• Birinchi guruh.
  • Dehqonchilik va chorvachilik xarajatlarining hisob ob’yektlari va moddalari




    Download 46,45 Kb.
    bet2/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi46,45 Kb.
    #99073
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-mavzu Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajat-fayllar.org

    2. Dehqonchilik va chorvachilik xarajatlarining hisob ob’yektlari va moddalari.
    Dehqonchilik tarmog‘i mahsulotlarining xarajatlari va chiqishini hisobga olish, yuqorida aytib o‘tilganidek 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotning 2011-“Dehqonchilik” analitik schyotida amalga oshiriladi.
    Bu analitik schyotning debetida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, kreditida — mahsulotiing chiqishi hisobga olinadi. Debet va kredit bo‘yicha yozuvlar yil davomida o‘sib boruvchi summalarda tashkil qilinadi; shunga ko‘ra joriy balansda schyotning ma’lumotlari yoyilgan holda ko‘rsatiladi. Faqat yil oxiriga kelib schyot bo‘yicha qoldiq aniqlanib, uni yakuniy balansda
    donchilik tarmog‘ining tugallanmagan ishlab chiqarish summasi sifatida aks ettiriladi.
    Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni hisobga olish ob’ektlari quyidagilardir:
    1. Ekinlar yoki ekin guruhlari.
    2. Qishloq xo‘jalik ishlari.
    3. Taqsimlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar.
    4. Boshqa ob’ektlar.
    Xarajatlarni o‘stirilayotgan u yoki bu ekinga joriy yil hosiliga bevosita o‘tkazish mumkin bo‘lgan barcha hollarda ular birinchi guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlari schyotlarida hisobga olinadi. Ikkinchi guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlari tarkibida kelgusi yil hosili uchun qilingan qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish xarajatlari aks ettiriladi, bularni tabiiyki, hosili joriy yilda olinadigan ekinlar xarajatlarini hisobga olish ob’ektlariga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ularni hisobga oluvchi uchinchi guruh ob’ektlari tarkibida hisobning bir necha yoki ko‘pgina ob’ektlariga o‘tkaziladigan, demak ularga taqsimlanadigan (joriy ta’mir, sug‘orish va quritish xarajatlari va boshqalar) xarajatlar hisobga olinadi. To‘rtinchi guruh hisobi ob’ektlari tarkibida ozuqa ishlab chiqarish va ayrim boshqa xarajatlar hisobga olinadi.

    Yuqorida aytilgan to‘rttala guruh bo‘yicha aniq tarzda hozirgi kunda xarajatlarni hisobga olish ob’ektlarining quyidagi nomenklaturasi qabul qilingan.


    Birinchi guruh. Don va dukkakli don ekinlari. Kuzgi don ekinlari. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, kuzgi arpa). Bahorgi bug‘doy. Bahorgi boshqa boshoqli don eshshlar (bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli, polba). Yerm eknnlar: tariq, qora bug‘doy, sholi.
    Jo‘xori. Dukkakli don ekinlar — no‘xat, loviya, dukkakli xashaki ekinlar — chechevitsa, xashaki no‘xat va xashaki no‘xat aralashmasi, lyupin (shirin, achchiq), seradella (doni uchun), pelyushka, boshqa dukkakli don ekinlar.
    Texnik ekinlar. Paxta, zig‘ir (uzun tolali), zig‘ir (kalta tolali), nasha, qandlavlagi, kungaboqar, soya, gorchitsa, tamaki, maxorka. Turlar bo‘yicha boshqa texnik ekinlar— kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar.
    Texnik ekinlar urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha. alohida).
    Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzvotlar va poliz ekinlari. Kartoshka, karam, bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq. Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari (petrushka, sholg‘om, turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xo‘raki poliz ekinlari. Sabzavot ekinlari urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha). Poliz ekinlari urug‘liklari. Sabzavotchilik yordamchi xarakterda bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi ochiq yerda ekiladigan barcha sabzavotlar bo‘yicha yalpisiga yuritiladi.
    Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik. Qishki teplitsalar (ko‘kpiyoz, bodring, pomidor, salat, shpinat, rediska va boshqalar). Bahorgi teplitsalar (ko‘kpiyoz, bodring, pomidor, salat, shpinat, selderey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Parniklar (ko‘kpiyoz, bodring, pomidor, salat, shpinat, selderey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Sovuq kirmaydigan boshqa yerlar (ko‘kpiyoz, bodring, pomidor, salat, shpinat, selderey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Shampin’on xonalar (qo‘ziqorinlar, shampinon mitseliylari).
    Yesh-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar. Xashaki ildizmevalar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om, sabzi va boshqalar). Molga oziq uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar urug‘liklari. Xashaki poliz ekinlari. Silos uchun jo‘xori. Silos ekinlari (juxoridan tashqari). Ekilgan bir yillik o‘tlar. Ekilgan ko‘p yillik o‘tlar. Ko‘k ozih sifatida kuzgi don ekinlari. Qo‘k o‘g‘it ekinzorlari (lyupin, seradella va boshqalar), Ekin o‘rib olingan yerga ozuqabop ekilgan ekinlar (xashaki karam, bryukva, xashaki sholg‘om va boshqalar). Madaniy pichanzorlar. Madaniy yaylovlar. Tabiiy pichaizor va yaylovlar.
    Meva, rezavor meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar. Urug‘li ekinlar: olma, nok, behi, ryabina, do‘lana, na’matak va boshqa urug‘li, danakli, ekinlar. Danakli ekinlar: olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli va boshqalar. Rezavor
    mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, krijovnik, maymunjon va boshqa.Yong‘oq mevali ekinlar. Subtropik ko‘chatlar. Sitrus ekinlari. Tokzorlar. Choy rejatatsiyalari. Xmel rejatatsiyalar. Gulchilik. Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va bug.pavlari pitomniklari. Lavr pitomnigi. Efir-moy ekinlaripitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi.
    Sabzavotchilik tarmog‘i yordamchi xarakterda bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi ekinlar guruhsi ( puchok urug‘li, danakli ekinlar, rezavorlar) bo‘yicha yoki yalpi tarmok— bog‘dorchilik bo‘yicha yuritiladi.
    Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi xo‘jaliklarida melioratsiya borasida katta ishlar qilinmoqda. Sug‘oriladigan, shuningdek kuritilgan yerlardagi ekin maydonlari yildan-yilga ko‘paymoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi, sug‘oriladigan va quritilgan yerlardagi donchilik bo‘yicha xarajatlar qat’iy chegaralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan klassifikatsiya bo‘yicha birinchi guruh hisob ob’ektlarining barchasi to‘rt guruh: regulyar sug‘oriladigan yerlar, shartli sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlar bo‘yicha chegaralanadi. Demak, xo‘jaliklarda ayni bir ekinning o‘zi sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha xarajatlar hisobi turlariob’ektlari bo‘yicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar tarkibida sug‘orilgan yerlarda mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida ajratiladi.

    Download 46,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 46,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dehqonchilik va chorvachilik xarajatlarining hisob ob’yektlari va moddalari

    Download 46,45 Kb.