3
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bo'lgan talablar.
Qishloq xo’jaligining mamlakat oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda
asosiy
tarmoqlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu yo’nalishda tahlil
etilayotgan davrda erishilgan ijobiy natijalarni alohida ta’kidlash joiz. Jumladan,
barcha asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlari bo’yicha aholi jon boshiga
ishlab chiqarish ko’rsatkichlari miqdor jixatidan o’sgan. Masalan, sabzavotlar
147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69 donaga ko’paygan.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan me’yordagi
ehtiyojni aniqlashda
mutanosib rasion asosida ovqatlanishni ta’minlash vazifasi faqat me’yordagi
kaloriyaga ega bo’lgan va har kuni iste’mol qilinadigan oziq-ovqat
mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir.
To’laqonli ovqatlanish ko’p jihatdan uning tarkibiga, iste’mol qilinadigan
oziq-ovqat mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat
yuritishi,uning
organizmida
to’g’ri
modda
almashinuvi,
salomatlikni
mustahkamlash,
kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini sekinlashtirish
va umrni uzaytirish uchun zarur bo’ladigan to’yimli va sifatli moddalar bilan
kerakli darajada ta’minlanishiga bog’liq.
Bu borada ovqat bilan birga o’rnini hyech narsa bosolmaydigan
aminokislotalar, vitaminlar,
mineral moddalar, mikroelementlar va organizmda
o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa moddalarning ham iste’mol qilinishi inson
hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir.
Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda
faqatgina sabzavotlar, meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini boshqa
hyech qanday mahsulot bosa olmaydi.
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi
to’g’ri va mutanosib rasion asosida ovqatlanishni ta’minlash bilan chambarchas
bog’liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi
lozimligi hyech kimga sir emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari
shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi
uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga
juda kam miqdorda - bor-
yo’g’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. Xalqaro
diyetologlarning tavsiyasiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning
kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur.
Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, istiqboli va
turlari, ulardan olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning
milliy iqtisodiyot va eksportda tutadigan o’rni,
birinchi navbatda, shu davlatning
geografik joylashuvi, uning tuproqiqlim sharoitiga va shakllangan dehqonchilik
madaniyati va saviyasiga, muayyan mahsulotni
yetishtirish mahoratiga, bunday
mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorlarda nechog’liq xaridorgir bo’lishiga
bog’liq.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko’ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan
meva-sabzavotlar bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar,
amino
va organik kislotalar, salomatlik uchun eng muhim bo’lgan
mikroelementlar va oziq-ovqat rasionida o’rnini almashtirib bo’lmaydigan turli
biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday
mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi.
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning faqat ularga xos
bo’lgan xususiyatlari va to’yimlilik darajasi haqida gapirganda, shuni qayd etish
kerakki, mamlakatimiz
seleksionerlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning
170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini
yaratdilar.
Mavzu bo'yicha savollar:
1.
Tibbiy me’yorlar asosida oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajalariga tavsif
bering.
2.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi nimalarni taqozo qiladi?
3.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati inson salomatligi uchun qanday
ahamiyatga ega?