• Bir rutbali tarmoqlarda
  • 12 ma’ruza. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi. Reja




    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana08.04.2023
    Hajmi416.07 Kb.
    #49650
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    12 - ma’ruza. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi.
    кўпёқлар, Maqola xalqaro OAK 2023, Maqola Ipafak 5.43, 1-¼áΩαπºá ß½á⌐ñ, Reja Kirish i-bob, 1710676354


    12 - ma’ruza.
    Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi. 
    Reja: 
     11.1. Bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari
    11.2. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi 
    11.3 Bir necha kompyuterlarni ulashdagi muammolar, paket va kanallarni 
    kommutatsiyalash. 
    Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalarning qanday taqsimlanganligiga 
    bog‘liq ravishda ular uchta turli xil vazifalarni bajarishi mumkin: 
    - faqat boshqa kompyuterlarning so‘rovlariga xizmat ko‘rsatish bilan 
    shug‘ullanadigan kompyuter tarmog‘ining ajratilgan serveri vazifasini 
    o‘taydi; 
    - boshqa mashinaning resurslariga so‘rovlar bilan murojaat qiladigan 
    kompyuter mijozli bog‘lama vazifasini bajaradi; 
    -mijoz va server vazifasini birgalikda bajaruvchi kompyuter bir rutbali 
    bog‘lama hisoblanadi. 
    Ko‘rinib turibdiki, tarmoq faqat mijoz yoki server tugunlaridan iborat bo‘la 
    olmaydi. Kompyuterlarning o‘zaro ishlashini ta’minlaydigan tarmoq quyidagi 
    sxemalarning biri bo‘yicha qurilishi mumkin: 
    - bir rutbali bog‘lamalar asosidagi tarmoq bir rutbali tarmoqdir; 
    - mijozlar va serverlar asosidagi tarmoq ajratilgan serverli tarmoq 
    bo‘ladi; 
    - barcha turdagi bog‘lamalarni ichiga oladigan tarmoq aralash tarmoq
    hisoblanadi. 
    Bu sxemalarning har biri qo‘llanish sohasini belgilaydigan o‘z afzalliklari va 
    kamchiliklariga ega. 
    Bir rutbali tarmoqlarda (
    11.1-rasm
    ) barcha kompyuterlar bir-birlarining 
    resurslariga ruxsat etish imkoniyati nuqtai nazaridan teng. Har bir foydalanuvchi 


    o‘z xohishi bo‘yicha o‘z kompyuterining qandaydir resursini ajratilgan deb e’lon 
    qilishi mumkin, bundan keyin boshqa foydalanuvchilar bu resurslarga murojaat 
    qilishlari va ularni ishlatishlari mumkin. Bir rutbali tarmoqlarda barcha 
    kompyuterlarga tarmoqdagi barcha kompyuterdagi potensial teng imkniyatlar 
    beradigan operatsion tizim o‘rnatiladi. Bundek turdagi tarmoq operatsion tizimlari 
    bir rutbali operatsion tizimlari deyiladi. Bir rutbali operatsion tizimlar tarmoq 
    xizmatlarining ham server, ham mijoz komponentlariga ega bo‘lishi kerak (rasmda 
    ular mos ravishda S va K harfi bilan belgilangan). 
    Bir rutbali operatsion tizimlarga misol qilib LAN tastic, Personol 
    are,Windows for Workgroups, WindowsoT, Workstation, Windows 798
    operatsion tizimlarini keltirish mumkin. 
    Bir rutbali tarmoqda barcha kompyuterlarni teng huquqliligi o‘rnatilganda 
    funksional nosimmetriklik vujudga keladi. Odatda, tarmoqda birgalikda ishlatishga 
    o‘z resurslarini berishni xohlamaydigan foydalanuvchilar ham bor bo‘ladi. Bunday 
    holda, ularning operatsion tizimlarining server imkoniyatlari aktivlashmaydi va 
    kompyuterlar faqat mijoz vazifasini bajaradi. Shu bilan bir vaqtda tarmoq ma’muri 
    tarmoqning ba’zi kompyuterlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni biriktirishi 
    mumkin. Bunda u quyidagi tarzda ularni foydalanuvchi ishlamaydigan serverlarga 
    aylantiradi. Bir rutbali tarmoqda mijoz qismlar vazifalarining ishlatilmasligi 
    hisobiga erishiladi. 

    Download 416.07 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12 ma’ruza. Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi. Reja

    Download 416.07 Kb.
    Pdf ko'rish