antropometrik ko’rsatkichlari orqali bolalarning rivojlanib borishi aniqlanadi.
Insoniyatning dehqonchilik va chorvachilik tashkiliy,
texnik-texnologik
yangiliklarning joriy etilishi bilan bog’liq bo’lgan ulkan yutuqlarga erishganligiga
qaramasdan XXI asrda jahon aholisining oziq-ovqat ta’minoti qoniqarsizligicha
qolyapti. Bu holat XXI asrning muammolarini ham belgilab bermoqda. 2000-chi
yillarda jahon oziq-ovqat muammosining keskinlashuviga sayyoramiz aholisi
sonining o’sib borayotganligi bilan (BMT ma’lumotlariga ko’ra 2050
yilda bu
ko’rsatkich 9,6 mlrd. kishini tashkil qiladi) tabiiy muhitning imkoniyatlari
o’rtasidagi nomutanosibliklar sabab bo’lgan.
Shu boisdan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammosida quyidagi bir
nechta muhim jihatni ajratib ko’rsatish zarur.