2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagog kadrlarni tayyorlashning
nazariy asosi
.
O‘zbekistonimizda uzluksiz ta‘lim tizimining isloh qilinishi, ya‘ni ta‘lim
standartlari asosida ta‘lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan
hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e‘tibor
berilmoqda.
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy
nufuzini oshirishga bog‘liqdir. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol
avlodni еtishtirish uzluksiz ta‘lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning
saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash
ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy
topshirig‘ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama еtuk mutaxassislarni
tayyorlashda o‘qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob
berishi lozim. O‘qituvchi mustaqillik g‘oyasiga e‘tiqodli, har tomonlama
rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma‘lumoti bor ya‘ni o‘z fanining
chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy
bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda
aniqlay bilishi, o‘rganishi va baholay olishi zarur.
Bugun pedagogning ma‘naviyati, mafkuraviy e‘tiqodi va o‘quv jarayonini
yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega.
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o‘z mavqyei va faol
o‘rnini o‘quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o‘z
jamoasidagi o‘rni, tanlagan kasbi, o‘qitayotgan predmeti bo‘yicha chuqur bilimga
ega bo‘lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me‘yor va qonunlarni hurmat qilishi
lozim.
Ikkinchidan, pedagogning e‘tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o‘zi
tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, e‘tiqodli va bilimdon pedagog o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan
ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz
fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o‘rganadilar va fanni boshqa fanlardan
ajrata oladilar.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan.
Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o‘ta muhim.
Bular quyidagilar: