• Stratosfera qatlami joylashgan bo‘lib
  • Termosfera – ionosfera
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    36 
    Atmosferaning gaz tarkibi
     
    Gazlar
     
    Miqdori, %
     
    Azot
    78 %
    Kislorod
    21 %
    Argon
    1 % dan kam
    Karbonat angidrid
    0,04 % ga yaqin
    Parnik (issiqxona) effektini hosil 
    qiluvchi gazlar qaysilar? 
    Atmosfera tarkibidagi suv bug‘lari, karbonat angidrid, metan, azot 
    oksid 
    Ayrim yirtqich qushlar Yer yuzidan 
    qancha balandlikda o’lja izlaydi? 
    2–3 km balandlikda 
    Nimalar havo oqimlari bilan 10 km 
    balandlikkacha ko‘tariladi? 
    Bakteriyalar, o‘simliklar, zamburug‘larning sporalari 
    Hayotning atmosferada tarqalish 
    chegarasi qayerda? 
    Atmosferaning quyi qatlami – troposferada. 
    Troposferaning balandligi qutblarda 
    qancha? 
    8–10 km 
    Troposferaning balandligi ekvatorda 
    qancha? 
    18–20 km 
    Qaysi qatlamda atmosfera 
    massasining 80% i va suv 
    bug‘larining deyarli hammasi 
    jamlangan? 
    Troposferada 
    Troposferada havo harorati qanday 
    bo’ladi? 
    Balandlikka ko‘tarilgan sari har 100 m dan keyin 0,6°C ga pasayib, eng 
    yuqori chegarasida esa –45–55°C ni tashkil etadi. 
    Troposferada qanday tabiat hodisalari 
    sodir bo‘ladi? 
    Tuman, yomg‘ir, qor, chaqmoq, dovullar 
    Tog‘larda 6 km dan balandda nima 
    uchun o‘simliklar o‘smaydi? 
    Karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi juda past bo‘lgani va suv 
    yo‘qligi sababli 
    Troposferadan yuqorida qaysi qatlam 
    joylashgan? 
    Stratosfera qatlami joylashgan bo‘lib, 50–55 km balandlikkacha 
    yetadi. 
    Stratosferada havoning zichligi va 
    bosimi qanday bo’ladi? 
    Past bo’ladi 
    Ozon qatlami qayerda joylashgan? 
    Stratosferada joylashgan 
    Biosferaning eng yuqori chegarasi 
    qaysi? 
    Ozon qatlami 
    Qancha masofada ozonning (O
    3

    konsentratsiyasi maksimal darajada 
    bo‘ladi? 
    20–22 km balandlikda 
    Ozon qatlamidan yuqorida hayot 
    mavjudmi? 
    Yo’q 
    Stratosferadan so‘ng qanday 
    qatlamlar mavjud? 
    1. Mezosfera 80 km balandlikkacha 
    2. Termosfera – ionosfera 80 km dan 800 km gacha 
    3. Ekzosfera 800 km dan baland 
    Mezosfera harorat qanday? 
    – 90°C 
    Termosferda harorat qanday? 
    + 1000 dan + 2000°C gacha issiq 
    Gidrosfera biosferaning qanday 
    qobig’i? 
    Gidrosfera – Yerning suvli qobig‘i bo‘lib, u sayyoramizdagi barcha 
    suv zaxiralarini o‘zida mujassamlashtirgan va Yer yuzasining 70% ini 
    egallaydi. 
    Yer yuzidagi barcha suvlarning 
    taqsimoti qanday? 
    96,4% ini dunyo okeani, 3% dan ko‘prog‘ini yerusti va yerosti 
    chuchuk suv havzalari tashkil etadi. 
    Chuchuk suvning 2/3 qismi qayerda 
    jamlangan? 
    Arktika, Antarktida, shuningdek, turli qit’alarning tog‘ cho‘qqilari 
    muzliklarida 
    “Gidrosferaning barcha qatlamlarida 
    hayot mavjud” – deyilgan fikr 
    to’g’rimi yoki noto’g’ri? 
    To’g’ri, gidrosferaning barcha qatlamlarida hayot mavjud. 
    Nima uchun V.I.Vernadskiy biosfera 
    chegarasini okean tubidan sal 
    pastroqdan o‘tkazgan? 
    Chunki okean tubi tirik organizmlar hayot faoliyati natijasidir 
    Plankton, nekton, bentos organizmlar 
    gidrosferani qancha chuqurligida 
    tarqalgan? 
    10 km chuqurlikkacha bo’lgan qismida. 
    Dunyo okeanining eng chuqur joyi 
    Tinch okeanidagi Mariana botig‘i (11 km) hisoblanadi. 



    Download 2,21 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish