126-rasm. To‘g‘ri chiziqmaslik.
1.3. Silindrik yuzalar shaklining og‘ishlarini me’yorlash va o‘lchash
Silindrik yuzalar (sirtlar) shakli og‘ishlarining umumiylashtirilgan ko‘rsatkichi
– silindrikdan og‘ishidir.
Silindrikdan og‘ish – me’yorlanadigan qismning chegaralarida real yuzaning
nuqtalaridan yondosh silindrgacha bo‘lgan eng katta (∆) masofa (127-rasm).
Silindrmaslik deyilganda, detal sirtining ideal silindr sirtidan og‘ish
tushuniladi.
127-rasm. Silindrlikdan og‘ish.
Silindrni ko‘ndalang kesimdagi og‘ish doiraviymaslik (128 - rasm)
bilan
xarakterlanadi. Doiraviymaslik deyilganda ham nazorat qilinayotgan detal real
nuqtalarining uni qamrab oladigan ideal doiradan eng katta og‘ishi tushuniladi.
Doiraviymaslikka shaklning doiradan har qanday og‘ishi kiradi.
Biroq o‘lchash va detalni ishlash texnologiyasi bilan bog‘lanish oson bo‘lishi
uchun
ovallik va
ko‘p qirralilik deb ataladigan og‘ishlarga ajratiladi (128-rasm).
128-rasm. Yuzalarning doiraviylikdan chetga chiqishi
a) ovallik; b) qirralik.
Ovallikni barcha o‘lchash asboblari yordamida aniqlash mumkin.
Ovallik quyidagi ifoda orqali topiladi.
2
min
max
D
D
ов
(5.1)
Qirralilik- yumaloqlikdan og‘ish bo‘lib, bunda real profil ko‘p qirrali bo‘ladi.
Qirralik ikkiga bo‘linadi, toq va juft qirralilik bo‘ladi. Juft qirralilik ovallik qanday
o‘lchov asboblari bilan o‘lchansa, shunday o‘lchanadi. Toq qirralilikni ikki nuqtali
o‘lchash usuli bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday qirralilik nuqtali
sxema bo‘yicha o‘lchanadi (129-rasm).
129-rasm. Toq sonli qirralilikni o‘lchash.
Bunda detal prizmaga o‘rnatiladi va aylantiriladi
bir aylanish ichida mildagi
eng katta va eng kichik ko‘rsatishlarning ayirmasi qirralilikni beradi. Silindrik
detallarning bo‘ylama kesimida profildagi og‘ishlarning elementar ko‘rinishlari