• UZLUKSIZ TA‘LIM
  • 11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

     DAVLAT VA JAMIYAT 
    Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining 
    kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‗yicha 
    ta‘lim muassasalarining faoliyatini uyg‗unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‗rsatadi. 
    Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: 


    Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‗z malakasini oshirish 
    huquqlari ro‗yobga chiqarilishiga; 
    Majburiy umumiy o‗rta ta‘lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar 
    kollejida ta‘lim olish yo‗nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‗rta maxsus, 
    kasb-hunar ta‘limi olishga; 
    Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta‘lim va oliy o‗quv 
    yurtidan keyingi ta‘lim olish huquqiga; 
    Davlat ta‘lim muassasalarini mablag‗ bilan ta‘minlashga; 
    Ta‘lim oluvchilarning o‗qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-
    sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini 
    rivojlantirishga; 
    Ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashga; 
    Sog‗liq va rivojlanishda nuqsoni bo‗lgan shaxslar ta‘lim olishiga kafolat 
    beradilar. 
    UZLUKSIZ TA‘LIM 
    Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‗zbekiston 
    Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va 
    davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
    qondiruvchi ustuvor sohadir. 
    Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va 
    yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
    sharoitlar yaratadi. 
    3.3.1. Uzluksiz ta‘limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari 
    Uzluksiz ta‘limning faoliyat ko‗rsatish printsiplari quyidagilardan iborat: 
    ta‘limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga 
    ega ekanligi, bilim, ta‘lim va yuksak intellektning nufuzi; 
    ta‘limning demokratlashuvi ta‘lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‗quv 
    yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta‘limni boshqarishning davlat-jamiyat 
    tizimiga o‗tilishi; 
    ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning 
    ta‘limga nisbatan bo‗lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va 
    umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
    muhit o‗zaro munosabatlarining uyg‗unlashuvi; 
    ta‘limning ijtimoiylashuvi ta‘lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni 
    hosil qilish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni 
    shakllantirish; 
    ta‘limning milliy yo‗naltirilganligi ta‘limning milliy tarix, xalq an‘analari 
    va urf-odatlari bilan uzviy uyg‗unligi, O‗zbekiston xalqlarining madaniyatini 
    saqlab qolish va boyitish, ta‘limni milliy taraqqiyotning o‗ta muhim omili sifatida 
    e‘tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 
    ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‗liqligi, bu jarayonning har tomonlama 
    kamol topgan insonni shakllantirishga yo‗naltirilganligi; 
    iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta‘limning eng yuqori darajasida, izchil 
    ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
    3.3.2. Uzluksiz ta‘limni isloh qilish 


    Uzluksiz ta‘lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: 
    ta‘lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, 
    o‗qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; 
    davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish; 
    ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta‘lim, fan, texnika va 
    texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy 
    yutuqlarini hisobga olgan holda ta‘lim va kasb-hunar ta‘limi dasturlarini tubdan 
    o‗zgartirish; 
    majburiy umumiy o‗rta ta‘limdan o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limiga 
    o‗tilishini ta‘minlash; 
    maxsus, kasb-hunar ta‘limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish 
    integratsiyalashgan yangi tipdagi o‗quv muassasalarini vujudga keltirish; 
    ilg‗or texnologiyalarni keng o‗zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy 
    o‗zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‗lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik 
    va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‗liq yangi kasb-hunar va 
    mutaxassisliklar bo‗yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini 
    tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
    milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda 
    umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta‘limning barcha darajalari va 
    bo‗g‗inlarida ta‘lim oluvchilarning ma‘naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; 
    ta‘limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi 
    shakllarini rivojlantirish, ta‘lim muassasalarini mintaqalashtirish; 
    ta‘lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma‘naviy-axloqiy, 
    intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, 
    mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-
    tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish; 
    ta‘lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini 
    yaratish va joriy etish; 
    ta‘lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar 
    bilan ta‘minlash mexanizmlarini shakllantirish; 
    uzluksiz ta‘limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning 
    puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; 
    ta‘lim va ilm-fan bilan bog‗liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan 
    hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish; 
    tub еrli millatga mansub bo‗lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular 
    o‗z ona tillarida ta‘lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar 
    yaratish; 
    ta‘limning barcha darajalarida ta‘lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, 
    ekologik va sanitariya-gigiyena ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish. 
    3.3.3. Uzluksiz ta‘lim tizimi va turlari 
    Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari 
    asosida, turli darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va 
    quyidagi ta‘lim turlarini o‗z ichiga oladi: 
    maktabgacha ta‘lim; 
    umumiy o‗rta ta‘lim; 


    o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; 
    oliy ta‘lim; 
    oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; 
    kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
    maktabdan tashqari ta‘lim. 
    Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‗ziga xos xususiyati mustaqil 
    ravishdagi to‗qqiz yillik umumiy o‗rta hamda uch yillik o‗rta maxsus, kasb-hunar 
    ta‘limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta‘lim dasturlaridan o‗rta 
    maxsus, kasb-hunar ta‘limi dasturlariga izchil o‗tilishini ta‘minlaydi. 
    Umumiy ta‘lim dasturlari: maktabgacha ta‘lim, boshlang‗ich ta‘lim (I-IV 
    sinflar), umumiy o‗rta ta‘lim (I-IX sinflar), o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini 
    qamrab oladi. 
    Kasb-xunar ta‘limi dasturlarini o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, oliy 
    (bakalavriat, magistratura) ta‘lim va oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limni, kadrlar 
    malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish