• Suvsizlangan odamga xech kachon sulfanilamidlar
  • Agar kasal odam yuta olsa va qaytarib chiqarmasa, unda




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/14
    Sana25.11.2022
    Hajmi0.78 Mb.
    #31769
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    uz la wtnd 2015 06
    AJDODLARIMIZ - FAXRIMIZ, 1 O‘ZBEK TILINING SOHAGA YO’NALTIRIB O’QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI, Davlat tili, Anat. Bosh suyaklari , Communications and the internet, JAMIYAT VA INSON FALSAFASI, Tuproq ekologiyasi. Tuproqdagi muommolar va ularga qarshi kurash, Psixologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha test savollari, Бошлангич синфларда математикадан синфдан ташкари ишлар , 2-Маъруза, Multidasturlash va multiprotsessorlash, Pirnazarov Meros Analitik kurs ishi, ACHILOVA KAMOLA OBT KURS ISHI, Ispaniya
    Agar kasal odam yuta olsa va qaytarib chiqarmasa, unda...
    Bular mana 
    bularga 
    nisbatan 
    yaxshiroq
    Bular mana 
    bularga 
    nisbatan 
    yaxshiroq
    dan ko`ra ozuqali moddalarga boy ovqatlar ko`proq quvvat bo`ladi.
    QACHON DORI ICHILMASLIGI KERAK?
    Ko`p odamlar dori ichib yuradigan davrda ba`zi narsalar kishiga 
    yoqadi, boshqalari yoqmaydi, deb ishonadilar. Shuning uchun ular o`-
    zlariga kerak bo`lgan dorini ichmay qo`yishlari mumkin. Haqiqatda esa, 
    hech qanday dori ma`lum ovqatlar bilan iste`mol qilingani uchun zararli 
    bo`lmaydi. Lekin juda yog`li yoki ziravorli ovqatlar, dori ichilayotgan yoki 
    ichilmayotganidan qat`iy nazar, oshqozon yoki hazm a`zolarining ishini 
    yomonlashtirishi mumkin (316-320-betlar). Spirtli ichimlik iste`mol qi-
    luvchilarga ba`zi dorilar salbiy ta`sir qilishi mumkin (649-654-betlarga 
    qarang. Metronidazol).
    Quyidagi hollarda, shubhalanmay, ma`lum dorilarni qabul qilmaslik kerak:
    1. Homilador yoki emizikli onalar juda ham zarur 
    bo`lmagunga qadar dori qabul qilmasliklari kerak.
    (Shunga qaramay, ular vitamin yoki temir tarkibli 
    tabletkalarni chegaralangan miqdorda qabul qilish-
    lari mumkin).
    2. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarga dori ishlatishda 
    ehtiyot bo`ling. Ularga har qanday dori berishdan 
    Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
    135
    Agar kasal odam yuta olsa va qaytarib chiqarmasa, unda...
    avval tibbiy maslahat oling.Chaqaloqqa ortiqcha 
    dori bermayotganingizga ishonch hosil qiling.
    3. Shuningdek, penitsillin, ampitsillin, sulfanilamid 
    yoki boshqa dorilarga allergiyasi (toshma, qichima 
    va boshqalar) bo`lgan odamlar o`sha dorilarni um-
    rining oxirigacha ishlatmasliklari kerak, chunki 
    ular xavfl idir. (Ma`lum dorilar yoki ukollarning xavfl i 
    ta`sirlari 160-betda yozilgan).
    4. Oshqozon yarasi bor odamlar tarkibida aspirin 
    moddasi bor dorilardan o`zlarini tiyishlari kerak. 
    Og`riqni qoldiruvchi dorilar va steroid gormonlar 
    (131-bet) yaralarga yomon ta`sir qiladi va ovqat 
    hazmini buzadi. Paratsetamol oshqozonga yomon 
    ta`sir qilmaydigan og`riq qoldiruvchidir (paratse-
    tamol, 650-bet).
    5. Ma`lum kasalliklarga qarshi qo`llanilganda zararli yoki xavfl i 
    bo`lgan bir necha dorilar mavjud. Masalan, sariq kasalligi bilan og`ruv-
    chi odamlar antibiotik yoki boshqa kuchli dorilar bilan davolanmasliklari 
    kerak, chunki ularning jigari shikastlangan bo`ladi, shunga ko`ra dorilar 
    organizmni zaharlashi mumkin (322-bet).
    6. Ayniqsa, suvsizlangan yoki buyragi kasal odamlar qabul qilayot-
    gan dorilarining zararidan juda ehtiyot bo`lishlari kerak. Ularning siyishi 
    normallashmaguncha organizmni zaharlashi mumkin bo`lgan dorini bitta 
    doza (miqdor)dan ortiq bermang. Masalan, agar bola isitmalab tursa va 
    suvsizlangan bo`lsa, u yaxshi siyadigan bo`lmaguncha unga bitta miqdor-
    dan ortiq paratsetamol yoki aspirin bermang. Suvsizlangan odamga 
    xech kachon sulfanilamidlar (misol uchun, T-septol, 640-bet) bermang 
    va bu hollarda shifokor bilan maslahatlashishga harakat qiling.

    Download 0.78 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agar kasal odam yuta olsa va qaytarib chiqarmasa, unda

    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish