• Inson tabiatga maqsadli va ongli ta’sir ko‘rsatadi
  • Har qanday biologik tur cheklangan energetik resursga ega.
  • Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi uning faoliyati faol, ijodiy xarakterda ekanligidir.
  • Populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan hududlarda




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan hududlarda 
    kuzatiladi. Ikkilamchi suksessiya yong‘in, qurg‘oqchilik, o‘rmonlar 
    kesilishi yuz bergan hududlarda populatsiyalar o‘rtasida 
    munosabatlarning qayta tiklanishi oqibatida yuz beradi. 
    Nima uchun ikkilamchi suksessiyani 
    antropogen suksessiya deb atash ham 
    mumkin? 
    Ikkilamchi suksessiyalarning amalga oshishi ko‘pincha inson omili 
    ta’sirida sodir bo‘lgani uchun. 
    Inson ekologiyasi (antropoekologiya) 
    qanday fan va u qachon paydo bo’ldi? 
    1920-yillarda inson bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni 
    o‘rganuvchi inson ekologiyasi – antropoekologiya fani paydo bo‘ldi. 
    Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi, 
    yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
    Insonning ekologik omil sifatida 
    o‘ziga xosligi qaysilar? 
    1. Inson tabiatga maqsadli va ongli ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatni o‘z 
    ehtiyojlariga moslashtiradi va uning ustidan hukmronlik qiladi. 
    Natijada insonning imkoniyatlari juda kengaydi, u sayyoraning har 
    qanday ekologik bo‘shliqlarini egallay olish qudratiga ega. 
    2. Har qanday biologik tur cheklangan energetik resursga ega. 
    Shuning uchun ularning tabiatga ta’sir etish imkoniyati sezilarli emas. 
    Inson tabiatga kuchli ta’sir qiladi. Yashil o‘simliklar quyosh 
    energiyasidan foydalansa, boshqa organizmlar esa o‘zidan avvalgi oziq 
    darajasining organik moddalari energiyasidan foydalanadi. Inson 
    faoliyati jarayonida juda kuchli energiya manbalarini (yadro va 
    termoyadro reaksiyalari) yaratadi va undan foydalanadi. 
    3. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi uning faoliyati faol, 
    ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy muhit yarata 
    olishi ham uni boshqa ekologik omillardan ajratib turadi. 
    Inson salomatligiga ta’sir etadigan 
    fizik omillarga qaysilar kiradi? 
    Havo harorati, namligi, bosimi, quyosh radiatsiyasi, yorug‘lik, 
    elektromagnit kuchlanishi va maydoni, shovqin 
    Inson salomatligiga ta’sir etadigan 
    kimyoviy omillarga qaysilar kiradi? 
    Tuproq, suv, turli toksinlar, oziq-ovqat mahsulotlarida tuz 
    konsentratsiyasi va kislotalilikning yuqori bo‘lishi, dori-darmonlar, 
    neft mahsulotlari, atmosfera havosida zaharli gaz miqdorining ortishi, 
    biologik omillarga esa kasallik tug‘diruvchi omillar ekto va 
    endoparazitlar, zaharli o‘simliklar, zararkunanda hasharotlarning ta’siri 
    Antropoekologik sistemalarda inson 
    va tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro 
    ta’siri qanday yo‘nalishlarda amalga 
    oshiriladi? 
    1. Inson tabiiy boylik va ne’matlardan foydalanishi orqali rivojlanadi, 
    shuningdek, jamoaning biologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. 
    2. Inson tabiat qonunlarini o‘rganib, o‘z ehtiyojlarini qondirish 
    maqsadida atrof-muhitni ongli ravishda o‘zgartiradi. 
    Inson uchun bir kecha-kunduz 
    davomida qancha energiya zarur? 
    2500 kkal 
    Adaptiv tip deb nimaga aytiladi? 
    Adaptiv tip – ma’lum muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi 
    morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgilar majmuasining 
    rivojlanishini belgilovchi reaksiya normasidir. 
    Reaksiya normasi qancha keng bo‘lsa, moslanishlar ham shuncha 
    yaxshi bo‘ladi. Bu moslanishlar o‘zgaruvchanlikka bog‘liq. 
    Adaptiv tiplar irqlarga bog’liqmi? 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan hududlarda

    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish