|
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlashBog'liq musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash
Providing the integrity of music education in instrumental performance
Tashkent, Uzbekistan
124
O„zbek xalq cholg„ularida ijrochilik madaniyatining o„sishi, jahon klassik
kompozitorlari asarlarining o„zlashtirilishi, O„zbekiston kompozitorlarining xalq
cholg„ulari uchun maxsus asarlar yaratishi o„zbek xalq cholg„ularida ijrochilik
san‟atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo„ldi. Shu bilan birga yuqori
malakali ilmiy - pedagogik va ijrochi kadrlarni tayyorlash masalasi ham kun tartibiga
qo„yildi. O„zbek xalq cholg„ularida ijrochilikning keyingi davrlardagi yuksalishi
Toshkent (hozirgi O„zbekiston ) davlat konservatoriyasi faoliyati bilan chambarchas
bog„liq bo„lgan. 1948–yildan boshlab mamlakatimizdagi musiqa oliy o„quv
yurtlarida, shu jumladan M. Ashrafiy nomidagi Toshkent (hozirgi O„zbekiston)
davlat konservatoriyasida ham xalq cholg„ulari ijrochiligi bo„yicha ta‟lim berish
boshlandi. O„zbek xalq cholg„ulari bo„limiga rahbarlik qilish, o„quvchilarni saralab
yig„ish, o„quv rejalarini tuzish A.Petrosyans tomonidan amalga oshirilgan. Bilim
yurtida o„zbek xalq cholg„ulari ijrochiligi bo„yicha professional ta‟limni yo„lga
qo„yishda V.Uspenskiy, M.Ashrafiy, A.Petrosyans, I.Blagoveshenskiy, B.Gienko,
G.Sobitovlarning xizmatlari beqiyosdir.
1
Ijrochilik san‟ati doimiy rivojlanib boruvchi jarayondir. Musiqiy ta‟lim
tizimining barcha bosqichlarida sozandaning ijrochilik mahorati rivojlanishi uchun
nazariy hamda amaliy bilimlarni talab darajasida o„zlashtirishi, olgan bilim va
ko„nikmlarini to„g„ri shakllantira olishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu ma‟ruza
orqali musiqiy ta‟lim tizimining turli bosqichlarida dutor ijrochiligini o„qitish
masalalarini ko„rib chiqamiz.
Ma‟lumki, professional musiqiy cholg„uda ijro etishni o„rganish maktab
yoshidan boshlanadi. Yosh avlodning kelajakda yetuk sozanda sifatida kamol topishi
uchun uning musiqa maktabida oladigan bilim va ko„nikmalari muhim ahamiyatga
ega. Darhaqiqat, bino mustahkam bo„lishi va uzoq yil xizmat qilishi uchun uning
poydevori mustahkam bo„lishi lozim. Musiqa maktabi ham sozanda uchun poydevor
vazifasini bajaradi. Musiqa maktabining asosiy vazifasi yosh avlodni musiqa va
san‟atning boshqa turlariga yo„naltirish va qobilyatlarini to„g„ri shakllantirishdan
iborat. Bu yerda bolalarning milliy qadriyatlarimiz va an‟analarimizga nisbatan
hurmati, e‟tibori yanada rivojlanadi. Ma‟naviy saviyasi, estetik didi shakllanishni
boshlaydi. Bir qarashda u san‟at bilan birgalikda atrofdagilar bilan muloqot, jamoa
bilan munosabat, sahna madaniyatini o„rgana boshlaydi. O„z cholg„usiga nisbatan
muhabbati paydo bo„ladi. Tabiiyki, ijrochilik san‟atining rivojlanishi bolalar musiqa
va san‟at maktablarida o„qitish uslubiga, ijrochilik amaliyotiga ham ta‟sir o„z ta‟sirini
ko„rsatadi. Bugungi kunda bolalar musiqa va san‟at maktablarida o„qitish uchun
yangi-yangi asarlarga ya‟ni repertuarga bo„lgan ehtiyoj ortmoqda. Bugungi kun
1
A.Tashmatova “Ijrochilik san‟ati tarixi”. “Musiqa nashriyoti” T., 110-b.
|
| |