• (olmos, zumrad, kvars)
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    37 
    qayer? 
    O‘simliklar va o‘simliklar bilan 
    oziqlanadigan hayvonlar okeanning 
    qaysi qismida tarqalgan? 
    Okeanning yuqori qatlamlarida – 300 m gacha bo‘lgan chuqurlikda. 
    Suv muhitida hayvon turlari soni 
    ko’pmi yoki o’simlik turlari? 
    Hayvon turlari soni ko’p. 
    Biosferada gidrosfera qanday 
    ahamiyatga ega? 
    Gidrosfera Yerda hayotning barqarorligini ta’minlovchi asosiy manba 
    sanaladi. Iqlim sharoitining mo‘tadilligi va suvning davriy aylanishini 
    ta’minlaydi. 
    Litosfera biosferaning qanday 
    qobig’i? 
    Litosfera – Yerning qattiq qobig‘i. 
    Tirik organizm turlarining ko‘pchiligi 
    litosferaning qancha qatlamida 
    yashaydi? 
    Bir necha o‘n santimetr chuqurlikdagi yuqori qatlamida yashaydi 
    Litosferani bir necha o‘n metr 
    chuqurlikkacha kirib boradigan 
    organizmlar qaysilar? 
    Krot, chuvalchanglar, bakteriyalar, o‘simliklarning ildizlari 
    Litosferaning ayrim bakteriyalar 
    topilgan eng chuqur qismi qancha? 
    3–4 km ni tashkil etadi. (yerosti suvlarida va neft quduqlarida) 
    Litosferada hayot chuqurlik ortgan 
    sari qanday o’zgaradi? 
    Kamayib boradi 
    Litosferada cheklovchi omillar 
    qaysilar? 
    1) yorug‘likning kamligi 
    2) yuqori darajadagi harorat 
    3) zichlikning kattaligi 
    Litosferada harorat qanday bo’ladi? 
    Har 100 m chuqurlikda harorat +3°С ga ortadi. Chuqurlik ortgan sari 
    harorat ko‘tarilib boradi va +100°C da suv bug‘ga aylanadi. 
    Litosferada tirik organizmlar 
    tarqalishining quyi chegarasini ayting. 
    Litosferada tirik organizmlar tarqalishining quyi chegarasi 3 kilometr 
    chuqurlikda, harorat +100°C ga yetgan joy bilan belgilanadi. 
    V.I.Vernadskiy biosferani tashkil 
    etuvchi komponentlarni kelib 
    chiqishiga ko‘ra nechta guruhlarga 
    ajratgan va ular qaysilar? 
    7 ta guruhga: 
    1- Biosferaning tirik moddasi 
    2- Qattiq moddalar 
    3- Biogen moddalar 
    4- Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar 
    5- Radioaktiv moddalar 
    6- Tarqoq atomlar 
    7- Kosmik moddalar 
    Biosferaning tirik moddasi atamasini kim 
    fanga kiritgan? 
    V.I.Vernadskiy 
    Tirik modda tarkibiga nima kiradi? 
    Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar 
    V.I.Vernadskiy tirik modda haqida 
    qanady fikrlarni bildirgan? 
    «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan oqibatlari jihatidan, tirik 
    organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir» 
    Tirik modda qanday xususiyatlarga ega? 
    O‘sish, ko‘payish, harakatlanish, Yer yuzi bo‘ylab tarqalish, oziq va 
    yashash joyi uchun kurash, tana shakli, o‘lchami, kimyoviy tarkibining 
    xilma-xilligi kabi xususiyatlarga ega. 
    V.I Vernadskiy hayot paydo bo’lishi 
    haqida qanday fikr bildirgan? 
    Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u 
    sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri 
    bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. 
    Qattiq modda tarkibiga nima kiradi? 
    Qattiq moddalarga minerallar (olmos, zumrad, kvars) va tog‘ jinslari 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish