Magistratura aniq mutaxassislik bo‗yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta‘lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta‘limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta‘lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish
va joriy etish;
oliy ta‘lim muassasalari uchun professor-o‗qituvchi kadrlar tayyorlash, shu
jumladan chet ellardagi еtakchi o‗quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
oliy ta‘lim muassasalarida tarkibiy o‗zgartishlar o‗tkazish;
oliy ta‘lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning
mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta‘sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
o‗qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion
ta‘lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‗zlashtirish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni o‗qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma‘naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta‘limning insonparvarlik yo‗nalishini ta‘minlash.