• Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha malumot.
  • 10-Mavzu: Boshlang'ich ta'limda mehnat tarbiyasi va kasb-hunar talimi metodologiyasi




    Download 36.27 Kb.
    bet1/4
    Sana04.11.2023
    Hajmi36.27 Kb.
    #94155
      1   2   3   4
    Bog'liq
    МАРУЗА-10.3 СЕМ
    Paint grafik dasturida ishlash kurs ishi kirish BB, 4-maruza, mob oferta (1), O`zsanoatqurilishbank 05-11-2023

    10-Mavzu:Boshlang'ich ta'limda mehnat tarbiyasi va kasb-hunar talimi metodologiyasi.

    1.O'quvchilarni mehnatga tarbiyalash.


    2.Kasb-hunarlar xaqida tushuncha.
    3.Kasb-hunar turlari va mazmuni.
    4.Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo'naltirish metodologiyasi.
    Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma'lumot. Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o'zbek halqining paydo bo'lisni, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo'lib hizmat qila oladigan ma'naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga, maktab o'quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o'rgatish ularni ma'naviy tomondan tarbiyalashda, o'z halqining hunarmandchiligi, urf-odatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tashtirish va kasb-hunarga yo'naltirishda kata ahamiyatga egadir. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik yog'och o'ymakorligi, metal o'ymakorligi, kashtachilik, ko'nchilik, pazandachilik, yog'ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, ko'pgina xususiyatlari - amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi,mahalliy xomashyolarni topish va tamirlash 
    qulayligi, o'g'il va qiz bolalar mehnatining o'ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg'unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va stanoklar talab qilmasligi, mashg'ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o'rgangan, ma'lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat 
    bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e'tiborga molikdir.
    Zal bayramona bezatilgan. Kasb va hunar haqidagi shiorlar, rasmlar ilingan.
    Sahnada ikkita ayol-maktab bitiruvchilarining onalari o’zaro suhbatlashmoqdalar.
    1-ayol: Dildoraxon, bilasizmi, qizim 9-sinfni bitirayotganiga hech ham ishongim kelmaydi.
    2-ayol: Ha,kechagina bolalarimizni jajji qo’llaridan yetaklab maktabga olib kelgan edik.
    1-ayol: Vaqt-oqar suv deganlari shu ekanda.
    2-ayol: Bilasizmi, bolam maktabni bitirsam kim bo’laman, qaysi kasbni egallasam ekan degan savol beraverib boshimizni qotiryaptiki, asti qo’yaverasiz.
    1-ayol: Bu muammo biznikida ham bor o’rgilay. Dadasi qizimizni hamshira bo’sin desa, akasi ko’nmayapti, xolasiga o’xshab bankda sohasida ishlasin desam, qizim hisob-kitobni yomon ko’rarmish.
    2-ayol:O’zini ixtiyoriga qo’ying-chi, birorta kasbni tanlar.
    1-ayol: Ha, aytgancha, sizning qizingiz ham tanlagan kasbini aytdimi?
    2-ayol: Ha, u o’qituvchi, hamshira, jurnalist va tikuvchi bo’lmoqchi ekan.
    1-ayol: O’xxo’, buncha ko’p, hammasini birdaniga egallab bo’lmaydi-ku?
    2-ayol: Men ham shuni aytamanda, bulardan bittasini tanla, desam, hammasi yoqadida, deydi.
    1-ayol: Dildoraxon, eshitishimcha bugun maktabida shu mavzuda tadbir bo’layapti. Keling, birgalikda tadbirga borib, savollarimizga javob olib kelamiz, nima dediz? 
    2-ayol: Mayli, opajon, o’ylaymanki bu tadbirdan keyin qizlarimiz ham bir qarorga kelishadi, deb umid qilaman. 
    1-ayol: Yuring, ketdik.
    (Sahnada ikkita boshlovchi o’zaro suhbatlashadilar)
    Mubina: Madina, onalarimiz suhbatini eshitdingmi?
    Madina: Ha, eshitdim, ular shunchalar mehribon va kuyunchak ekanliklarini ko’rib ko’zimga yosh keldi.
    Mubina: Bugungi tadbirimiz orqali ularning savollariga javob berishga harakat qilamiz.
    Madina: Bugungi maslahat va ma’lumotlarlardan tengdoshlarimiz kasblar, ularning tamoyillari hamda turlari haqidagi axborotga ega bo’ladilar.
    Mubina: Demak, tadbirimizni boshlasak bo’ladi. 
    1-boshlovchi(Mubina)
    Assalom gul vatan, yashnagan diyor,
    Assalom ona xalq zahmatkash elim
    Tonglaring xayrli, yurtim baxtiyor
    Paxtaday qalbi oq pokiza dilim
    2-boshlovchi(Madina) Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va tengdoshlar! “Kasblar ko’p dunyoda, bir-biridan ziyoda” nomli tadbirimizga xush kelibsizlar!
    1-boshlovchi: Kasb nima? Kasb- ma’lum darajada tayyorgarlik talab etadigan, davrlarning qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan, bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirishi imkoniyati mavjud bo’lgan (shaxsning) alohida faoliyat turidir
    2-boshlovchi: Kasb – bu insonning kеlajagi. Kasb tanlash orqali inson o’z kеlajagini belgilaydi va aniqlaydi.
    1-boshlovchi: Kеlajakdagi hayot kasb orqali hal etiladi. To’g’ri kasb tanlash insonni baxtga yеtaklaydi.
    2-boshlovchi: Kasb -bu insonning orzusi, baxti. Inson kasb tanlashda hеch qachon adashmaslik kеrak.
    1-boshlovchi: “Hunarli odamning hayoti baxtga, xursandchilikka to’la” dеb bеjiz aytilmagan. Hunarning odam hayotidagi foydasi bеnihoyat katta
    2-boshlovchi: Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlang va Siz bir umr ishga bormaysiz».
    1-boshlovchi: Ha, to’g’ri eshitdingiz. Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi.
    2-boshlovchi: O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.
    1-o’quvchi: Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. 
    2-o’quvchi: Bu toifadagi kishilar, o’z hatti-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir. 
    3-o’quvchi: Ba’zilar «Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi.
    4-o’quvchi: Biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan baraka topa olmaydi.
    5-o’quvchi: Kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
    2-boshlovchi: Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!
    6-o’quvchi: Butun dunyoda ishsizlar qancha? Xalqaro mehnat tashkiloti tarqatgan “Bandlikning global tendensiyalari-2013” hujjatiga ko‘ra, butun dunyoda ishsizlar soni 197 million kishiga yetdi.
    7-o’quvchi: O‘tgan yilda dunyo bo‘yicha ishsizlar soni to‘rt million kishiga ko‘paygan. 2012 yilda ishdan ayrilganlarning atigi choragi rivojlangan mamlakatlarda, qolgan 75 foizi esa rivojlanayotgan davlatlar, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika davlatlariga to‘g‘ri keladi.
    8-o’quvchi: Ma’lum bo‘lishicha, asosan rivojlangan davlatlardagi 870 millionga yaqin kishi ishli bo‘lsa ham, bir kunda 2 dollardan kamroq pul topadi, ulardan 400 millionga yaqini kambag‘allikda kun kechirmoqda.
    1-boshlovchi: “Kelajakda kim bo‘lsam ekan?” Bu savol endigina maktabni tugatib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan har bir yigit-qizni o‘ylantiradi.
    2-boshlovchi: Davramizga turli kasb egalarini taklif etamiz, ularni kasblar tipi no’yicha guruhlarga ajratgan holda yaqindan tanishamiz, marhamat.

    Download 36.27 Kb.
      1   2   3   4




    Download 36.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Boshlang'ich ta'limda mehnat tarbiyasi va kasb-hunar talimi metodologiyasi

    Download 36.27 Kb.