• Uchinchi guruh.
  • 10-mavzu: Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi. Reja: Dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy asoslari va vazifalari




    Download 46,45 Kb.
    bet3/6
    Sana15.11.2023
    Hajmi46,45 Kb.
    #99073
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-mavzu Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajat-fayllar.org

    Ikkinchi guruh. Bajarilgan qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar hisobining ob’ektlari, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, agarda qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar darhol ekinlar (ekinlar guruhi) bo‘yicha joriy yildagi hosil hisobi ob’ektlariga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan hollarda ajratiladi. Bu kelajak yillar hosillariga ya’ni dexqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlardir. Bu guruhga xarajatlar hisobining ob’ektlari quyidagi ish turlari: kuzgi don ekinlari uchun har bir ekin bo‘yicha yerga ishlov berish, ko‘kat oziq va silos uchun kuzgi don ekinlari (agarda ular ajratilsa), sabzavot ekinlarini kuzda ekish (ekinlar bo‘yicha), kuzgi shudgor. yumshatish (kuzgi shudgorsiz) organik o‘g‘itlarni chiqarish, mineral o‘g‘itlarni chiqarish, qorni saqlab qolish (IV kvartalda). Oldingi yillar ko‘p yillik o‘tlar ekinlari (ekilgan yillar bo‘yicha alohida) hisobot yili bahorgi va kuzgi sof ko‘p yillik o‘tlar, ko‘p yillik aralash o‘tlar, hisobot yili kuzidagi qora shudgor, kelgusi yil bahorgi ekinlar hosili uchun shudgor, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yaxshilangan (tubdan yaxshilash) pichanzorlar va madaniy yaylovlarni (kuzgi oziqlantirish va boshqa ish turlari), pichanzor va yaylovlarni yuzaki yaxshilash, tuproqni ohak, gips bilan o‘g‘itlash xarajatlari (o‘z mablag‘lari hisobiga), melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish xarajatlari, parnik, teplitsa, shampinon xonalar, bog‘lar (hosil terib olingach), pitomniklardagi ishlar, boshqalar ajratiladi.
    Bu guruh analitik schyotlarida yil oxiriga hisobga olingan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarishda qoladi va keyingi yilga o‘tadi. Keyingi yilda ular birinchi guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlariga taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi. Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish va boshqa xarajatlarni hisobga olish ob’ektlariga 5—7 yil davomida taqsimlanadi; shuning uchun bunday xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida bir necha yil davomida turishi mumkin.
    Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar hisobi ob’ektlarining xoh birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol o‘tkazish mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga olish ob’ektlarining bir necha guruhlariga taalluklidir. Ular yil davomida alohida analitik hisoblarda hisobga olinib, yil oxirida taqsimlanadi. Ularni ikkinchi guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlaridan farqi shundaki, ular hisobot yilida to‘liq taqsimlanadi. Bu ular tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga o‘tmaydi demakdir.
    Bu guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlariga quyidagi taqsimlanadigan xarajatlar: donchilikda ishlatiladigan asosiy vosatalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari; donchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan joriy ta’miri xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan sug‘orish xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan yerlarni qurilish xarajatlari; ihota o‘rmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir.
    Yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olishning har bir ob’ektiga alohida analitik schyot ochilib, unda tegishli xarajatlar moddalarning belgilangan nomenklaturasiga ko‘ra hisobga olinadi. Bu analitik schyotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarni hisobga olish ob’ektlariga taqsimlab yopiladi. Bu holda xarajatlarning har bir turining o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi.

    Download 46,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 46,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi. Reja: Dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy asoslari va vazifalari

    Download 46,45 Kb.