• Ketma-ket kadrli animatsiya.
  • Interpolatsion animatsiya.
  • 10-Mavzu: Animatsion tasvirlarning xususiyatlari Animatsiyaning asosiy tushunchalari




    Download 19.67 Kb.
    bet1/4
    Sana16.03.2024
    Hajmi19.67 Kb.
    #174465
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-mavzu
    Tennis, 3d-max-tizimining 20tali, O\'zbekiston respublikasi, 3146-Текст статьи-7690-1-10-20211026 (1), Power point, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori (4), • Coreldraw • pho to s h o p, • Coreldraw • pho to s h o p (1)

    10-Mavzu: Animatsion tasvirlarning xususiyatlari


    Animatsiyaning asosiy tushunchalari
    Animatsiya deganda, ketma-ket almashinib turadigan tasvirlar (kadrlar) asosida hosil bo‘ladigan tasvirlar harakati tushuniladi. Flash da animatsiyaning 2 xil usuli mavjud: ketma-ket va interpolatsion animatsiya.
    Ketma-ket kadrli animatsiya. Bu usul oldindan chizilgan kadrlarni ketma-ket tez o‘tkazishdan iborat. Mazkur holda harakatning paydo bo‘lishi tasvirlarni o‘tkazish tezligi va qo‘shni kadrlarning o‘xshashlik darajasiga bog‘liq. Ko‘rilayotgan usulda animatsion harakat GIF fayllarni yaratish usuli bilan o‘xshash amalga oshiriladi.
    Interpolatsion animatsiya. Bu usulda bir necha tayanch (kalit) kadrlar asosida oraliq kadrlarni yaratish ko‘zda tutiladi (tweening animation). Masalan, biror bir figurani ekranning chap qismidan o‘ng qismiga 25 ta kadr orqali o‘tkazish kerak bo‘lsin. Birinchi usulda ushbu animatsiyani yaratmoqchi bo‘lsak, kadrlarda figurani ketma-ket siljitishimizga to‘g‘ri keladi. Agar harakatlanish vaqtida figura yo‘qolib ketishi yoki shaklini o‘zgartirishi zarur bo‘lib qolsa, unda kadrlarni ketma-ket chizish juda ham ko‘p ish vaqtini talab qiladi. Aynan ana shu holatlardan xoli bo‘lgani uchun ham ikkinchi usul ustun turadi. Oddiy hollarda faqat ikkita kalit kadr: boshlang‘ich va yakunlovchi kadrlar yaratiladi. Odatda, Flash oraliq kadrlarni chiziqli qonuniyat asosida yaratadi, lekin foydalanuvchi eksponensial qonuniyatni, ya’ni oraliq nuqtalardagi ko‘rinishlardan ba’zilarini yaratishni ham qo‘llashi mumkin.
    Kompyuter animatsiyasining asosiy tamoyili kuzatuvchi ko‘z oldida harakatning turli holatlarini o‘zida saqlovchi kadrlar ketma-ketligining juda tez almashinuvidir. Harakat deganda, sahnadagi obyektning ko‘chishi, buralishi bilan bir qatorda ularning shakl va rang o‘zgarishlari ham tushuniladi. Odatda, kadr almashish tezligi bir sekundda 12 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Biror maqsad platformasini aniqlashda kadrlar o‘zgarish tezligini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, kinematografiyada bu bir sekundda 24 kadr, RAL/SECAM va NTSC televizion formatlarda mos ravishda bir sekundda 25 va 30 kadrni tashkil etadi.
    Ko‘pchilik animatsion dasturlarda kalitli animatsiya usuli qo‘llanadi (Keyframe animation). Bu usulning mohiyati kadrlarning asosiy (kalit) va oraliq turlarga bo‘linishidan iborat. Asosiy kadrlarda rassom – animator asosiy (tayanch) holatlarni beradi, masalan, sportchining sakrashdan oldingi va kelib tushgandan keyingi holatlari. Oraliq kadrlarni animator bergan qiymatlar orqali dastuming o‘zi aniqlaydi. Hamma hollarda ham kalitli animatsiya usulini tanlash maqsadga muvofiq emas. Masalan, obyektni fazoda murakkab buralishlarni bajarishga majbur etish uchun uning o‘nlab (hatto yuzlab) kalit kadrlarini berish o‘miga, uning splayn trayektoriyasini chizish osonroq bo‘ladi. Bunday animatsiyaga parametrik animatsiya deyiladi. Odatda, u animatsion effektlar to‘plami shaklida hosil qilinadi. Bu to‘plamdan foydalanish uchun boshlanish davri va davomiyligini berish, parametrlarni o‘rnatish yetarli, qolgan barcha ishni animatsion dasturning o‘zi bajaradi.

    Download 19.67 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Animatsion tasvirlarning xususiyatlari Animatsiyaning asosiy tushunchalari

    Download 19.67 Kb.