|
kategoriya -tushunchalariBog'liq 11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklarikategoriya -tushunchalari
deb nomlaymiz.
Bulardan tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa»,
«irsiyat», «muhit», «direktor» kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida
mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz.
Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini
insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil
qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta‘sirning samarali yo‘l,
metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning
natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan.
Bu pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlari
o‘zlarining pedagogik g‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. Bu
jarayonda o‘zbek mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo‘shgan
hissalari cheksizdir. Tarbiya haqidagi g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda
shakllanganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik
g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta‘limoti, uning muqaddas kitobi
«Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta‘limotining
tarbiya haqidagi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur‘oni Karim
va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma‘naviyati,
axloqi, e‘tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish
yo‘llari bayon qilingan.
Tarbiya haqidagi g‘oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy,
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad
Yassaviy, Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning
xizmatlari kattadir.
I.Karimov aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday
yangicha yondashishlar pedagogika fanining obyekti va predmetini kengaytirdi.
Endilikda pedagogika fanining obyekti faqat ta‘lim-tarbiya jarayonining nazariy,
metodologik amaliy ta‘minlovchi emas, balki komil inson shakllanishi,
rivojlanishini ta‘minlaydigan keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturida»gi milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash
tizimining bosh obyekti va subyekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika
fani oldiga yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil
insonni shakllantirish vazifalari qo‘yildi.
Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida,
ta‘limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta
islohiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z
aksini topishi lozim.
|
| |