• Yadro va yordamchi modullar.
  • 11.20-rasm . OT yadrosi va yordamchi modullar.
  • Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi




    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana08.04.2023
    Hajmi416.07 Kb.
    #49650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    12 - ma’ruza. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi.
    кўпёқлар, Maqola xalqaro OAK 2023, Maqola Ipafak 5.43, 1-¼áΩαπºá ß½á⌐ñ, Reja Kirish i-bob, 1710676354, Turkiy guliston yoxud axloq, 1713510049, 1678648114, 1678647997
    11.2. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi. 
    Har qanday tizim tushunarli va ratsional tuzilmaga ega bo‘lishi va aniq 
    qo‘yilgan o‘zaro ishlash qoidali tayinlangan funksional qo‘llanishga ega bo‘lgan 
    modullarga bo‘linishi mumkin. Har bir alohida modulning vazifasini yaqqol 
    tushunish, tizimni rivojlantirishda ishni sezilarli soddalashtiradi. Operatsion 
    tizimning funksional murakkabligi uning arxitekturasining murakkablashishiga olib 
    keladi. Arxitektura - bu turli dasturiy modullar asosida operatsion tizimlarni 
    tarkibiy tashkil etishidir. Odatda, operatsion tizim tarkibiga standart o‘lchamlarda 
    bajariladigan va obyekt modullar, har xil turdagi kutubxonalar, dasturlarning 
    dastlabki matnli modullari, maxsus o‘lchamli dasturiy modullar (masalan, operatsion 
    tizimni xotiraga yuklovchi moduli, kiritish-chiqarish drayverlari), hujjatlashtirish 
    fayllari, ma’lumot tizimining modullari kiradi. 
    Ko‘plab zamonaviy operatsion tizimlar rivojlantirishga, kengaytirishga va 
    yangi platformalarga o‘tkazilishga qodir bo‘lgan yaxshi tashkillashtirilgan modulli 
    tizimlar hisoblanadi. Operatsion tizimning qandaydir yagona arxitekturasi mavjud 
    emas, lekin operatsion tizimni tashkillashtirishga universal yondashuvlar mavjud. 


    Yadro va yordamchi modullar. Operatsion tizim arxitekturasini 
    o‘rganishga umumiy yondashuv uning barcha modullarini ikki guruhga: yadro 
    (operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan modullar) va yordamchi 
    vazifalarni bajaradigan modullar guruhiga bo‘linadi (11.20-rasm). 
    11.20-rasm
    . OT yadrosi va yordamchi modullar. 
    Yadro modullari jarayonlarni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini 
    boshqarish kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Yadro operatsion modul tizimning 
    yuragini tashkil etadi, usiz operatsion tizim ishlamaydi va o‘zining vazifalaridan 
    birortasini ham bajara olmaydi. 
    Yadro tarkibiga dasturlarni qayta ulash, sahifalarni yuklash/yuksizlash, 
    umumiy dasturning uzilishlariga ishlov berish kabi hisoblash jarayonining tashkil 
    eilishini ichki tizim masalalarini yechadigan vazifalar kiradi. Bu vazifalar amaliy 
    dasturlar (ilovalar) uchun ruxsat etilmaydi. Yadro vazifalarining boshqa guruhi 
    amaliy masalalarga amaliy dasturiy muhit yaratish bilan ularni quvvatlashga xizmat 
    qiladi. Ilovalar u yoki bu harakatlarni, faylni ochish va o‘qish, grafik axborotni 
    displeyga chiqarish, tizim vaqtini olishning bajarilishi uchun so‘rovlar bilan (tizim 
    chiqaruvlari bilan) yadroga murojaat qilishi mumkin. Yadroning ilovalar orqali 
    Tizimli 
    dasturlar 
    Protseduralar 
    kutibxonasi 
    Utilitalar
    Ilova


    chaqirilishi mumkin bo‘lgan vazifalarini amaliy dasturlashtirish interfeysi tashkil 
    etadi. 
    Yadro modullari bajaradigan vazifalar operatsion tizimning ko‘p ishlatadigan 
    vazifalari hisoblanadi, shuning uchun ularning bajarilish tezligi umuman butun 
    tizimning unumdorligini aniqlaydi. Operatsion tizimning yuqori ishlash tezligini 
    ta’minlash uchun yadroning barcha modullari yoki ularning katta qismi doimo 
    operativ xotirada joylashadi, ya’ni rezident deb hisoblanadi. Odatda, yadro
    foydalanuvchi ilovalari o‘lchamlaridan farqlanadigan maxsus o‘lchamdagi dasturiy 
    modul tarzida bajariladi. 
    Operatsion tizimning qolgan modullari kamroq muhim bo‘lgan vazifalarni 
    bajaradi. Masalan, bunday yordamchi modullarga magnit tasmada ma’lumotlarni 
    arxivlashtirish, diskli defragmentatsiyalash, matn muharriri dasturlarini kiritish 
    mumkin. Operatsion tizimning yordamchi modullari ilovalar yoki protseduralar 
    kutubxonasi tarzida bajariladi. 
    Operatsion tizimlarining ba’zi komponentlari oddiy ilova tarzida, ya’ni 
    bunday operatsion tizim o‘lchami uchun standart bo‘lgan, bajariladigan modullar 
    tarzida amalga oshiriladi, shuning uchun operatsion tizim va ilovalar orasida aniq 
    chegarani o‘tkazish juda qiyin bo‘ladi. Yordamchi modullar bir necha guruhlarga 
    bo‘linadi: 
    -masalan, disklardagi ma’lumotlarni zichlash, ma’lumotlarni magnit tasmaga 
    arxivlashtirish kabi kompyuter tizimini alohida boshqarish masalalarini yechadigan 
    dasturlar; 
    - ma’tn yoki grafik muharrirlar, kompilyatorlar, kompanovkachilar kabi 
    tizimli qayta ishlaydigan dasturlar; 
    - foydalanuvchi interfeysining maxsus variantlari, kalkulyator, hatto 
    o‘yinlar kabi qo‘shimcha xizmatlarni foydalanuvchiga havola etish 
    dasturlari; 
    - masalan, matematik funksiyalar kutubxonasi, kiritish-chiqarish 


    funksiyasi 
    kabi 
    amaliy 
    dasturlarning 
    ishlab 
    chiqishini 
    soddalashtiradigan turli qo‘llanilishlardagi protseduralar kutubxonasi. 
    Qayta ishlaydigan dasturlar va kutubxonalar yadro funksiyasiga tizim 
    chaqiruvchilari vositasida murojaat qiladi. 
    Operatsion tizimning yadro va modul-ilovalarga ajratilishi OT oson 
    kengaytirishni ta’minlaydi. Yuqori darajadagi funksiyani qo‘shish uchun yangi 
    ilovani ishlab chiqish yetarli bo‘ladi, bunda yadro tizimini tashkil etadigan mas’ul 
    funksiyalarni modifikatsiyalash ta’lab qilinmaydi. 
    Tizim ishlov berish dasturlari va kutubxonalar utilitlar tarzida bajarilgan 
    operatsion tizim modullari, odatda, operativ xotiraga o‘z vazifalarining bajarilishi 
    vaqtigagina yuklanadi. Faqat operativ xotirada doimo operatsion tizim yadrosini 
    tashkil etgan juda zarur rezident dasturlar joylashadi. 
    Amaliy masalalar bajarilishining borishini ishonchli bajarish uchun OT unga 
    nisbatan yuqoriroq pog‘onaga ega bo‘lishi kerak, chunki noaniq ishlaydigan 
    masalalar operatsion tizim kodlarining qismini tasodifan buzib qo‘yishi mumkin. 
    Bitta ham ilova operatsion tizimning ruxsatisiz qo‘shimcha xotira sohasini olish
    protsessorni operatsion tizim ruxsat etgan vaqt davridan egallash, birgalikda 
    ishlatiladigan tashqi qurilmalarni bevosita boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi 
    kerak. 
    Bu qoidani ta’minlovchi ish tartibi kompyuter apparatining minimal darajada 
    ikki foydalanuvchi ish tartibi (User mode) va yuqori darajali ish tartibi, shuningdek, 
    yadro ish tartibi (kemel mode) yoki supervizor ish tartibi (Supervisor mode) 
    deyiladi (19.4-rasm). Bu holda, operatsion tizim va uning ba’zi qismlari yadro ish 
    tartibida, amaliy masalalar esa foydalanuvchi ish tartibida ishlaydi. Yadro operatsion 
    tizimning barcha asosiy vazifalarini bajarish sababli u yuqori pog‘onali ish tartibida 
    ishlaydigan operatsion tizimning qismi bo‘lib qoladi, tizim ishlov berish dasturlari 
    va foydalanuvchining amaliy masalalari esa foydalanuvchi ish tartibida ishlaydi. 


    Ko‘rsatilgan yadro ish tartibi va foydalanuvchi ish tartiblarini UNIX, OS/390, 
    OS/2, WindowsnT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2003, 
    Windows Vista kabi ko‘plab operatsion tizimlar ishlatadi. 

    Download 416.07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi

    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish