Yassilikdan og‘ishning qavariqlik va botiqlik turlari mavjud.
Qavariq – yassilikdan og‘ish bo‘lib bunda real yuzaning nuqtalaridan yondosh
tekislikkacha bo‘lgan masofa yuzaning chetlaridan o‘rtasiga
borgan sari
kichiklashadi (131 - rasm,b).
131-rasm. Yassilikdan og‘ishi.
Botiqlik – yassilikdan og‘ish bo‘lib, bunda real yuzaning nuqtalaridan yondosh
tekislikkacha bo‘lgan masofa, yuzaning chetlaridan o‘rtasiga borgan sari
kattalashadi (131-rasm, g).
Yassilikni o‘lchash atamaning ta’rifida ko‘rsatilgandek, kompleks baholanishi
yoki har xil yo‘nalishlarda to‘g‘ri chiziqlikni o‘lchab, to‘g‘ri chiziqlikdan eng katta
og‘ishi
yassilikdan og‘ish deb qabul qilinadi.
Yassilik o‘lchagichi yordamida o‘lchanayotgan detalda
bir tekis joylashgan va
yuza bo‘yicha yoyilgan uchta nuqta tanlanadi va shu nuqtalardan o‘tkazilgan tekislik
qolgan nuqtalar joylashishini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda, shu
uchta nuqtadan o‘tkazilgan tekislik yondosh tekislikka parallel deb hisoblanadi.
Optik- mexanikaviy yassilik o‘lchagich.
Yassilikni o‘lchash gidravlik usullari.
Erkin quyilgan suyuqlik usuli.
O‘zaro tutash idishlar usuli.