• Kalit so‘zlar
  • Masofaviy o‘qitish
  • 13-Ma’ruza: Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari. Reja




    Download 316.14 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/15
    Sana18.01.2023
    Hajmi316.14 Kb.
    #38536
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Dars jadvali, Kompyuter loyihalash 1, 5-mavzu, Mavzu Murakkab so‘rovlar yaratish. Sql tilida index yaratish. T-fayllar.org, 1, Rivojlanishning umumiy qonunlari va kotegoriyalari-fayllar.org, Elektronika sxemalar laboratoriya 1, Presentation1, мустақил атом, 9-mavzu, 7-mavzu, 10-mavzu (2), K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va, Kirish va chiqish qurilmalari-fayllar.org


    13-Ma’ruza: Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari. 
    REJA: 
    1. Masofali ta’limning ahamiyati 
    2. Masofadan o‘qitish texnologiyasi 
    3. Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli 
    4. Ommaviy ochiq onlayn kurslar 
     
    Kalit so‘zlar: Internet global kompyuter tarmog‘i, zamonaviy axborot va kommunikatsiya 
    texnologiyalari vositalari, masofaviy o‘qitish, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim xususiyatlari
    MOOC. 
     
    MASOFALI TA’LIMNING AHAMIYATI 
    Yigirmanchi asrning oxirlarida ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli 
    jabhalariga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari kirib kela boshladi. Internet 
    global kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi 
    yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘ldi. Birinchidan, o‘quv muassasalari texnik ta’minotining keskin 
    o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan 
    foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. 
    Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib 
    kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy o‘qitish 
    yaratilishiga omil bo‘ldi. 
    Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus 
    yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari 
    yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy 
    o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa 
    tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. 
    Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va 
    formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya 
    texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. 
    U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-
    sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda 
    shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi 
    joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. 

    Download 316.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 316.14 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-Ma’ruza: Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari. Reja

    Download 316.14 Kb.
    Pdf ko'rish