kasalliklar yuqumli bo’lmagan kasalliklarning alohida guruhiga ajratilgan.
Yuqumli bo’lmagan kasalliklar darajasining oshishi nooqilona ovqatlanish bilan
birgalikda yetarli bo’lmagan jismoniy faollik, tamaki iste’mol qilish va alkogolni
zararli iste’mol qilish bilan bog’liqdir.
2014 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari respublika katta yoshdagi
aholisining 67,2 foizga yaqini sabzavotlar va mevalarni Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan normadan past iste’mol qilishini, 37 foizi
tuz miqdori ortiqcha bo’lgan ovqatni iste’mol qilishini, katta yoshdagi aholining
16,4 foizi esa jismoniy faol emasligini ko’rsatdi. Buning natijasida katta yoshdagi
aholining 20,2 foizi ortiqcha vaznga va 33,9 foizi yuqori qon bosimga ega.
Aholi sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan kompleks chora-
tadbirlarni
amalga oshirish, kasalliklarning oldini olish, aholi turli guruhlarining
tibbiyot fani talablariga muvofiq sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lom ovqatlanishini
ta’minlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1)
aholi turli guruhlarining sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, jismoniy faollik hamda
alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish yo’li
bilan kasallikka chalinish va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
2)
nooqilona ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning
oldini olish va ular
tarqalishi
darajasini pasaytirish, aholi sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
sog’lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va
shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog’lom
ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish;
3)
ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga
yo’naltirilgan sog’lom ovqatlanish masalalari bo’yicha aholining turli guruhlari
uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, sog’lom ovqatlanish sohasida fundamental
tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish;
4)
jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish,
homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha bo’lgan
bolalarning to’laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas
qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhyezli (davolash va
profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash;
5)
sifat va xavfsizlikka qo’yiladigan zamonaviy
talablarga muvofiq oziq-
ovqat xom ashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni
kengaytirish, almashtirib bo’lmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat
mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar,
parhyezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik
aktiv qo’shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
6)
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosiga tegishli bo’lgan
texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
7)
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan
yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sifati
ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
8)
aholi sog’lig’i ko’rsatkichlari va tarqalgan alimentar-bog’liq holatlar
rivojlanishi dinamikasi tahlili asosida ovqatlanish sohasida monitoring dasturlarini
ishlab chiqish va joriy etish.
2015-2020 yillar davrida O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lom
ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksi qabul
qilingan bo’lib, quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan:
1)
nooqilona ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va ular
tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
sog’lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish
va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog’lom
ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish;
2)
ta’lim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini
yanada tartibga solish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish,
tashkil etilgan bolalar jamoalari ovqatlanishi rasionini yaxshilash, O’zbekiston
Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosi sifatini nazorat qilishning
ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;
3)
oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni,
ayniqsa
muhim mikronutriyentlar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni
rag’batlantirish yo’li bilan aholining sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, mahalliy xom ashyo asosida
oziq-ovqat mahsulotlari yaratish, aholi orasida sog’lom ovqatlanish prinsiplari
joriy etilishiga ko’maklashadigan muhitni shakllantirish;
4)
aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish rasionini va ovqatlanish bilan
bog’liq kasalliklar rivojlanishining sabablarini o’rganishga yo’naltirilgan sog’lom
ovqatlanish va diyetologiya sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni ustuvor
amalga oshirish.