2- MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI.
O‘QITUVCHILIK KASBINING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI
Reja:
1.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim,
fan, ishlab chiqarish.
2.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagog kadrlarni
tayyorlashning nazariy
asosi.
3.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar:
Uzluksiz ta‘lim, еtuk mutaxassis, sohlom tarbiya, pedagogning e‘tiqodi,
bilimdonlik darajasi.
Adabiyotlar:
1. Islom Karimov. «Yuksak malakali mutaxassislar – taraqiyot omili». T.
«O‘zbekiston» 1995 yil.
2. Islom Karimov. «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida». –
T.: «O‘zbekiston» 1995 yil.
3. Islom Karimov. «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy
va iqtisodiy istiqlolining
asosiy tamoyillari». – T.: «O‘zbekiston».
4. O.Xasanboyeva. «Pedagogika tarixidan xrestomatiya». «O‘qituvchi» nashriyoti.
T. 1993 yil.
5. B.Ziyomuhammedova, Sh.Abdullayeva. «Pedagogika» «O‘zbekiston milliy
entsiklopediyasi» nashriyoti. T. 2000 yil.
6. S.Tursunov, B.Nishonaliyev «Pedagogka». «O‘qituvchi» nashriyoti. T.1996
yil.
1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim,
fan, ishlab chiqarish.
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturining maqsadi ta‘lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‗la xalos
etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini
yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‗yobga chiqarish quyidagi
vazifalar hal etilishini
nazarda tutadi:
«Ta‘lim to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qонунига muvofiq ta‘lim
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim va
kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta‘lim tizimini
yagona o‗quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni
ta‘minlash;
ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda
amalga oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga
moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar
bilan ta‘minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‗tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat,
texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma‘rifiy ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta‘lim va kadrlar tayyorlash, ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o‗tkazish
va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‘limning talab qilinadigan darajasi va
sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‗rsatishi
va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta‘minlovchi normativ, moddiy-texnika
va axborot bazasini yaratish;
ta‘lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta‘minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini,
shuningdek
nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‗lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‗zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.