5.1
|
"Avtomagistral" Yo'l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'l.
|
5.2
|
"Avtomagistralning oxiri"
|
5.3
|
"Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l" Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllar harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'l.
|
5.4
|
"Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri"
|
5.5
|
"Bir tomonlama harakatlanish yo'li" Transport vositalarining butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yo'li yoki yo'l qismi.
|
5.6
|
"Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri"
|
5.7.1
|
"Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish" Harakatlanish bir tomonlama bo'lgan yo'lga yoki qatnov qismiga chiqish.
|
5.7.2
|
5.8.1
|
"Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'laklar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.
|
5.8.2
|
"Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.
Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.
|
5.8.3
|
"Bo'lakning boshlanishi" Yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki to'xtash qismidagi qo'shimcha bo'lagining boshlanish joyi. Agar qo'shimcha bo'lak oldida 4.7 "Eng kam tezlik"belgisi o'rnatilgan bo'lsa, ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy bo'lakdan qo'shimcha bo'lakka qayta tizilishi kerak.
|
5.8.4
|
"Bo'lakning boshlanishi" Uch bo'lakli yo'llarda harakatlanish uchun o'rta bo'lakning boshlanishi.
|
5.8.5
|
"Bo'lak oxiri" Balandlikka ko'tarilish yoki to'xtash qismidagi qo'shimcha bo'lakning oxiri.
|
5.8.6
|
"Bo'lak oxiri" Uch bo'lakli yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta bo'lakning oxiri.
|
5.8.7__"Bolaklar_boyicha_harakatlanish_yonalishi"_Agar_5.8.7'>5.8.7
|
"Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo'lsa, unda bu transport vositasining tegishli bo'lakda harakatlanishi taqiqlanadi.
5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo'nalishlar soniga ko'ra to'rt va undan ortiq bo'lakli yo'llarga ham tadbiq etilishi mumkin. Tasviri almashilgan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.
|