13-mavzu. Masofaviy ta’limda bulutli texnologiyalar reja




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#111820
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-mavzu

Bulutli texnologiya–kompyuter resurslari yordamida raqamli ma’lumotlarni


taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat 
sifatida taqdim etiladi. 
Axborot kompetentlik–zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida shaxsiy 
va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumot, axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish, 
tanlash, qayta ishlash va zaruriy axborotlarni uzatish
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasidir. 
“Virtual kompetentlik” deganda o’qituvchining professional faoliyatida, tipik va 
noadatiy holatlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkonini 
beruvchi ichki va tashqi resurslar tuzilmasi sifatida: nazariy bilim, amaliy ko‘nikma 
va faoliyat metodlari nuqtai nazaridan qarash mumkin bo‘ladi.
AKT-kompetentlilik -ta’lim oluvchilarning ta’lim olish va boshqa faoliyatda
yuzaga keladigan masalalarni hal qilish uchun AKT-savodxonlikning barcha
tarkibiy qismlarini ishonchli egallashi bo‘lib, bunda asosiy e’tibor umumiy bilim
olish, axloqiy va texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi.
Suniy intellekt kompetensiyasini yangi texnologiyalar va shaxsiy fazilatlarning 
muayyan to‘plami sohasida nazariy va amaliy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar 
integratsiyasi, murakkab yakka-psixologik ta’lim deb taqdim etish mumkin. 
Virtual texnologiya sohasida bulutli texnologiyaning asosiy vaifasi bu dasturiy 
vositalar yordamida o‘quv qo‘llanmalarni raqamli shaklda taqdim etishda, qiyin
bo‘lgan holatlarda, hodisalarni virtual ko‘rinishda yaratishga, murakkab tajriba 
jarayonlarini virtual ko‘rinishda tashkil etishi va mustaqil ta’limning didaktik 
imkoniyatlarini kengaytirishi, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirishi, fan 
bo‘yicha asosiy bilimlarni egallashda, ularni tizimlashtirish va talabalarning 
mustaqil ishlarida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari bo‘yicha uslubiy yordam 
berishga qaratilgan bo‘lib bunda talabalarning kreativ fikrlashini oshirishga 
moslashtirilgan hozirgi zamonaviy texnologiyasi sifatida ish yuritadi.
Ilmiy izlanishlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, ilmiy-metodik 
manbalarini hamda oliy ta’limdagi mavjud o‘qitish jarayonlarining tahlili natijasiga 
ko‘ra, sun’iy intellekt fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, pedagogik 
muammolarning yechimini quyidagi vazifalarning bajarilishiga qaratiladi; sun’iy 


intellekt fani professor-o‘qituvchilarining IT sohasidagi yetarli darajadagi 
malakasini shakllantirish zarur; sun’iy intellekt fanini o‘qitishda an’anaviy usullar 
bilan bir qatorda, yangi zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanishda asosan 
(virtual ta’lim texnologiyalari, interfaol o‘quv-uslubiy majmualar, elektron 
darsliklar, bulutli texnologiyalar)dan keng ko‘lamda foydalanish mumkin bo‘ladi; 
sun’iy intellektda murakkab jarayon va hodisalarni namoyish etishda virtual ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish katta samara beradi.
Sun’iy intellekt fani asosan talabalarda fanga nisbatan motivatsiyani yanada 
rivojlantirishda; talabalarning mustaqil ravishda tajriba ishlarini bajarish uchun 
virtual tajribalarni ishlab chiqishini amalga oshirishda; talabalarning Internet 
texnologiyalari hamda bulutli texnologiylarda tizimning xotira qurilmalarida 
joylashtirilgan ta’lim mobil ilovalari, virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish 
madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.
Bulutli xotira orqali masofaviy o‘qitishni boshqaruvchi professor-
o‘qituvchiga
talabalar bilan savol-javob va tushunmagan mavzularni tushuntirish uchun ma’lum
vaqtni rejalashtirib, o‘sha vaqtda onlayn munozaralar olib borish imkoniyatlariga
ega bo‘ladi.
Bu borada, xorijiy davlatlarda bulutli xotiraning interfaol imkoniyatlari 
hamda masofaviy o‘qitish va unga mos virtual texnologiyalarida n foydalanish 
bo‘yicha bir qancha axborot ta’lim muhitlari, virtual texnologiya platformalari 
yaratilib, ulardan keng ko‘lamda foydalanilib kelinmoqda. Bularga AQShning 
Pensilvaniya davlat universiteti (worldcampus.psu.edu), Kaliforniya virtual 
universiteti (cvc.edu), Vestern Governors universiteti (umuc.edu), Minnesota 
shtatining virtual universiteti (iseek.org/sv/index.jsp), Buyuk Britaniya ochiq 
universiteti (open.ac.uk
Germaniya Xarkov sirtqi universiteti (fernuni-hagen.de) 
axborot ta’lim muhitlarini misol sifatida aytish mumkin.
AQShning CDW kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga
ko‘ra: “kollej va universitetlarning atigi 5% i bulutli texnologiyalarga o‘tishni 
o‘ylamayotganligi, 29% bulutli texnologiyalarni amalga oshirishning strategik


rejasini ishlab chiqqanligini va 28% allaqachon o‘z rejalarini bulutli texnologiyalar
asosida amalga oshirayotganligi ta’kidlab o‘tilgan”ligini ko‘rishimiz mumkin. 

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13-mavzu. Masofaviy ta’limda bulutli texnologiyalar reja

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish