shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘yekti va ob‘yekti, ta‘lim
sohasidagi xizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta‘lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo‗lib, ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‗rsatish muhitini o‗z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg‗or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo‗lgan ehtiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‗yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan
ta‘minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun
ochiq bo‗lishini va hayot o‗zgarishlariga moslashuvchanligini ta‘minlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta‘lim, bola huquqi
sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash
sohasida jahon ilg‗or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo‗lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
SHAXS
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan uzluksiz ta‘lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda
tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim
olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi
bo‗yicha mehnat qilish huquqi ro‗yobga chiqariladi.
«Ta‘lim to‗g‗risida»gi Қонун umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar
ta‘limi standartlari orqali sifatli ta‘lim olish, shuningdek ta‘lim va kasb-hunar
jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib
borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‗tish huquqini va keng
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi sifatida shaxsga davlat ta‘lim
standartlari orqali sifatli ta‘lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‗rish
kafolatlanadi. Ta‘lim olish jarayonida shaxs davlat ta‘lim standartlarida ifoda
etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‗rsatish
sohasida faoliyat ko‗rsatadi va o‗z bilimi va tajribasini o‗rgatishda ishtirok etadi.