|
Kanamitsin va GentamitsinBog'liq uz la wtnd 2015 06 AJDODLARIMIZ - FAXRIMIZ, 1 O‘ZBEK TILINING SOHAGA YO’NALTIRIB O’QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI, Davlat tili, Anat. Bosh suyaklari , Communications and the internet, JAMIYAT VA INSON FALSAFASI, Tuproq ekologiyasi. Tuproqdagi muommolar va ularga qarshi kurash, Psixologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha test savollari, Бошлангич синфларда математикадан синфдан ташкари ишлар , 2-Маъруза, Multidasturlash va multiprotsessorlash, Pirnazarov Meros Analitik kurs ishi, ACHILOVA KAMOLA OBT KURS ISHI, Ispaniya5. Kanamitsin va Gentamitsin (643- bet).
Ushbu antibiotiklarning bolalarda juda ko`p ishlatilishi millionlab
bolalarning eshitmay qolishi (karlik)ga olib kelgan. Uni faqat juda xavfli
infeksiyalar bilan kasallangan bolalarga bering. Ampitsillin yuqoridagi
antibiotiklarga qaraganda xavfsizroq, uni chaqaloqlarda uchraydigan bir
qancha infeksiyalarga qarshi ishlatilsa bo`ladi.
6. Kortizon va kortikosteroidlar (Prednizolon, deksametazon va bosh-
qalar) ning tabletka va ukollari.
Bular yallig`lanishga qarshi ishlatiladigan kuchli dorilar bo`lib,
vaqti kelganda ular astma, artrit yoki boshqa og`ir allergik holatlar-
da ham ishlatiladi. Lekin steroidlar odatda tez ta`sir qilgani tufayli
ko`p mamlakatlarda og`riq qoldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu katta
xatodir. Ayniqsa, steroidlar yuqori miqdorda yoki uzoq muddat davo-
mida ishlatilganda, jiddiy salbiy ta`sir qilishi mumkin. Ular odamning
infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi hamda sil
kasalligini og`irlashtiradi, oshqozon yaralarini qonatadi suyaklarning
noziklashuvi oqibatida ularning oson sinadigan bo`lib qolishiga sabab
bo`ladi.
7. Anabolik steroidlar: Metandrostenolon (Tenobolin, retabolil, si-
labolin, metilandrostendiol).
Anabolik steroidlar erkak gormonlaridan tayyorlangan bo`lib,
bolalar vaznini tez oshiruvchi va o`sishiga yordamlashuvchi dorilar
sifatida ishlatiladi. Natijada, dastlab bola tezroq o`sa boshlaydi, ammo
uning o`sishi tez to`xtaydi va bu bolaning bo`yi dori ichmagan bola-
ga nisbatan pastroq bo`ladi. Anabolik steroidlarning o`ta xavfli salbiy
ta`sirlari bor. Qizlarning yuzida o`g`il bolalarnikidek tuk o`sa boshlaydi
va dori qabul qilishni to`xtatganlaridan so`ng ham ular yo`qolmaydi.
Bolalarga anabolik dorilarni bermang. Undan ko`ra pulingizni bo-
lani ovqatlantirishga sarflang. Masalan: to`yimli, ozuqali ovqatlardan
tuxum, go`sht, jigar, til, sut, qatiq kabi ovqatlar va har xil sharbatlarga
ishlating.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
|
| |