Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.05.2024
Hajmi499,36 Kb.
#258057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
125 
ta‟lim tizimi talab darajasiga javob beradigan o„quv qo„llanmalari, darsliklar yaratish 
ushbu ehtiyojlarning oldini olish uchun xizmat qiladi. 
Bolalar musiqa va san‟at maktablarida o„qitish uslubiyoti o„quvchiga cholg„u 
haqida ilk ma‟lumotlarni berish, cholg„uda ijro holati (postanovka)ni to„g„ri qo„yish 
hamda nazariy bilimlarni asta–sekinlik bilan o„rganishdan boshlanadi.
O„quvchini musiqa maktabiga qabul qilish imtihonlarida uning iste‟dodi, 
eshitish qobilyati, eslab qolish qobilyati, ritm xissi sinovdan o„tkaziladi. Tabiiyki, 
ba‟zi bir o„quvchilarda ritm his qilish qobilyati pastroq bo„lishi mumkin, ba‟zilarida 
esa eshitish qobilyatida kamchiliklar bo„ladi. Ana shu kamchiliklarni to„g„irlash, 
musiqiy qobiliyatni rivojlantira olish kerak. Ya‟ni ritm his qilish qobilyati pastroq 
o„quvchi bilan o„qitish jarayonida ko„proq ritm ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. 
Dars mashg„ulotlarida o„qituvchi qarsak chalish orqali turli xil ritmlarni chalib 
berishi va o„quvchidan ushbu ritmni takrorlashni talab qilishi uning ritm his qilish 
qobilyatini asta - sekinlik bilan rivojlanishiga turtki bo„ladi. Albatta ushbu jarayonda 
oddiy, sodda ritmdan asta-sekin murakkabga o„tish kerak. 
Dastlabki dars mashg„ulotlarida o„quvchiga o„z cholg„usining kelib chiqish 
tarixi, cholg„uning tuzilishi, ushbu cholg„uda ijro etgan mashhur ustoz - sozandalar
cholg„uning o„quv jarayonidagi ahamiyati, uning orkestrda tutgan o„rni haqida 
umumiy tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Cholg„uda ijro holati 
(pastanovka)ni to„g„ri shakllantirish muhimdir. Ilk mashg„ulotlardan o„quvchining 
to„g„ri o„tirishiga alohida e‟tibor berish kerak. O„tirish holatida yuzaga keladigan 
kichik bir xato ham o„quvchining ijro mahoratining past bo„lishiga hamda gavdaning 
rivojlanishiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Bunda ahamiyat beradigan asosiy vazifa 
o„quvchiga to„g„ri o„tirishni o„rgatayotganda uning bo„yi, qo„l – oyoqlarining 
uzunligini hisobga olgan holda postanovka qo„yishdir. Ya‟ni har bir o„quvchining 
induvidual holatidan kelib chiqqan holda uni sozanda sifatida to„g„ri rivojlantirish bu 
ustozning muhim vazifasi hisoblanadi. Musiqa maktablarida cholg„uni ijro etish bilan 
birgalikda musiqa nazariyasi hamda solfedjio fanlari o„qitiladi. Ushbu fanlarni 
mukammal egallash ijrochi uchun muhim. Musiqadagi nazariy fanlarni puxta 
egallamaslik ijrochining kelajakdagi bilim olishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Ijrochiga cholg„uda ijro etish ko„nikmalari bosqichma – bosqich o„rgatib 
boriladi. Bolalar musiqa va san‟at maktablarida har bir cholg„uda o„qitish uchun 
o„quv dasturi mavjud. Masalan dutor cholg„usi uchun ishlab chiqilgan dasturni ko„rib 
chiqaylik. Ushbu dastur U.K.Rahmatullayeva (Toshkent shahar Uspenskiy nomidagi 
RIMAL dutor sinfi o„qituvchisi), N.Atayeva (23-son BMSM dutor sinfi o„qituvchisi), 
F.Rasulova (22-son BMSM dutor sinfi o„qituvchisi)lar tomonidan tuzilgan bo„lib, 
mazkur dastur 2015-2016–yillarda bolalar musiqa va san‟at maktablarining xalq 
cholg„ulari bo„limi o„quvchilari tomonidan sinovdan (aprobatsiyadan) o„tgan. 



Download 499,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash

Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish