11-sinf Biologiya




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

energiya saqlaydi. Shuning uchun ham tirik modda quyosh energiyasini 
transfor- matsiya qiladi va o‘zida to‘playdi. 
6. Tirik modda morfologik va kimyoviy xilma-xilligi bilan ta’riflanadi, 
ko‘payish xususiyati tufayli avlodlar almashinadi, ya’ni yangilanadi. 
7. Tirik modda alohida individlardan iborat, individlar populatsiyalarni, 
har xil populatsiyalar esa biotsenozlarni hosil qiladi. 
V.I.Vernadskiy tirik moddaning qanday 
harakatini farqladi? 
Faol va passiv harakatini farqlaydi. 
Faol harakatlanish nima? 
Organizmlarning energiya sarfi hisobiga mustaqil harakatlanishi faol 
harakat hisoblanadi. 
Faol harakatlanishga misol ayting. 
Baliqlar suv oqimiga qarshi suziahi, qushlar Yerning tortish kuchini 
yengib uchishi. 
Passiv harakatlanishga misol ayting. 
Yerning tortish kuchi, gravitatsiya 
V.I.Vernadskiy nimani biosferani 
o‘zgartiruvchi kuch sifatida asosiy rol 
o’ynaydi deb hisoblagan? 
Tirik moddani 
“Biosfera” asari kimga tegishli? 
V.I.Vernadskiy 
Tirik moddaning asosiy funksiyalari 
qaysilar? 
1. Energetik funksiya
2. Konsentratsiyalash funksiyasi 
3. Destruktiv funksiyasi
4. Muhit yaratish funksiyasi
5. Gaz almashinish funksiyasi
6. Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi
7. Transport funksiyasi
Tirik moddaning energetik funksiyasi 
qanday namoyon bo’ladi? 
Tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‘zlashtirib, uni organik 
moddalarning kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantirishi va oziq zanjiri 
bo‘ylab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. 
Tirik organizmlarda qaysi element 
miqdori ko’p? 
Uglerod 
Tirik organizmlarda metallardan qaysi 
biri miqdori ko’p? 
Kalsiy 
Qaysi organizmlar kremniy to‘playdi? 
Bulutlar, diatom suvo‘tlar, nursimonlar 
Qaysi organizmlar yod to‘playdi? 
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar 
Umurtqali hayvonlar skeletida qaysi 
element ko’p? 
Fosfor 
Tirik moddaning destruktiv 
funksiyasi qanday namoyon bo’ladi? 
Tog‘ jinslarining yemirilishi muhim jarayon hisoblanadi, chunki tirik 
moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral 
moddalar davriy aylanishga qo‘shiladi. 
Qaysi organizmlar tog‘ jinslarini 
kimyoviy moddalar yordamida 
yemiradi? 
Bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar, zamburug‘lar, lishayniklar 
Tirik moddaning muhit yaratish 
funksiyasini ahamiyati qanday 
bo’ladi? 
Birlamchi atmosferaning gaz tarkibi va birlamchi okean suvining 
tarkibi o‘zgardi, litosferada cho‘kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa 
unumdor tuproq qatlami hosil bo‘ldi. 
Tirik moddaning gaz almashinish 
funksiyasi qanday namoyon bo’ladi? 
Tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni o‘zlashtirilishi va 
ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab turishda 
aks etadi. 
Tirik moddaning oksidlanish-
qaytarilish funksiyasi qanday 
namoyon bo’ladi? 
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan kimyoviy moddalarning 
oksidlanishi va qaytarilishi jarayonlarida aks etadi. 
Tirik moddaning transport funksiyasi 
qanday namoyon bo’ladi? 
Moddalarning og‘irlik kuchiga qarshi va gorizontal yo‘nalishda bir 
joydan boshqa joyga ko‘chishidir 
V.I. Vernadskiy atomlarning biogen 
migratsiyasi deb nimaga nisbatan 
aytgan? 
Tirik modda yordamida kimyoviy moddalarning migratsiyasini 
Biomassa deb nimaga aytiladi? 
Hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarning umumiy massasi 



Download 2,21 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish