Gidravlik ilashish muftasi (gidromufta)




Download 490.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.02.2023
Hajmi490.39 Kb.
#41238
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Transmissiya. Ilashish muftasi
34-dars, Dalolatnoma qish-kuz mavsumi, Presentation, taqdimot, samandar refarat, Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tut-kompy.info, Tajriba mavzulari, 101-guruh talabasi Rohila, «Самостоятельная работа студентов» «Самостоятельная работа студентов», mavzu doc, elib496, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O, 12519 1 F9D8960EB0286105DBE65DC5BCAB52828F017562, 4-sinf chorak test
Gidravlik ilashish muftasi (gidromufta) yetakchi va yetaklanuvchi 
qismlarga ega. Yetakchi qism past qovushqoq ishchi moy bilan to’ldirilgan xajmni 
hosil qiladigan nasosli g’ildirak 3 (9.2 a-rasm) va qopqoq 2 dan iborat. 
Yetaklanuvchi qism bo’lib turbina g’ildirak 1 hisoblanadi. Nasos va turbina 
g’ildiraklar tashqi 5 va ichki 6 torlar orasida o’rnatilgan va o’zaro ular bilan ishchi 
suyuqlik uchun parraklararo kanallar hosil qilgan parraklar 4 ga ega. Gidromufta 
parraglarini odatda tekis radial qilib tayyorlanadi. Turbina g’ildirak nasos 


g’ildirakka juda yaqin joylashgan. 
Dvigatel ishlayotgan holda nasos g’ildirak aylanayotgan bo’ladi. Uning 
parraklari parraklararo kanallardagi suyuqlikka kuch bilan ta’sir qilib, uni 
periferiyaga otadi. Suyuqlik nasos g’ildirakning parraklararo kanallaridan otilib 
chiqib, turbina g’ildirakning parraklariga uriladi va parraklariaro kanallaridan 
o’tib, yana nasos g’ildirakning parraklararo kanallariga tushadi. Parraklararo 
kanallarda katta tezlik bilan va bir vaqtning o’zida nasos (yoki turbina) g’ildirak 
bilan birga aylanuvchi suyuqlikning yopiq aylana oqimi hosil bo’ladi (9.2 a-rasmda 
strelka bilan ko’rsatilgan). 
9.2-rasm. a -gidravlik, b- elektromagnit kukunli 
ilashish muftasi sxemalari 
Suyuqlik nasos g’ildirak parraklaridan energiya olib, uni turbina g’ildirakka olib 
o’tadi va uning parraklariga kuch bilan ta’sir qilib, bu g’ildirakka burovchi 
momentni uzatadi. Nasos g’ildirak qanchalik tez aylansa, gidromufta shunchalik 
ko’p burovchi momentni uzatish mumkin. Parrakli g’ildiraklarning aylanib turgan 
paytida gidromuftani to’la o’zish uchun undan suyuqlikni chiqarib yuborish kerak. 
Buning uchun ilgarilash klapani 12, bak 11, ta’minlash nasosi 10 saqlagich klapani 
9 bilan, to’ldirish klapani 7, ba’zida esa suyuqlikni sovutish uchun radiator 8 kerak 
bo’ladi. Bundan gidromuftaning ishga tushirish va uzish vaqti uzoq davom etadi. 
Turbina g’ildiragining aylanish chastotasi nasos g’ildiragining aylanish 
chastotasiga qaraganda 
ortib 
ketishi mumkin, masalan, pastga qarab 
harakatlanganda. Unda suyuqlikning aylanma harakat yo’nalishi teskarisiga 
o’zgaradi. Burovchi moment turbina g’ildiragidan nasos g’ildiragiga uzatiladi va 
shu bilan daigatel bilan tormozlashga erishiladi. 
Elektromagnit kukunli ilashish muftasi 3 asosiy qismga ega: qo’zg’almas 
korpus 14 bilan qo’zg’atish o’rami 15 (9.2 b-rasm), dvigatel tirsakli vali bilan 
ulangan yetakchi qism 13, uzatmalar qutisining yetakchi valiga burovchi momentni 
uzatuvchi yetaklovchi qism 16. 
O’ramdan elektr toki o’tganda uning atrofida A, B va V tirqishlardan 


o’tuvchi yopiq magnit maydoni hosil bo’ladi (strelka bilan ko’rsatilgan). 
Tirqishlardan o’tuvchi magnit oqimi orqali detallarning o’zaro ta’sir juda kam
lekin uni maxsus temir kukun bilan to’ldirilsa o’zaro ta’sir ko’p marta oshadi. Bu 
kukun bilan ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi qismlari orasidagi A 
tirqish to’ldirilgan. Kukun orqali magnit oqimi o’tganda uning zarrachalari 
yetakchi va yetaklovchi qismlarni birlashtirib, «qattiq ilashma» hosil qilgan holda, 
magnit kuch chiziqlari bo’yicha joylashadi. Elektromagnitni o’chirganda kukun 
yana harakatchanlikka erishadi va ilashish muftasi uziladi. 
Avtomatik va yarim avtomatik ilashish muftasi ishga tushirish va ajratishni 
avtomatik boshqaruvini ta’minlaydi. Ishga tushirish va ajratish uchun signal 
yarimavtomat ilashish muftalarida haydovchi tomonidan uzatishlar sonini 
o’zgartirish dastagini surilganda yoki maxsus tugma bosilganda beriladi. Avtomat 
ilashish muftalarida signal ilashish muftasini avtomat boshqarish tizimidan keladi.

Download 490.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 490.39 Kb.
Pdf ko'rish