• Detalga ishlov berish va ularni yig‘ish jarayonida paydo bo‘ladigan xatoliklar
  • Har qanday detalning aniqligi, asosan, quyidagi ko‘rsatkichlar bilan




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #118365
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    13-M
    1-Mavzu slayd, 567-570 (1), 128040 22-вариант, 1213-misol, KOMP MODEL Zarina, Tabiat va Inson, 2023.Darslik N.T.Tosheva, Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш, Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar, 10-sinf Informatika @talimiy hujjatlar, article202201110, kurs ishim, 1-topshiriq, oraliq biletlari
    Har qanday detalning aniqligi, asosan, quyidagi ko‘rsatkichlar bilan 
    baholanadi: 


    1. Haqiqiy o‘lchamning nominal o‘lchamdan chetga chiqishi bilan. 
    2. Haqiqiy shaklning nominal shakldan chetga chiqishi bilan. 
    3. Detal o‘lchamlari va tekisliklarning nominal o‘qlardan, tekisliklarning 
    o‘zaro joylashishdan chetga chiqishi bilan. 
    4.Detal yuzasining g‘adir- budurligi bilan. 
    Detallarni tayyorlashda geometrik xatoliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy 
    sabablar quyidagilar: 
    a) Dastgohlarning holati va aniqligi. Detallarga ishlov beruvchi dastgohlar ko‘p 
    hollarda o‘zining noaniqligini to‘la holda detalga o‘tkazadi. Masalan: charxning 
    urish va tebranishi yuza notekisliklarini keltirib chiqaradi. 
    b) Texnologik jihozning holati va sifati dastgohga detalni o‘rnatuvchi 
    markazlar buzilganligi. 
    c) ishlov berish rejimi 
    d) xomaki mahsulotning qattiqlik bo‘yicha turliligi va ishlov berishda 
    joizlikning bir xil bo‘lmasligi. 
    g) Harorat rejimi 20 
    °
    C dan yuqoriligi. 
    e) Dastgoh moslama, asbob, detal, deformatsiyasi, qayishqoqligi. 
    i) Ishchining malakasi va subyektiv xatolari. 
    k) O‘lchamni noaniq o‘lchash. 
    Sirtlarning belgilangan shaklidan va joylashishdan chetga chiqishi yigishni 
    qiyinlashtiradi, o‘lchamlarning o‘lchash aniqligini kamaytiradi, bazalash aniqligiga 
    ta’sir qiladi. 
    Ishlov berish aniqligi - tayyorlangan detalning geometrik o‘lchamlaridagi 
    haqiqiy qiymatlar. Berilgan chizma yoki texnik shartlardagi parametrlarga mosligi 
    tushuniladi. 
    Haqiqiy geometrik o‘lchamlarning nominaldan og‘ishi ishlov berish xatoligi 
    deyiladi. 
    Detalga ishlov berish va ularni yig‘ish jarayonida paydo bo‘ladigan 
    xatoliklar: 


    a) Muntazam xatoliklar (ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgaradi ya’ni asboblarning 
    yeyilishi, harorat ta’sirida deformatsiyalanish, dastgohni o‘lchamga sozlash, 
    texnologik tizim (detalga mexanik ishlov berish vaqtida kesish kuchi dastgohga
    supportga, shpindelga, yonaltiruvchilarga, xomashyo mahkamlab qo‘yilgan 
    moslamaga, kesuvchi asbobga va ishlov beriladigan detalga uzatiladi (DMAD)) 
    davomida paydo bo‘ladi. 
    b) Tasodifiy xatoliklar (oldindan qiymatini bilib bo‘lmaydi, xomashyoning 
    qattiqligi, kesish kuchining o‘zgarishi).
    c) O‘lchash xatoligi. 

    Download 0.55 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Har qanday detalning aniqligi, asosan, quyidagi ko‘rsatkichlar bilan

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish