarshi bo‘lmasa va o‘zi boshqa kompyuterga murojaatini istisno qilmasa, unda bunga o‘rnatiladigan OT ham server ham klient qismiga ega bo‘lishi kerak. Ajratilgan serverli tarmoqlarga qaraganda, bir rangli tarmoqlarda funksional yo‘naltirishga (klientga yoki serverga) bog‘liq holdagi OT lar yo‘q. Hamma variatsiyalar bir xil variantli OTlar konfiguratsiyasi vositalari bilan amalga oshiriladi.
Bir rangli tarmoqlarni tashkil qilish va ishlatish qulay, biroq ular asosan uncha katta bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhlarini birlashtirishda qo‘llaniladi, bu foydalanuvchilar saqlanadigan ma’lumotlar hajmiga, uning ruxsat etilmagan kirishdan va tezligiga kirishdan saqlashga katta shartlar qo‘ymaydi. Bu xarakteristikalarga oshirilgan shartlar qo‘yilganda eng mosi ikki rangli tarmoqlar hisoblanadi, bunda server o‘zining resurslari bilan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatish masalasini yaxshiroq xal qiladi, chunki uning apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi shu maqsad uchun maxsus ishlangan.



Download 160.52 Kb.
1   2   3   4




Download 160.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir rangli va ajratilgan serverli tarmoq operatsion tizimlari

Download 160.52 Kb.