|
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariBog'liq 11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklariPedagogikaning asosiy kategoriyalari
Pedagogika ta‘lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning
yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi, mukammal
inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni
ochib beradi. Shu asnoda ta‘lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi,
tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar va maktabdan tashqari
muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-
onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada
takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
Tarbiya
- o‘sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida
aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e‘tiqod, burch va mas‘uliyatni
jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni
ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom
etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta‘lim, ma‘lumot
jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta‘lim va
ma‘lumot natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Ta‘lim
-maxsus
tayyorlangan
kishilar
rahbarligida
o‘tkaziladigan,
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish
qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada,
maktabda va jamoatchilik ta‘sirida shakllansa, ta‘lim chegaralangan (masalan: sinf
xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O‘qituvchi-tarbiyachi
rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.
Ma‘lumot-
ta‘lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon bo‘lib,
o‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida еtakchilik qiladi. O‘qituvchi
maktabda dars berar ekan, o‘quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor qiladi,
ma‘lumotli qilishni maqsad qilib qo‘yadi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni
shakllantiradi, tarbiyalaydi.
Pedagog o‘quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik
kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe‘l-
atvorlariga doimo ta‘sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy hayot tajribasining ko‘rsatishicha,
agar inson o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab o‘qisa, o‘rgansa, o‘z ustida tinmay qunt
bilan shug‘ullansa, u oliy ma‘lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy mukammal
kamolot egasi bo‘lishi uchun u ta‘lim va ma‘lumotdan tashqari, yuksak insoniy
fazilatlar asosida tarbiyalangan bo‘lishi shart. Ana shu fazilatlarga ega bo‘lgan
odamni tarbiya ko‘rgan odam deyiladi.
|
| |