• Matematik tavsifni tuzish
  • Modellovchi algoritmni
  • Model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash
  • Ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi




    Download 242.33 Kb.
    bet2/4
    Sana25.02.2022
    Hajmi242.33 Kb.
    #18097
    1   2   3   4
    Bog'liq
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi bosqichida masalaning negizidagi hodisalar mexanizmi buysunadigan funksional qonunlar aniqlanadi. Bu bosqichga kirish va chiqish o‘zgaruvchilari; g‘alayonlovchi va boshqaruvchi ta'sirlar belgilanadi, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi, dastlabki tajribalar utkaziladi. Olingan ma'lumotlar asosida jarayonning strukturali sxemasi tuziladi.
    Matematik tavsifni tuzish. yechilayotgan masalaga muvofiq tanlangan fizik model asosida matematik tenglamalar tizimi yoziladi. Bu bosqichda, agar imkon bo‘lsa, tenglamaning ahamiyatsiz a'zolari olib tashlanib, tenglamalar soddalashtiriladi. Bunda tenglamadan olib tashlanayotgan a'zo masalani yechishda hakikatan ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
    Modellovchi algoritmni ishlab chiqish masalasi matematik tavsifning tenglamalar tizimini yechish usulini topishdan iborat. Model qanday mashinada, ya'ni rakamli (RHM), analog (AHM) yoki kombinatsiyalashgan (ARHT) mashinada amalga oshirilishiga ko‘ra algoritmni ishlab chiqish usuli tanlanadi. Konkret hisoblash mashinasining turini tanlash yechilayotgan tenglama turi va hisoblash hajmiga bog‘liq.
    Model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash bosqichida jarayonni xarakterlovchi kattaliklar solishtiriladi. Aniqlik yetarli darajada bulmasa, matematik modelga tuzatish kiritish kerak.
    Modellash bosqichida jarayonning matematik modeli tadqiq qilinadi, olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi va natijada konkret amaliy natijalar ishlab chiqiladi.
    Element yoki tizimning statik xarakteristikasi deb o‘rnatilgan rejim jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi. Bu nisbat analitik yoki grafik usul bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan aniqlanadi.
    Chiziqli va chiziqli bo‘lmagan statik xarakteristikalar mavjud. Agar xarakteristika chiziqli tenglamalar orqali tavsiflanib to‘g‘ri chiziq bilan tasvirlansa, bu chiziqli statik xarakteristika bo‘ladi. Chiziqli statikaga ega bo‘lgan element (yoki tizim) chiziqli element (yoki tizim) deyiladi. Agar o‘rnatilgan ish rejimida bo‘g‘in tavsifi chiziqli bo‘lmagan tenglama orqali berilsa va xarakteristikasi egri yoki sinik chiziqlar bilan tasvirlansa, bu bo‘g‘in chiziqli bo‘lmagan xarakteristika deyiladi. Lyuft va quruq ishqalanishlar statik xarakteristikalarni chiziqli bo‘lmagan ko‘rinishga olib keladi. Chiziqli bo‘lmagan avtomatik tizimlarni hisoblash g‘oyat murakkabdir.
    Tizimning statik harakteristikasini analitik usulda aniqlashda tizimning turg‘unlashgan holati uchun energetik va moddiy balans tenglamalari tuziladi. Balans tenglamalaridan noma'lum kattaliklar topilib, ART dagi rostlanuvchi ob'ekt yoki bo‘g‘inning chiqish va kirish parametrlarining nisbati aniqlanadi.
    Ob'ektning statik xarakteristikasini tajriba orqali aniqlashning faol va passiv usuli mavjud. Faol usulda modda yoki energiyani ob'ektga uzatuvchi liniyada o‘rnatilgan ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi yordamida ob'ektning bir necha muvozanat holati birin-ketin o‘rnatiladi, bunda kattalikning kirish qiymati har xil bo‘lib, tegishli chiqish koordinatalari o‘lchanadi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra tuzilgan grafikdan ob'ektning kuchayish koeffitsienti aniqlanadi. Ob'ektning chiqish kattaligi, odatda, bir necha kirish kattaliklariga bog‘liq, bu holda statik xarakteristikalar to‘plami har bir kanal bo‘yicha aniqlanadi: Statik xarakteristikani eksperimental aniqlashning passiv usuli ehtimollik nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan. Bu usulni qo‘llab, ob'ektlarning normal ishlatish sharoitlarida kirish va chiqish kattaliklarining o‘zgarishi haqida juda ko‘p ma'lumotlar tuplanadi. Statistik material tegishli algoritmlar bo‘yicha ishlanadi. Bu sermehnat masala bo‘lib markazlashtirilgan nazoratning axborot tizimi yoki EHM yordamida yechilishi mumkin. Dinamik tizimlar sinfiga tegishli ARTning faqat statik xarakteristikasini bilish kamlik qiladi, uning dinamik xarakteristikasini ham bilish zarur. Element yoki tizimning dinamik xarakteristikasi deb, vaqt o‘tishi bilan chiqish kattaligining o‘zgarishi o‘rnatilgan rejimning buzilish davridagi kirish kattaligining o‘zgarishiga bog‘liqliliga aytiladi. Kirish kattaligining o‘zgarishi turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bitta rostlanuvchi ob'ektning dinamik xarakteristikalarini ifodalovchi grafiklar ham turlicha bo‘ladi.
    Turli element va tizimlarning dinamik xarakteristikalarini solishtirish uchun kirish kattaliklari o‘zgarishning namunali qonunlari ishlatiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli impuls shaklidagi bir pog‘onali va sinusoidal ta'sirlar keng tarqalgan. Dinamik xarakteristikalar analitik usullar bilan ham aniqlanadi. Dinamik xususiyatlar analitik ravishda differensial tenglamalar orqali tavsiflanadi. Agar tizim yoki bir bo‘g‘inning harakati mustaqil o‘zgaruvchilarning yakuniy qiymatiga bog‘liq bo‘lsa, u parametrlari mujassamlangan ob'ekt bo‘ladi. Bunday ob'ektlarning erkinlik darajasi qiymati tizimning mustaqil o‘zgaruvchilari qiymatiga teng. Bu tizimlarning dinamik xususiyatlari tavsifi to‘liq hosilali tenglamalar orqali beriladi.
    Parametrlari taqsimlangan tizimlar erkinlik darajasining cheksiz qiymatiga ega. Bu tizimda parametrlar katta uzunlikda yoki vaqt mobaynida taqsimlanadi. Ularning dinamik xarakteristikasi xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanib, bu tenglamalarni tahlil qilish ko‘pincha qiyinlashadi. Hisoblashlar uchun ba'zan bu tizim parametrlari mujassamlashgan tizim kabi qurilib, soddalashtiriladi. Bunday yo‘l qo‘yishlar juda qo‘pol natijalar beradigan holatlarda, ya'ni parametrlari taqsimlangan tizimlar birin-ketin ulanganda, parametrlari mujassamlangan bir nechta tizimlarda kechikish bilan almashtiriladi. Masalaga bunday yondashish tizimning dinamik xususiyatlarini oddiy differensial tenglamalar orqali aniqlash imkonini beradi, tenglamalar esa chiqish koordinatasining tegishli o‘zgarish qonuni bo‘yicha yechiladi. Tizimning muvozanat holatidagi chiqish va kirish kattaliklarining tutashgan qiymatlarini aniqlab, tizimning dinamik xususiyatlariga ko‘ra uning statik xususiyatlarini aniqlash mumkin.
    Mexanik tizimlarni o’rganishda fizik qonuniyatlarga tayanib ish ko’rilasi va bunday tizimlar modellashtirish ancha osondir. Tizimni modellashtirishdan avval u qaysi qonuniyat va teoremalarga bo’ysinishini aniqlash lozim. Ushbu qismda ko’riluvchi fizik qonuniyat va teoremalar quyidagilar:

    Download 242.33 Kb.
    1   2   3   4




    Download 242.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi

    Download 242.33 Kb.