GO‘SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI




Download 52.29 Kb.
bet3/13
Sana10.03.2024
Hajmi52.29 Kb.
#169560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10-mavzu go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja-fayllar.org
File0001
GO‘SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI
Respublikamiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go‘sht sanoati hisoblanadi. Bu borada chorvadorlar, fermerlar va malakali texnologlar muhim o‘rin tutadilar.

Ma’lumki go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida to‘la qimmatli oqsillar ko‘p miqdorda bo‘lganligi uchun har bir inson organizmi uchun zarur va muhim hisoblanadi.


Kuzatishlardan ma’lumki, inson organizmini energetik va plastik moddalar bilan ta’minlashda birorta oziq mahsuloti go‘shtning o‘rnini bosa olmaydi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan bir necha barobar yuksak bo‘lganligi uchun ham muhim energiya manbai hisoblanadi. Binobarin, go‘sht inson kundalik hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir.
Go‘sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda bo‘lganligi sababli, inson organizmida moddalar almashinuvida ishtiroq etadi.
Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, go‘sht miyaga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, miya oziqni ko‘proq olib o‘sadi va rivojlanadi. Ma’lumki inson organizmi o‘z faoliyatida oqsil, yog‘, uglevod, tuz va vitaminlarni, shuningdek barcha turdagi aminokislotalarni sarflaydi. Binobarin, bu moddalarni o‘rni hamma vaqt to‘ldirilib turishi talab etiladi. Shuning uchun iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar tarkibida organizm uchun muhim bo‘lgan barcha moddalar yetarli va sifatli bo‘lishi shart.
Oqsil - mahsulotning asosiy tarkibi hisoblangani holda, turli xildagi aminokislotalar birikmasidan iborat. Oqsillar aminokislotalarning saqlanish miqdoriga qarab to‘la qiymatli va to‘liqsiz qimatli oqsillarga bo‘linadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha katta yoshdagi odam (massasi 75-105 kg) uchun bir sutkada 105-150 g, oqsil talab etilar ekan. Oqsillar asosan go‘sht, baliq, sut va tuxum tarkibida ko‘proq uchrashi aniqlangan. Oqsillarning miqdoriga ko‘ra oziq sifatini yuksaklik darajada bo‘lishi ko‘ndalang-targ‘il muskullarda bo‘lgani holda u nihoyat qimmatli hisoblanadi. Lekin biriktiruvchi to‘qima va silliq muskullarda ayrim aminoqislotalar (triptofan, lizin, tirozin va boshqalar)ni uchramasligi aniqlangan. Shuningdek, sifatli go‘sht tarkibida o‘rtacha 20% oqsil bo‘lishi aniqlangan.
Mol go‘shti barcha insonlar uchun qimmatli va lazzatli oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi va barcha turdagi mahsulotlar ichida salmoqli o‘rin tutadi. Mol go‘shtining to‘yimliligi birinchi galda uning tarkibidagi oqsil va yog‘ moddalarning kaloriyaliligi bilan belgilanadi.
Go‘shtning energetik qiymati (kaloriyaliligi) uning sifatiga, molning semiz-oriqligi, boqish usuli, oziqlantirish, yoshi, jinsi, fiziologik holati va boshqalarga bog‘liq bo‘lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200-2800 kilokaloriya va undan ko‘proq bo‘lishi tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Oriq mol go‘shtida yog‘ miqdori o‘rtacha 3,30 foiz bo‘lsa, yuqori semizlik darajasiga yetkazilgach u 23,0 foizgacha ko‘payishi mumkin ekan. Shuningdek, paylar miqdori oriq mollarda 14 foiz bo‘lsa, yuqori daraja semizlarda u atigi 9,6 foizga to‘g‘ri kelar ekan.
Lahm go‘sht tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori mollarning semizlik darajasi bilan belgilanadi. Agar mollarning semizligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning go‘shtidagi suv (68,5 %) hamda oqsil (17,6 %) kamayishi bilan, yog‘ miqdori (23 %) va umumiy kaloriyaliligi (2850 kkal) shuncha yuqori bo‘lishi tajribalarda sinalib ko‘rilgan.
Eng yuqori sifatli go‘sht birinchi galda barcha yuqori naslli go‘shtdor zotlar (qozoqi oqbosh, santa-gertruda, aberdin-angus, gereford, qalmoqi, sharole va h.k.)dan yetishtiriladi. Chunki, bu zotdagi mollar faqatgina go‘sht yetishtirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Mol tanasidagi go‘sht miqdorini va uning sifatini hayvonning tiriklik vaqtida ham taxminan chamalash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bu usulda mollarning oriq-semizligi, son qismlarining to‘la go‘shtdorligi, yelka yo‘nalishini esa tekis yoki notekisligi, shuningdek, tanasining umumiy ko‘rinishiga qarab belgilanadi.
Mollarning go‘shtdorlik xususiyatini ifodalash uchun aniq usullardan foydalaniladi. Bunda mollar so‘yilgach go‘shtini tortish va hisoblash usuli aniq va qulay hisoblanadi. Bunda asosan ikki ko‘rsatgich, ya’ni so‘yim massasi va so‘yim chiqishi hisobga olinadi.
So‘yilgan mollarning go‘shtidagi boshqa to‘qima (yog‘, pay, suyak va h.k)lardan ajratilgan holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. YA’ni suyakli go‘sht yoki go‘sht nimtalari; lahm go‘sht yoki suyakdan ajratib olingan go‘sht; yog‘, pay, tog‘ay va limfatik tomirlardan tozalab olingan go‘sht shular junlasidandir.
Go‘shtning asosiy qismi muskul to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, u yosh mollarda ancha noziq, tez pishadigan va yaxshi hazm bo‘lish xususiyatiga egadir. Qari mollarning go‘shti esa ancha qattiq, chayirroq va dag‘allashgan bo‘ladi. Shu bilan birga uni uzoq vaqt pishirish talab etiladi. Bunday go‘shtni hazm bo‘lishi yosh mollarnikiga ko‘ra pastroq bo‘ladi. Shuning uchun ham chet mamlakatlarda buzoq go‘shti yirik mol go‘shtiga nisbatan bir-necha marta qimmat baholanadi.
Umuman go‘sht miqdori semiz mollarda ko‘p, oriqlarda oz, shuningdek, yosh mollarda ham oz, katta yoshdagilarda esa ko‘proq bo‘ladi, shu bilan birga erkak mollarda urg‘ochilarga nisbatan ko‘p go‘sht bo‘lishi aniqlangan.
Mol tanasida yog‘ to‘qimalarning miqdori asosan teri ostida, shuningdek buyrak va qovuq atrofida oshqozon va ichaklar atrofida ko‘proq uchraydi. Bunday xususiyat ko‘proq yirik mollarda yaxshi ifodalangan bo‘ladi.
Mol go‘shtining sifatini aniqlashda yana bir usul ancha qulay hisoblanadi. YAni go‘shtning marmarsimon ko‘rinishiga ega bo‘lishi yoki ega emasligidan bu borada asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi. Marmarsimon go‘sht deyilganda uning tarkibidagi yog‘ va muskul to‘qimalar qavat-qavat holda ifodalangan bo‘ladi. Bunday go‘shtlar juda mazali va to‘yimli hisoblanadi.
Go‘shtning marmarsimon bo‘lishi asosan go‘shtdor zotli mollarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning go‘shti go‘sht-sut yo‘nalishidagi mollarnikiga qaraganda birmuncha yumshoq, to‘yimli, tez pishadigan va mazali bo‘ladi. kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, go‘sht tarkibidagi yog‘ ko‘p bo‘lsa, u holda go‘shtning ta’mi pasayadi, hazm bo‘lish xususiyati tubanlashadi va bunday go‘shtga nisbatan odamlarning ehtiyoji yuqori darajada bo‘lmaydi.
Mol go‘shtini oziq sifatida qiymati bir qancha omillar bilan belgilanadi Masalan, hayvonlarning yoshi, jinsi, semizlik darajasi, iste’mol qilgan yem-hashak turlari va ularning to‘yimliligi shular jumlasidandir. Go‘shtning kimyoviy tarkibi ham yuqorida ko‘rsatilgan omillar asosida turlicha bo‘lishi tabiiydir.
Adabiyotlarning ma’lumotlariga ko‘ra lahm go‘sht tarkibida 72-75 % suv, 25-28 % quruq modda bo‘ladi Lekin quruq qoldiqning deyarli 60 foizini oqsil tashkil qilsa, 5 foiz yog‘ va 1-1,2 foizini mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar va garmonlar tashkil etadi. Go‘sht oqsilining 85 foizini to‘la qiymatli bo‘lgani holda o‘z o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan aminoqislotalardan tashkil topgandir.
Go‘sht tarkibidagi nihoyatda murakkab hisoblangan nukleoproteidlar ham uchraydi. Jumladan, ribonuklein va dezoksiribonuklein kislotalari, elastin, kollagen va mukoproteinlar bo‘lishi aniqlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, mol go‘shtida molning oriq-semizligiga ko‘ra 3 foizdan 35 foizgacha yog‘ bo‘lishi mumkin ekan. Shuningdek, barcha turdagi mineral moddalar (kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va h.k.) ham bo‘lishi kuzatilgan. Fosfor va mis ham salmoqli o‘rin egallar ekan. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha go‘sht tarkibidagi yog‘ moddalarining ko‘payishi bilan undagi mineral moddalar miqdori kamayib borar ekan. Go‘sht tarkibidagi turli xildagi vitaminlar (tiamin – V1, riboflavin – V2, nikotin kislotasi – RR, biotin - N, xolin, kobalamin – V12, foliy kislotasi)ni bo‘lishi uning qiymatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Download 52.29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 52.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GO‘SHTNING TARKIBI, OZIQAVIYLIK QIYMATI VA OVQATLANISHDAGI AHAMIYATI

Download 52.29 Kb.