Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana30.05.2024
Hajmi499,36 Kb.
#258057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
127 
Bolalar musiqa va san‟at maktabini bitirgan o„quvchi keyingi ta‟lim bosqichiga 
yo„l oladi. Bu bosqich o„rta maxsus bilim yurtlaridir. O„rta maxsus bilim yurtlarida 
ta‟lim berish jarayonlarida o„quvchini kasbga yo„naltirishning ilk bosqichlari 
boshlanadi. O„rta maxsus bilim yurtlarida o„quvchini ham mohir sozanda sifatida, 
ham pedagog sifatida rivojlantirish masalasi yotadi. Bolalar musiqa va san‟at 
maktabidan farqli ravishda o„quvchi o„rta maxsus bilim yurtida professional ijro etish 
ko„nikmalarini hamda o„z ustida mustaqil ishlashni o„rganadi. Yuqorida aytib 
o„tilganidek har bir o„quvchining o„zlashtirish imkoniyatlari birdek emas. Ta‟lim 
jarayonida ana shu jihatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Demak o„qituvchi 
ijrochining bolalar musiqa va san‟at maktabidagi bilim va ko„nikmalarni qay darajada 
o„zlashtira olganligini hisobga olgan holda ish olib borishi maqsadga muvofiq. 
Albatta ijrochining bilim va ko„nikmalarni o„zlashtirishi hamda mohir sozanda bo„lib 
yetishishida ustozning ahamiyati katta. Shunday holatlar ham kuzatiladiki, musiqa 
maktabida bilimlarni o„rtacha o„zlashtirgan, ijro imkoniyatlari ham talab darajasida 
bo„lmagan o„quvchilar o„rta maxsus ta‟limda bilimlarni a‟lo darajada o„zlashtirib, 
ijrochi sifatida ham ijro imkoniyatlari rivojlanib, yuqori natijalarga erishishi mumkin. 
Bu albatta o„rta maxsus bilim yurtidagi ta‟lim berish sifatiga hamda mutaxasislik 
o„qituvchisining pedagogik mahoratiga borib taqaladi.
Demak o„rta maxsus bilim yurtidagi ta‟lim tizimini ham dutor cholg„usi 
misolida ko„rib chiqamiz. Aksariyat hollarda musiqa maktabini tamomlab, o„rta 
maxsus bilim yurtlariga ta‟lim olishni davom ettirishga kelgan o„quvchilar ijrosida 
ba‟zi bir kamchiliklar kuzatilmoqda. Masalan ijro holati (postanovka)da 
kuzatiladigan kamchiliklar, nota o„qish tezligining rivojlanmaganligi, jo„rnavoz bilan 
ishlash ko„nikmalarining shakllanmaganligi hamda musiqiy-nazariy fanlarni yetarli 
o„zlashtirilmaganligi. Dastlabki darslarda o„quvchining musiqa maktabida olgan 
bilimlari, ijro imkoniyatlari, ijro qilgan asarlari repertuari, o„z cholg„usi haqidagi 
bilimlarini tekshirib olish maqsadga muvofiq. O„quvchining ijro imkoniyatlari, 
o„rganib chiqqandan so„ng dars mashg„ulotlari ana shu imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda tashkil etiladi. Avvaliga o„quvchidan murakkab bo„lmagan kichikroq asarlarni 
ijro qilishi tavsiya qilinadi. Asta – sekinlik bilan asarlar murakkablashib boradi. 
Musiqiy asarni yod olishda o„quvchiga frazaga bo„lib ishlashni o„rgatish kerak. Bu 
asarni oson yod olishga katta yordam beradi.
Dutor cholg„usi shtrixlarga juda boy cholg„udir. Masalan, bilak zarb, chertma 
zarb, terma zarb, teskari zarb, tremolo, rez, pitsikato, flajeletto kabilar. Bitta asar 
ijrosida xilma – xil shtrixlarni qo„llashimiz mumkin. Bu asarni mazmun jihatidan 
boyishiga yordam beradi. Shuning uchun o„quvchiga dutor alt cholg„usida turli xil 
shrtixlarni o„rgatib, ana shu shrtixlar asosida gamma chalish vazifasi qo„yilsa, bu 
o„quvchining o„ng qo„l imkoniyatlarining rivojlanishiga turtki bo„ladi. Ijrochilik 



Download 499,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash

Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish