Ikki diskali friktsion muftaning shakli tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi




Download 490.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana06.02.2023
Hajmi490.39 Kb.
#41238
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Transmissiya. Ilashish muftasi
34-dars, Dalolatnoma qish-kuz mavsumi, Presentation, taqdimot, samandar refarat, Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tut-kompy.info, Tajriba mavzulari, 101-guruh talabasi Rohila, «Самостоятельная работа студентов» «Самостоятельная работа студентов», mavzu doc, elib496, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O, 12519 1 F9D8960EB0286105DBE65DC5BCAB52828F017562, 4-sinf chorak test
Ikki diskali friktsion muftaning shakli tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi. 
Katta yuk ko’taradigan yuk avtomobillarida dvigatelning burovchi momentini 
qiymati 700-800 N·m dan yuqori bo’lgan MAZ, KrAZ, KamAZ avtomobillarida 
ikki diskali friktsion muftasi qo’llanilgan (9.4-rasm). 
Ilashish muftasi g’ilof 6 ga o’rnatilgan bo’lib yetaklovchi qismiga maxovik ikki 
oralig’i disk 23, siquvchi disk 21 va g’ilof 6 kiradi. Ilashish muftasining 
yetaklanuvchi qismlariga yetaklanuvchi disk 22 va 24 lar kiradi. Yetaklanuvchi 
disklarning gupchagi uzatmalar qutisining birlamchi vali shlitsasiga o’rnatilgan. 
G’ilof 6 bilan siquvchi disk 21 oralig’ida siquvchi purjinalar 16 o’rnatilgan bo’lib 
ularning tasiri natijasida yetaklanuvchi disklar 22 va 24 siquvchi disk 21 va 
maxovik orasida siqiladi ilashish muftasining qo’shilganda ajratish richaglari 9 
ning tirgak uchlari ajratuvchi mufta podshibniki 10 dan ajraladi natijada ular 
orasida 3,2-4,0 mm bo’lgan tortirqich hosil bo’ladi va shu tufayli ilashish 
muftasining to’liq qo’shilish jarayoni xosil bo’ladi.
9.4-rasm Ikki diskli ilashish muftasi 
Ilashish muftasi ajratilganda, ajratuvchi mufta podshipniki 10 yordamida 
ajratuvchi richaglar 9 ning pastki ichiga taьsir etiladi va ular o’z holatini o’zgartirib 


o’z tayanchlarida buruladi. SHu paytning o’zidayoq ajratuvchi richaglar 9 ning 
yuqori qismi siquvchi disk 21 ni yetaklovchi diskdan orqaga tortadi. Bunda oraliq 
yetaklovchi disk 23 o’zida o’rnatilgan richagli mexanizm taьsirida siquvchi disk 
21 va maxovik 2 orlig’ida erkin holatni egallab oldingi yetaklanuvchi diskni ham 
bo’shatdi. 
Gidravlik muftaning shakli tuzilishi ishlashi va qo’llanilishi. Gidravlik mufta 
gidrodinamik kuchlarni hosil qiluvchi suyuqlikning kinetik energiyasidan 
foydalanishga asoslangan bo’lib u yetakchi va yetaklanuvchi qismlardan tuzilgan. 
Gidromuftaga suyuqlik bilan to’ldirilgan yetaklovchi g’ilof 2 va u bilan bog’liq 
bo’lgan nasos g’ildiragi kiradi (9.5-chizma) 
9.5-rasm. Gidromufta sxemasi. 
1-nasos, 
2-gidromufta 
asosi, 
3-trubina 
g’ildiragi, 4-ishqalanish muftasining yetakchi 
diski, 5-uzatmalar qutisining birlamchi vali, 6-
ishqalanish muftasining yetaklanuvchi diski, 
7-salьnik, 8-dvigatel startyor bilan yurgizib 
yuborish uchun tishli gardish, 9-dvigatel 
tirsakli vali. 
Etaklanuvchi qismga turbina g’ildiragi 3 kirib u ilashish nuqtasini yetakchi 
diski 4 bilan birlashgan. Nasos g’ildiragi birlashgan dvigatelning tirsakli vali 9 
bilan biriktirilgan bo’lib turbinali g’ildiraklisi esa uzatmalar qutisining birlamchi 
vali 5 bilan tutashgan. 
Turbina g’ildiragi 3 bilan birlamchi val 5 nasos g’ildiragining g’ilofiga 
podshipniklarda o’rnatilgan. Gidromufta g’ilofi bilan yetakchi disk gupchagi
orasiga salnik 7 o’rnatilgan. Birlamchi val 5 uchidagi shlisaga ilashish muftasining 
yetqazuvchi diski o’rnatilgan. Dvigatelni startyor bilan yurgazib yuborish uchun 
mufta g’ilofi 2 da tishli gardish 8 o’rnatilgan. 
Dviagatelning tirsakli vali aylanganda nasos g’ildiragi 1 ning kurakchalari 
orasidagi suyuqlik harakatga kelib markazdan qochma kuchlar tasirida u nasos 
kurakchalardan doira bo’yicha otilib chiqadi va qarshisidagi turbina kurakchalari 3 
ga uriladi. Suyuqlik kuraklarda ishqalib harkatlanganda ishqalish kuchi hosil 
bo’ladi kurakchalarni aylantiradi. Natijada birlamchi val 5 ga burovchi moment 
hosil bo’ladi. Suyuqlikning kurakchalar orasida aylana bo’ylab harkatlanishi 
hisobiga burovchi moment gidro muftaning yetakchi qismidan yetaklanuvchi 
qismiga o’tkaziladi. Gidromuftaning afzalligi shundaki u burama tebranishlarni 
so’ndiradi, avtomobilni o’rnidan silkinmasdan qo’zg’alishi va ravon yurishi yanada 
yaxshilanadi. Lekin yonilg’i sarfi ko’p, tuzilishi murakkab va og’irligi katta.
Bu turdagi gidromuftalar yengil “CHayka” katta yuk ko’taradigan BelAZ 
avtomobillarida va boshqa turdagi avtomobillarga o’rnatiladi.



Download 490.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 490.39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki diskali friktsion muftaning shakli tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi

Download 490.39 Kb.
Pdf ko'rish