• Biogeokimyoviy sikl
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    40 
    Moddalarning geologik davriy 
    aylanishi biologik davriy aylanishdan 
    qanday farq qiladi? 
    1. Geologik davriy aylanishning harakatlantiruvchi asosiy kuchi 
    suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, 
    biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi kuchi tirik 
    organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. 
    2. Moddalarning geologik aylanishida Yer qobig‘idagi barcha 
    kimyoviy elementlar ishtirok etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat 
    biogen elementlar ishtirok etadi. 
    3. Geologik davriy aylanishning davomiyligi bir necha o‘n ming va 
    yuz ming yillarni tashkil etsa, biologik davriy aylanishni ta’minlovchi 
    biogen elementlarning davriy aylanish sikli qisqa – bir necha yil, bir 
    necha o‘n va yuz yillarni tashkil etadi. 
    4. Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, 
    biosfera doirasida sodir bo‘ladi. 
    Biogeokimyoviy sikl deb nimaga 
    aytiladi? 
    Biogeokimyoviy sikl – bu biosferada kimyoviy elementlar va 
    anorganik moddalarning tashqi muhitdan organizmlarga, 
    organizmlardan esa yana tashqi muhitga chiqarilishi orqali aylanishidir 
    Biogen elementlarning aylanish 
    tezligi nima bilan bog’liq? 
    Biogen elementlarning organizmlar hayot faoliyatidagi funksiyasi va Yer 
    qobig‘idagi miqdoriga bog‘liq. 
    Uglerod atmosferada karbonat 
    angidrid holida uchrab uning aylanish 
    davri qancha? 
    300 yil 
    Atmosferadagi kislorodning to‘liq 
    aylanishi qancha? 
    2000 yil 
    Suvning biogeokimyoviy sikli 
    qancha? 
    2 mln yil 
    Uzoq vaqt biogen moddalar shaklida 
    davriy aylanishda 
    qatnashmaydiganlar qaysilar? 
    Ohaktosh, ko‘mir, neft, torf 
    Qaysi organizmlar uglerod 
    birikmalaridan o‘z skeleti va 
    chig‘anoqlarini hosil qilishda 
    foydalanadi? 
    Korall poliplari, molluskalar 
    Uglerodni uzoq muddatga davriy 
    aylanishdan chetga chiqishi nima 
    bilan bog’liq? 
    Ko‘mir, neft, torf kabi qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi bilan 
    bog’liq. 
    O‘simliklar tomonidan azot qanday 
    o‘zlashtiriladi? 
    Chaqmoq ta’sirida: Azot + Kislorod  azot oksidi (NO
    2
    ) + suv (H
    2
    O) 
     HNO
    2
    , HNO
    3
     Dissotsiyalanib nitrit (NO
    2
    ) va nitrat (NO
    3

    ionlarni hosil qiladi va ionlar shaklida o‘simliklar tomonidan 
    o‘zlashtiriladi. 
    Azot fiksatsiyalovchi 
    azotobakteriyalar va
    tugunak bakteriyalar gazsimon azotni 
    nimaga aylantiradilar? 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish