Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining
yo‗nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi,
vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta‘limning
muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish
pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar
bilan belgilanadi, chunonchi u:
turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‗lgan talab-ehtiyojni
shakllantiradi;
o‗z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni
o‗qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni
berish bilan uzluksiz ta‘lim tizimiga ko‗maklashadi;
muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va
guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‗quv
yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
ta‘lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy
jamoalar, o‗quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar,
texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqyeini kuchaytirish
quyidagi yo‗llar bilan ta‘minlanadi:
ta‘limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish
amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo‗shib olib borish asosida yuqori malakali
kadrlar tayyorlash;
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib
borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
ta‘lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma‘naviy va
jismoniy tarbiyalash);
ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va
texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‗nalishlari bo‗yicha kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish
uchun oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb
etish;
pedagog kadrlarning ilg‗or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita
ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;
ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta‘lim jarayoniga va
pedagogik faoliyatga jalb etish;
ishlab chiqarish amaliyotini o‗tish uchun ta‘lim oluvchilarni ish joylari
bilan ta‘minlash;
o‗zaro integratsiyalangan ta‘lim muassasalarini zamonaviy uskunalar,
apparatlar va asboblar bilan jihozlash.