o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur
muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan,
umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish
haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi
bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi),
madaniy-oqartuv
pedagogikasi (madaniy-ma‘rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o‘rganadi),
harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o‘quvchilarini vatanimizning shon-sharafi
va or-nomusi uchun еtuk kurashchi, harbiy qurol-yarog‘lardan samarali foydalana
oladigan yoshlarni tarbiyalash yo‘nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.
Pedagogika faqat sog‘lom o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasi bilangina emas,
balki shaxsida qusuri bor bolalar ta‘lim- tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bunday
tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan
orqada qolgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni
tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng o‘z tarixini,
jumladan
pedagogika tarixini o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. O‘tmishdagi pedagogik
tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq
etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat,
ota-bobolarimiz yosh
avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e‘tibor berganlar. I.A.Karimov
ta‘kidlaganidek: «Islom dini-bu ota bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham
axloq, ham ma‘rifat ekanligini unutmaylik, Olloh qalbimizda, yuragimizda».