Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana30.05.2024
Hajmi499,36 Kb.
#258057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
129 
talabalarda asarni ijro etishda badiiylik tamoyillarining yetishmasligi ko„p 
kuzatilmoqda. Musiqiy asarni ijro qilishni o„rganishni boshlashdan avval asarning 
mazmunini tushunib yetish kerak. Buning uchun asarning kompozitori, yozilgan 
davri, janri, shakli bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Xulosa o„rnida shuni aytib o„tish joizki musiqiy ta‟lim yo„nalishidagi 
uzviylikda kuzatilayotgan umumiy kamchiliklar quyidagi jihatlarda kuzatilmoqda: 
asarni talab darajasida ijro qila olmaslik, ijro holatidagi kamchiliklar, asarda badiiylik 
yetishmasligi, musiqiy nazariy fanlarning puxta egallanmaganligi, nota o„qishdagi 
kamchiliklar. Bu nimaga borib taqaladi? Albatta o„quv jarayonida tizimli standart 
dastur mavjud emasligiga taqalmoqda. Ta‟lim muassasalarida o„quv qo„llanma va 
adabiyotlarning viloyatlar kesimida teng taqsimlanmaganligi, chekka joylarda o„quv 
qo„llanmalarning yetishmasligi ta‟lim tizimining hozirgi zamon talablariga mos 
ravishda rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. Musiqa ta‟lim tizimida o„qitish 
jarayonida o„quvchini bir bosqichdan keyingi ta‟lim bosqichiga o„tib, ta‟limni uzviy 
davom ettirishida uni to„g„ri yo„naltirish, qobilyatlarini inobatga olgan holda dars 
jarayonlarini tashkil etish, sozanda sifatida rivojlantirish unga ta‟lim berayotgan 
o„qituvchilarning pedagogik mahoratiga, va albatta ta‟lim muassasasining ta‟lim 
berish sifatiga borib taqaladi. O„quv jarayonini tizimli tashkil etishda ta‟lim 
muassasalarining o„zaro muloqotda bo„lib turishi ta‟lim sifatiga ijobiy ta‟sir 
ko„rsatadi. Misol uchun o„rta maxsus bilim yurtlari o„quvchilari tomonidan bolalar 
musiqa va san‟at maktablarida turli xil ijodiy konsertlar, mahorat darslarining tashkil 
etilishi o„sha yerda ta‟lim olayotgan o„quvchilarga juda katta ijobiy ta‟sirini 
ko„rsatadi. Bola ijrochilarning ijro mahoratini kuzatar ekan o„zi ham kelajakda ana 
shunday ijro mahoratiga ega bo„lishi kerakligini tushunadi. Ijrochilarning ijro 
mahoratiga havas qilgan holda o„zi ham ana shunday ijrochi bo„lishga intiladi.
Shunday qilib ijrochi musiqiy ta‟limning har bir bosqichida o„rgatiladigan 
bilimlarni talab darajasida o„zlashtirishi, o„z ustida muntazam ishlashi, ijrosi sifatida 
to„g„ri yo„naltirilishi uning kalajakda mohir sozanda bo„lib yetishiga xizmat qiladi.
REFERENCES 
1.
A.Tashmatova – “Ijrochilik san‟ati tarixi” 
2.
U.Yunusov – “Xalq cholg„ularida ijrochilik” (Dutor) 
3.
O.Nazarov – “Qashqar rubobi” (bolalar musiqa va san‟at maktablari uchun o„quv 
qo„llanma) 
4.
U.Rahmatullayeva, N.Atayeva, F.Rasulova – Dutor (bolalar musiqa va san‟at 
maktablari uchun o„quv dasturi) 

Download 499,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash

Download 499,36 Kb.
Pdf ko'rish